Ma’ruza – To‘plami (I-II kurslar uchun) Bilim sohasi


Buddizm asoschisining shaxsi



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə54/122
tarix21.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#188297
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   122
Falsafa I-II kurs Majmua

2. Buddizm asoschisining shaxsi. Buddizm asoschisi haqiqiy tarixiy shaxsdir. Bu ko‘plab buddizm bilan shug‘ullangan tadqiqoti olimlar bizgacha yetib kelgan manbalar asosida isbot qilganlar. Buddizm asoschisi haqida xabar beruvchi folklor va badiiy adabiyotlar uni Siddxarta, Gautama, Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djipa, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etadilar. Bu ismlarning ma’nolari quyidagicha: Siddxartxa - shaxsiy ismi, Gautama - urug‘ ismi, Shakyamuni - shaklar yoki shakiya qabilasidan chiqqan donishmand, Budda - nurlangan, Tadxagata - shunday qilib shunday ketgan, Djina - g‘olib, Bxagavan - tantana qiluvchi. Bu ismlar ichida eng mashhuri Budda ismi bo‘lib, shu ismdan uning dinga buddizm nomi berilgan.
Hozirgi kunda Buddaning beshta biografiyasi ma’lumdir: “Maxavostu” - eramizning II asrida yozilgan, “Lalitavistara” - eramizning II-III asrlarida yuzaga kelgan, “Buddaxacharita” - Budda faylasuflaridan biri Ashvagxoshey tomonidan eramizning I-II asrlarida yaratilgan, “Nidanakatxa” - eramizning I asrida yozilgan va “Abnixishkramansutra”.
Bu biografiyalar orasidagi asosiy ziddiyat Buddaning qaysi yillarda yashaganligi xususidadir. Ular eramizdan avvalgi IX-III asrlar orasidagi turli muddatlarni ko‘rsatadilar. Rasmiy buddizm hisobiga ko‘ra esa Butama - Budda er. av. 623 yilda tug‘ilib, 544 yilda vafot etgan. Biroq, ko‘pchilik tadqiqotchilar uning tug‘ilishi er. av. 564 yilda, o‘limi esa 483 yilda deb hisoblaydilar. Ba’zan 560 - 480 deb to‘liq sonlar bilan ko‘rsatadilar.
Yuqorida zikr qilingan biografiyalarda Buddaning haqiqiy hayoti bilan uning afsonaviy hayoti o‘zaro qorishib ketgan.
Siddxartxa Shakya qabilasining podshohlaridan biri Shuddxodananing o‘g‘li edi. Uning saroyi Ximolay tog‘lari etagida Kapilavasti degan qishloqda bo‘lgan. Hozirda Nepal hududida). Onasi - malika Mayya. Podshoh o‘g‘lini orzu havaslar og‘ushida tarbiyalar, uni hech bir kamchiliksiz katta qiladi. Ulg‘ayib qo‘shni podshohlardan birining qizi Yashadxaraga uylanadi va o‘g‘il ko‘rib, unga Raxula deb ism qo‘yadi.
Hech bir qiyinchilik va kamchilik ko‘rmay o‘sgan bola Siddxarta ittifiqo qarigan cholni, bemorni, og‘ir mehnatli bir rohibni uchratadi. Bundan qattiq ta’sirlagan shahzoda insoniyatni qiyinchilik va azobdan qutqarish yo‘llarini axtarib saroyni tashlab ketadi. Bu vaqtda u 30 yoshda edi. U beshta rohibga ko‘shilib, ular bilan qishloqma-qishloq kezib yuradi. Ko‘p vaqt bu rohiblarga hamrohlik qilib, ularning yo‘llarida ma’lum maqsad yo‘qligini va bu yo‘l o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi - insoniyatni azob uqubatdan qutqarishga olib bormasligini anglaydi va rohiblar jamoasidan ajraladi.
U chakalakzor o‘rmonlarda kezib, charchab bir daraxti tagida dam olish uchun o‘tiradi va o‘ziga toki haqiqatni topmaguncha shu yerdan turmaslikni va’da beradi.
Bu o‘tirishning 49 kuni uni qalbidan “Sen haqiqatni topding” degan sado keladi. Shu paytda uning ko‘z oldida butun borliq namoyon bo‘ladi. U hamma joyda shoshilinch qayoqqadir intilishni ko‘radi. Hech bir joyda osudalik yo‘q edi. Hayot nihoyasiz uzoqlikni ko‘zlab o‘tib ketayotgan edi. Inson aqli yetmas bir kuch. Trishna - yashash, mavjud bo‘lish umidi barchani tinchini buzar, halok qilar va yana qayta yaratar edi. Mana endi Budda kimga qarshi kurashish kerakligin angladi. Shu ondan u Budda - nurlangan deb ataldi. U tagida o‘tirgan daraxt esa - nurlangan daraxt deb atala boshladi.
Budda o‘zining birinchi da’vatini Varanasi yaqinidagi Rishipatana bog‘ida, o‘zining besh rohib do‘stlariga qildi va o‘shalar uning birinchi shogirdlari bo‘ldilar.
Shu kundan boshlab Budda o‘z shogirdlari bilan qishloqma-qishloq yurib o‘z ta’limotni tarqatib o‘ziga yangi izdoshlar orttiradi. Budda 40 yil davomida o‘z ta’limotini Hindistonning turli joylariga yetkazadi va 80 yoshida Kushtnagara degan joyda dunyodan o‘tdi. Uning jasadi hind udumiga ko‘ra u yerda kuydirilib, uning xoki 8 ta budda jamoalariga bo‘lib yuborildi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida ibodatxona barpo etdi.
Buddaning hayoti haqida turli afsonalar ham to‘qilgan. Bu afsonalarda aytilishicha, Budda ko‘p yillar davomida yer yuzidagi turli mavjudotlar qiyofasida qayta tug‘ilgan: 84 marta ruhoniy, 58 marta podshoh, 24 marta rohib, 13 marta savdogar, 18 marta maymun, 12 marta tovuq, 8 marta g‘oz, 6 marta fil shuningdek baliq, qurbaqa, kalamush, quyon kabi qiyofalarda qayta tug‘ilgan. Jami 550 marta qayta tug‘ilgan. U doimo qaerda, qay qiyofada tug‘ilishini o‘ziga o‘zi belgilagan.
So‘nggi marta uni xudolar insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga boshlashi uchun inson qiyofasida yaratganlar. Bu afsonalarning ba’zilariga ko‘ra yer yuzida Gautamaga qadar 6 ta budda o‘tgan. Shuning uchun buddizmning ba’zi muqaddas joylarida 7 ta ibodatxona barpo etilgan. 7 ta Botxa daraxti o‘tkazilgan. Ba’zi afsonalar 24 ta Budda avlodi o‘tgan desa, ba’zilari minglab Buddalar o‘tgan deb da’vo qiladi.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin