1-Mavzu. MARKETINGNING MOHIYATI VA UNING
RIVOJLANISHINING ASOSIY BOSQICHLARI
Reja:
1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati
2. Marketingning maqsad va vazifalari
3. Marketing konsepsiyalari va ularning evolyutsiyasi
4. Marketingning funksiyalari va tamoyillari
5. Marketing turlari
Tayanch so’zlar: marketing, ishlab chiqarish, mikro marketing,
marketing kompaniyasi davri, iste’molchi, marketing bo’limi davri,
konsepsiya, marketing konsepsiyasi, ishlab chiqarish konsepsiyasi, tovar
konsepsiyasi, sotuv konsepsiyasi, an’anaviy marketing konsepsiyasi, Ijtimoiy
etik marketing konsepsiyasi, O’zaro – ta’sir marketingi konsepsiyasi,
munosabatlar marketingi.
1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati
Marketing
-
bu
bozorda
samarali
faoliyat
ko’rsatishning
mujassamlashishidir. Bu atama dastlab 1902 yilda AQShda paydo bo’lgan, 20 yildan
keyin esa bu atamadan jahonning ko’pgina mamlakatlari foydalana boshladilar.
Marketing ("marketing") - "bozor bilan bog’liq faoliyat" ma'nosini anglatadi. Lekin
bu tushunchaning ma'nosi juda kengdir.
Marketing - ayirboshlash yo’li bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga
yo’naltirilgan inson faoliyatining turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o’zaro
manfaatlariga asoslangan harakatlarini, talabni shakllantirish va qondirish uchun
birlashtirishdir.
Dunyo amaliyotida marketing birdaniga paydo bo’lgan emas. Bu - ishlab
chiqarish va sotishning maqsadi, vazifalari va rivojlanish uslublariga
menedjerlarning ko’p yillik evolyutsion qarashlari natijasidir.
Marketing - murakkab, dinamik, ko’p qirrali tushunchadir, bu esa
marketingga tamoman universal tavsif berish mumkin emasligidan dalolatdir.
So’nggi yillarda chop etilgan marketingga doir adabiyotlarda marketingning juda
ko’p ta'riflari berilgan. Ulardan ba'zi birlarini keltirishni lozim topdik.
Taniqli Amerika olimi - marketolog F.Kotler marketingning ta'rifini
quyidagicha ifodalaydi: "Marketing - tovarlarni yaratish, taklif etish va ayraboshlash
asosida ayrim olingan kishi va guruhlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga
qaratilgan iqtisodiy va boshqaruv jarayonidir".
Boshqaruv muammolari bo’yicha etakchi nazariyotchi olimlardan biri Peter
Drukkerning ta'rifi esa quyidagicha: "Marketingning maqsadi sotishga qaratilgan
harakatlarni yo’q qilishdan iboratdir. Uning maqsadi xaridorlarni shunday o’rganish
va tushunishdan iboratki, tovar va xizmatlar uning talabiga aynan mos tushib,
pirovardida o’zini-o’zi sotadi".
Fransuz marketing maktabida qo’llaniladigan ta'rif ham Peter Drukker
ta'rifiga juda yaqin turadi. Unga ko’ra: "Marketing -bu sotishni ta'minlash va sotuvga
tovarlar va xizmatlarni istemolchilarning talabiga mos holda chiqarish orqali
ularning talabini qondirish maqsadida o’tkaziladigan chora-tadbirlar majmuidir".
Amerika Marketing Assotsiatsiyasining 1985 yilda marketingga bergan
ta'rifi esa quyidagicha: "Marketingning mohiyati insonlar va tashkilotlar talabini
qondirish maqsadida tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni
amalga oshirish, narx belgilash, tovarlar harakati va sotilishini uyushtirishdir".
Keltirilgan ta'riflardan ko’rinib turibdiki marketing serqirra jarayondir. Shu
bilan bir qatorda marketing bozor munosabatlari subyektlarining biznes falsafasi,
fikrlash strategiyasi va taktikasi faoliyati ekan desak xato qilmagan bo’lamiz.
Demak, marketing bir vaqtning o’zida "ham mushohada va ham harakat jarayoni"
ekan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti yuqori darajaga ko’tarilgan mamlakatlarda
marketing tamoyillari oddiy tovar ishlab chiqarishdan boshlab to murakkab
texnologiyalargacha bo’lgan jarayonlarda yaqqol ko’rinmoqda. Bugungi bozor
iqtisodiyoti toboro chuqurlashib borayotgan sharoitda firmalar, korxonalar va
boshqa bozor subyektlarining raqobatga bardosh berib, samarali faoliyat
ko’rsatishining birdan-bir yo’li marketing imkoniyatlaridan keng foydalanish
ekanligi hech kimga shubha tug’dirmaydi.
Mashhur iqtisodchi Adam Smit XVIII asrning ikkinchi yarimidayoq o’zining
"Jamiyat boyligi" nomli kitobida ishlab chiqaruvchining iste'molchining talabini
qondirishdan boshqa qayg’usi yo’qdir - deb yozgan edi.
"Marketing" atamasi Amerika Qo’shma Shtatlarida XIX asrning boshlarida
vujudga keldi va 50-yillardan boshlab boshqaruvning etakchi omili sifatida
qo’llanila boshladi.
