Intellektual tizim.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan tizimda hisobot ma’lumotlari haqiqiy ma’lumotlar bilan ish ko‘rsa, intellektual tizim qayta ishlangan va, hattoki, ba’zida uchrab turadigan ma’lumotlar bilan kam ta’minlaydi. Bu tizim marketingning turli tasnifi to‘g‘risida kundalik axborotlar olish uchun foydalaniladigan manbalar va jarayonlar yig‘indisidan iborat. Tizimning, intellektual imkoniyatlari kitoblar, gazetalar, maxsus maqolalar, xaridorlar, mahsulot yetkazib beruvchilar, vositachilar va firmaning o‘z xodimlari bilan suhbatlardan tashkil topadi. Marketing bilan to‘laqonli shug‘ullanayotgan firmalarda ko‘pchilik hollarda intellektual tizim sifatini yaxshilash maqsadida qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi. Birinchidan, xodimlarni yangi g‘oyalar haqida xabar qilishlariga o‘rgatiladi va rag‘batlantiriladi. Masalan, ular boshqalar tomonidan e’tiborga olinmagan qiziqarli axborotlarni to‘plaganlari va u to‘g‘risida xabar qilganliklari uchun rag‘batlantiriladi.
Ikkinchidan, «marketingli intellekt»ni yig‘ish bo‘yicha mutaxassislar tayinlanadi. Ularga qandaydir raqobatchilar mahsulotini sotib olish yo‘li bilan ularni o‘rganish, yangi savdo shoxobchalarining ochilishini kuzatish, raqobatchilar faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib borish, ular tashkil qiladigan kengashlar va konferensiyalarda qatnashish, raqobatchilarning xodimlari, mahsulot yetkazib beruvchilari va agentlari bilan suhbatlashish topshiriladi.
Uchinchidan, kompaniya axborotni tashqaridan buyurtma qilib olishi mumkin. Masalan, AQSHda A.S. kompaniyasi u yoki bu tarmoq bozorining tovarlar bilan ta’minlanganligi, chakana baholar, aksiya kurslari haqida axborotlarni sotadi.
To‘rtinchidan, bir qator kompaniyalar intellektual axborotlarni yig‘ish va qayta ishlash uchun axborot markazlari tashkil etadilar. U markazning xodimlari faqat axborotlarni yig‘ish va qayta ishlash bilan shug‘ullanib qolmay, boshqaruvchilarga ulardan foydalanishda yordam qiladilar.
Dostları ilə paylaş: |