3-Bob boʻyicha xulosa Zamonaviy raqamli taxeometrlar xamda GPS dasturlar yordamida amalga oshirilasa natijada xavfli (noqulay) xududlardagi marksheyderlik ishlarini olib borishda havfsizlik taminlanadi, marksheyderlik xizmati xodimlarining ishlari yengillashadi, vaqtdan bir necha barobar yutiladi, marksheyderlik oʻlchash ishlarining sifati, aniqligi sezilarli darajada oshadi. Bundan tashqari kon xududi geologik tuzilishi, xududdagi geodezik tayanch tarmoqlari, konda olib borilayotgan marksheyderlik ishlari, qazib olish ishlari, hayot faoliyati xavfsizligi masalalar ham koʻrib oʻtilgan.
Kalmakir konida mavjud holatini oʻrganish asosida eʻtirof etish mumkinki, tadqiqot obʼekti hisoblangan Olmaliq shahridagi mavjud konlar yerlarining joylashgan xududiy asosida tabbiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari boʻyicha tumanning umumiy sharoitlariga mosligi bilan ajralib turadi. Tumanda mavjud konlar hali elektron raqamli kartalari yaratilmagan va bunday obʼektlarning monitoringini zamonaviy geografik axborot tizimlari asosida olib borilsa ushbu konlarni joylashgan oʻrni tezkorlik bilan maʼlumotlar olishga imkoniyat yaratiladi.
Umumiy xulosa Marksheyderlik ishlari yoʻriqnomasi talablariga javob berayotgan boʻlsada bu natijalarni yanada yaxshilash mumkin buning uchun rudnikda barcha marksheyderlik ishlarini bajarishda, joriy rejalashtirishda, gorizontlar orasida yoʻnaltirish-bogʻlash ishlarida, qazilma boylikning xajmini xisoblash kabi ishlarda marksheyderlik ishlarni takomillashtirilib, barcha oʻlchash ishlari yangi, zamonaviy, raqamli taxeometrlar xamda lazerli skayner hamda dasturlar yordamida amalga oshirilasa natijada xavfli (noqulay) xududlardagi marksheyderlik ishlarini olib borishda havfsizlik taminlanadi, marksheyderlik xizmati xodimlarining ishlari yengillashadi, vaqtdan bir necha barobar yutiladi, marksheyderlik oʻlchash ishlarining sifati, aniqligi sezilarli darajada oshadi. Bundan tashqari kon xududi geologik tuzilishi, xududdagi geodezik tayanch tarmoqlari, konda olib borilayotgan marksheyderlik ishlari, qazib olish ishlari, hayot faoliyati xavfsizligi masalalar ham koʻrib oʻtilgan. Mazkur ishda erishilgan natijalar, olingan qoʻshimcha bilimlar, ilmiy rahbar va boshqa maslahatchi oʻqituvchilar bilan muloqatlar toʻplangan bilimlar doirasini kengaytirdi va natijada maʻlum bir koʻnikma va malakani shakllantirishga xizmat qildi. Kalmakir konida amaliyot davrida konda tayanch tarmoqlarini barpo qilish va shu asosida kondagi marksheyderlik ishlari olib borish hamda konda ishlarni bexatar va xavfsiz olib borishni taʻminlash asosiy dissertatsiya mavzuyim boʻyicha oʻrganish kerak boʻlgan ishlarni oʻrgandim.
Kalmakir koni aniqlangan va sodir boʻlgan hamda sodir boʻlishi ehtimoli boʻlgan deformatsiyalarni kuzatish ishlari olib borilmoqda. Amalga oshirilgan marksheyderlik ishlari natijasida karerning janubiy-gʻarbiy qismida hamda sharqiy qismida sodir boʻlishi ehtimoli boʻlgan deformatsiyalar aniqlandi. Marksheyderlik hujjatlarida va qonun qoidalariga asoslanib deformatsiya boʻlgan va boʻlish ehtimoli boʻlgan hududlarda ishlarni xavfsiz olib borish maqsadida kerakli koʻrsatmalar berildi,yaʻni deformatsiya boʻlish ehtimoli boʻlgan bortlarda ishlarni olib borilmasligi taʻminlandi,bortlardagi togʻ jinslari bir qismi olib tashlandi hamda bermalarni kengroq qoldirib ishlash tavsiya qilindi va tegishli aktlar tuzulib kon boshligʻiga taqdim eildi. Deformatsiya boʻlgan hududlarni aniqlashdan asosiy maqsad ishchilarning xavfsizligini taʻminlash hamda ishlarni bexatar olib borishdir.
Bundan tashqari Kalmakir konida geoaxborot texnologiyalarini qoʻllab marksheyderlik ishlarini olib borish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Kondagi barcha marksheyderlik ishlari natijlari Mineframe dasturi va AutoCad Civil dasturi yordamida amalga oshirilib kelinmoqda. Hozirgi kunda OKMK ga qarashli barcha konlar Mineframe dasturiga bosqichma-bosqich oʻtilmoqda.Chunki bu dasturda ishlarning olib borilishi bizga yuqori aniqlikdagi natijalarni beradi hamda ishlarimizni tez vaqt ichida bajarilishini taʻminlab beradi. Auto Cad dasturi asosan kon sohasida marksheyderlik xizmati uchun moʻljallangan dastur hisoblanadi. Bu dasturning boshqa dasturlardan farqi tushunishga va oʻragnish juda oson hamda marksheyderlik ishlarini bajarishda juda qulayliklarga ega hisoblanadi.
Kalmakir konida sodir boʻlayotgan deformatsiyalarni toʻgʻri va aniq koʻratkichlarini olishimiz uchun konda zamonaviy geodezik priborlardan foydalanishni taklif qilaman. Bu esa bizga kondan oqilona va xavfsiz foydalanish imkonini beradi. Hozirgi kunda juda koʻplab firmalarga tegishli zamonaviy lazerli skaynerlar ishlab chiqilmoqda. Kalmakir koniga ham shunday zamonaviy lazerli skaynerlardan foydalanish bizga yuqori aniqlikdagi natijalarni beradi. Bundan tashqari deformatsiyalarni oldini olish uchun va aniqlash uchun Georadarlardan ham foydalanish maqsadga muvofiq boʻladi va ishni bexatar olib borilishi taʻminlanadi.