Marketing XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida xaridor talabini
qondirishga mo’ljallangan, korxonalarning ishlab chiqarish-sotish, savdo
faoliyatlarini tashkil qilish va boshqarish tizimi sifatida paydo bo’lgan. Ishlab
chiqarish va umuman xo’jalik yuritishga marketing nuqtai nazaridan yondashish
xaridorga ta'sir qilishning keng jabhalarini o’z ichiga oladi. Bu bozor uchun bo’lgan
raqobat kurashining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlashga olib keladi. Bozor
doirasida sabab-natija aloqalarini tahlil qilishning maxsus usullarini qo’llab,
xaridorlar talabi, ehtiyoji, didi va ta'bi to’g’risida axborotlar topib, korxona va
tashkilotlar, marketing konsepsiyasi u yoki bu tovarga va xizmatga xarid qiziqishini
shakllantirish uchun iqtisodiy, tashkiliy, texnik va ijtimoiy yo’nalishlarni tashkil
qiladi. Ular talabni mumkin bo’lgan rivojlanish istiqbolini aniqlaydilar, uni maqsadli
yo’nalishini shakllantirish uchun qarorlar qabul qiladilar va ko’rilgan tadbirlar
samaradorligini
albatta
nazorat
qiladilar.
Xarid
masalaga
marketingli
yondashishdagi har tomonlama tahlilning o’ziga xosligi, bozordagi yuz beradigan
jarayonlarni hisobga olishgina emas, balki ishlab chiqarish korxonalari, tovarlarni
yetkazib beruvchi vositachilar, ulgurji va chakana savdo korxonalari va ular bilan
bog’liq boshqa barcha tashkilotlarning bozor bo’g’inlari tizimidagi operativ va uzoq
vaqtga mo’ljallangan aniq maqsadlarini o’zgarishini tahlil qilishdir. Marketing
xo’jalikning ma'lum bir tarmog’iga, masalan ishlab chiqarishga yoki savdoga
ta'lluqli deb o’ylash noto’g’ri bo’lur edi. U bozorga xizmat ko’rsatuvchi barcha
xo’jalik subyektlarini o’z ichiga oladi va ulardan birgalikda va yaxlit
foydalanilganda, birgalikdagi faoliyatning so’nggi natijasi uchun umumiy strategik
yo’nalishi mavjud bo’lgan holdagina uning vosita va usullari samarali natija beradi.
Bizning iqtisodiyotimiz sharoitlaridan kelib chiqqan holda, bunday natijalar
quyidagilar bo’lishi mumkin: bozor va milliy iqtisodiyot manfaatlaridan kelib
chiqqan holda iste'mol tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlarni tashkil qilish, tovar
aylanishi miqdori va tarkibini shakllantirish, bozor talablari nuqtai nazaridan milliy
iqtisodiyotni istiqbolini aniqlash va hokazolar. Marketingli yondashish, markazdan
turib boshqarish va rejalashtirishdan nima bilan farq qiladi? Bunda korxona va
tashkilotlarning ish amaliyotida bozor talabi umuman hisobga olinmas edi.
Marketing esa sotish uchun taklif qilinayotgan tovarning ham, unga almashinadigan
va aholining turlicha bo’lgan tabaqalarining daromadlariga asoslangan pul
oqimining ham aniq manzilli bo’lishini talab qiladi.
Marketingli qarorlar qabul qilish korxonalardan bozorga mumkin qadar
moslashishni va davlat iqtisodiy siyosatiga to’liq javob berish bilan birga, ishlab
chiqarishning samaradorligi va foydaliligini oshirish, mehnat natijalaridan moddiy
manfaatdorlikni oshirishga asoslangan, o’zining rivojlanish strategiyasini ishlab
chiqish va amaliyotga joriy qilishni har vaqt talab qiladi. Nima uchun bunday qol
sodir bo’ladi? Gap shundaki, marketingli yondashuvda qiymat qonuni va tovar
ishlab chiqarishning boshqa iqtisodiy qonunlari qat'iy amal qiladi. Ana shu asosida
faqat bozorgina tovar-pul almashinuvini ta'minlaydi. Ishlab chiqilgan moddiy
boyliklar pul ekvivalentiga almashtirilmas ekan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish
tugallangan va to’liq bo’lmaydi va yangi ishlab chiqarish davri tsikli boshlanishi
o’z-o’zidan mumkin emas. Eng kam xom-ashyo, materiallar, mehnat va moliya
resurslari sarfi bilan talabni ko’proq, to’laroq qondirishga imkon beradigan
marketing strategiyasining ma'nosi ham ana shunda.
Shunday qilib, marketing usullaridan foydalanish korxona manfaatlari va
maqsadlarini, jamiyat maqsadlari va manfaatlari bilan birlashtiriladi, iqtisodiyot
taraqqiyotiga mikro va makroiqtisodiy yondashuv birligini ta'minlaydi.
Respublikamiz o’zining ijtimoiy maqsadlari va iqtisodiy dasturlarini faqat
bozor mexanizmi orqaligina amalga oshirishi mumkin. Bunga bizni keyingi
vaqtdagi tovar-pul munosabatlari va bozor iqtisodiyotining rivoji ham
ishontirmoqda.
Boshqaruvning iqtisodiy usullari amal qilgan sharoitda milliy iqtisodiyotning
asosiy bo’g’ini bo’lmish korxona va birlashmalarning huquq va mas'uliyatlari
kengayadi, ularning tovar ishlab chiqaruvchilar sifatidagi roli oshadi.
Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo’libgina qolmay, balki
talabga ta'sir ham qilishdir. Xo’sh, bu ta'sir qanday bo’lishi kerak, boshqa
mahsulotlar ishlab chiqarishga o’tish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi?
Marketing faoliyatining bu aniq maqsadlarini - bozorda mavjud bo’lgan vaziyatni
hisobga olish bilan, xaridorlar qiziqish darajasi bilan, korxonaning o’z iqtisodiy va
ijtimoiy vazifalari bilan, u yoki bu bozorga kirishi bilan aniqlanadi. Shunday qilib,
talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing strategiyasini
tanlashga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |