Marketing darsiga kirish



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə4/4
tarix02.01.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#50949
1   2   3   4
2 5409110846561325663(1)

Insonning hayoti va turmushida, ayniqsa, yosh avlodning kamolot topishida, axloqiy voyaga yetishida oilaning o’rni va vazifasi beqiyosdir. Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganidek: "Bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf - odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, xis etadi". Yutrboshimiz yana uqtirganidek: "Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, eng qimmatli an’analar: halollik, rostgo’ylik, or - nomus, sharmu - xayo', mehru - oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar eng avvalo oilada shakllangan". Bas shunday ekan, oila va nikoh nima, ularning mohiyati, maqsadi va ahamiyatini bilish har bir fuqaro, har bir bo’lajak mutaxassis, yosh avloddan tortib keksa kishilargacha bilishi zarur va muhimdir

  • Insonning hayoti va turmushida, ayniqsa, yosh avlodning kamolot topishida, axloqiy voyaga yetishida oilaning o’rni va vazifasi beqiyosdir. Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganidek: "Bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf - odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, xis etadi". Yutrboshimiz yana uqtirganidek: "Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, eng qimmatli an’analar: halollik, rostgo’ylik, or - nomus, sharmu - xayo', mehru - oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar eng avvalo oilada shakllangan". Bas shunday ekan, oila va nikoh nima, ularning mohiyati, maqsadi va ahamiyatini bilish har bir fuqaro, har bir bo’lajak mutaxassis, yosh avloddan tortib keksa kishilargacha bilishi zarur va muhimdir
  • Xo’sh, oila va nikoh nima? Oila so’zinivg lug’aviy ma’nosi haqida har xil nuqtai nazarlar bor. Masalan, Rimliklarda "oila" so’zi (familia) dastlabki mulk egasiga bo’ysunadigan shaxslar (bu shaxslar mulkining bir qismi hisoblangan; mulk egasining o’z bolalari, xotini, asir, sotib olingan yoki meros bo’lib o’tgan qullar ham hisobga kirgan) majmuini bildirgan. "Ota" so’zi ham dastlab hozirgi ma’nodaga otani emas, balki o’ziga qarashli oilaning xo’jasi yoki egasi degan so’zni anglatgan. "Oila"ning lug’aviy ma’nosi boshqa bir manbaada quyidagicha izohlanadi: "Oila asli arabcha "ayolmand, niyozmand" ma’nolarini anglatuvchi “oil” so’zidan chiqqanligi "Farxangi zaboni tojikiyda qayd etilgan. "O’zbek tilining izohli lug’ati" da ham bu so’zning arabchaligi ta’kidlanib, "er-xotin, ularning bola - chaqalari va eng yaqin tug’ishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui, xonadon" ma’nosidagina izohlanadi. Har ikkala izohda ham so’zdagi ma’no yuki onalik bulog’idan suv ichgan holda shakllanganligi yetarli ifodalanmagan
  • "Oila" so’zining lug’aviy ma’nosi uning mohiyatini anglashda va ta’kidlashda muhim negiz bo’ladi. Adabiyotlarda oilaning turli ta’riflari mavjud. Shundan eng mukammali quyidagidir: Oila - kishilarning tabiiy-biologik (jinsiy munosabatlar, bola tug’ish), iqtisodiy (mulkiy munosabatlar, uy - ro’zg’orni boshqarish), huquqiy (masalan, nikohni davlat yo’li bilan qayd etish), ma’naviy (er - xotin, ota - ona va bolalar o’rtasidagi mehr - muhabbat tuyg’usi va boshqa) munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligi"

Islom dinida nikoh tushunchasi bor. “Jinsiy aloqa” ikki jins vakillarining o’zaro roziligi asosida tuzilgan ittifoq. Nikoh oilaning vujudga kelishida birdan-bir asos bo’lgani bois u faqat axloq normalari bilan emas, balki qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Nikohni odamlar orasidagi eng muqaddas rishtadir. Olloh taolo o’z joniga munosib va xamdu sanolar bo’lsin. Nikoh mening sunnatimdir kim mening sunnatimdan yuz o’girsa mendan emas degan. Payg’ambarimiz (s.a.v) ga salovotlar bo’lsin.

Musulmonlar bu nozik ishda ham o’z holisalari, butun olam tarbiyasi bo’lgan. Olloh subhanollohu taoloning amriga uning rasuli Muhammad (s.a.v) ning sunnatlariga qat’iy amal qiladilar.

Olloh taolo olamdagi barcha narsalarni juft-juft qilib yaratgan.

Bu haqda Qur’oni karimda alohida oyatu-karimalar nozil qilgan. Jumladan : “Sizlar eslatma olishlaringiz uchun biz har bir narsani juft-juft qilib yaratdik.”

Jaraiyat surasi 49-oyat.

Hozirgi kunda ba’zi holatlarda o’z boshimchalik bilan nikoh shartlarini so’rab-surishtirmay yoshlarga nikoh o’qishni natijasida yosh oilalar ajrashib bir umrga bebaxt bo’lib qolmoqda.



Yoshlarimiz arzimagan mojoto tufayli o’z jufti haloliga nisbatan taloq lufzni ishlatib qo’ymoqdalar. “Taloq” so’zi aytilganda Ollohning arshi larzaga keladi. Shariy nikoh fosid bo’lib er-xotin bir-biriga xarom bo’lib qoladi. Taloq Olloh yomon ko’rgan halollaridan bo’lib u oxirgi chora sifatida joriy qilingandir. Payg’ambar allayhisalom marxamat qilganlar: “Halollar narsalar ichida Olloh uchun eng yomoni taloqdir.
Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin