Marketing faqatgina katta korxonalarning imkoniyatiga to‘g‘ri keladigan bozorni tahlil qilish (sotishni bashorat qilish usullari, bozorning imitatsion modellari va tadqiqotlari kabi) vositalari majmuasi bo‘lib, ular ehtiyojlarni va talabni tahlil qilishga istiqbolli va ilmiy yondashuvni ishlab chiqish uchun foydalaniladi. Tanqidchilar bunday qimmatbaho usullarning ishonchliligi va amaliy ahamiyatini unchalik ochiq-oydin emas, deb hisoblaydilar. Marketing iste’mol jamiyatining arxitektoridir, ya’ni bu sotuvchilar iste’molchilarni tijorat yo‘li bilan ekspluatatsiya qiladigan bozor tizimidir. Tobora kolproq va yanada ko‘proq tovar sotish uchun yangi ehtiyojlarni muttasil tashkil qilib borish lozim. Bunda xuddi ishchilar ish beruvchidan ajratib qo‘yilgan singari, xaridorlar sotuvchidan ajratib qo‘yiladi.

Bu o‘ta soddalashtirilgan qarashlar ortida marketing konsepsiyasining uch jihati yotadi: faol jihat (bozorga kirib borish), tahliliy jihat (bozorlarni tushunish) va g‘oyaviy jihat (fikrlash shakli). Marketingni uning faol jihatidan tushunish, ya’ni marketingga bir necha sotish usullari sifatida qarash (operatsion marketing) ten densiyasi ko‘p uchraydi va uning tahliliy jihatiga (strategik m arketing) yetarlicha baho berilmaydi. Marketingga bunday qarash marketing va reklama hamma narsaga qodir, ular bozorni qudratli kommunikatsiya usullari yordamida istalgan narsani qabul qilishga majbur qila oladi, degan mavhum fikrga asoslangandir. Bunday sotish usullari ko‘pincha xaridorlarning real ehtiyojlarini qondirish istagiga mutlaqo bog‘liq bo‘lmaydi. Asosiy e’tibor sotuvchining ehtiyojlariga, ya’ni savdoni amalga oshirishga qaratiladi. Shuning uchun marketingni strategik jihatdan ishlab chiqish va marketing strategiyasini tushunish muhim ahamiyatga ega.