Kant Immanuil (1724-1804) – nemis mumtoz falsafasining asoschisi. Kant «Amaliy aql tanqidi» asarida o‘zining axloqiy ta’limotini bayon etgan. Uning markaziga burch tushunchasi qo‘yilgan. U burchniikkiga bo‘ladi: huquqiy burch va axloqiy burch. Huquqiy burchni bajarish uchun tashqaridan majbur etilsa, axloqiy burch, fazilatga, ya’niichkiixtiyor erkinligiga bog‘liq. Axloqiylik faqat burchni anglash emas, balki burchni amaliy jihatdan bajarishni ham talab etadi. Shu bois, insonning axloqiy burchga muvofiq xatti-harakatlarini Kant fazilat deb ataydi. Kant etikasining asosini «o‘zingga va boshqa insonlarga vosita sifatida emas, maqsad sifatida qaragin, chunkiinson hayoti o‘zida oliy maqsadni mujassamlashtirgan», degan g‘oya tashkil etadi.
Immanuil Kant
Immanuel Kant
Kauzallik – sabab va oqibat o‘rtasida qonuniiy aloqadorlik mavjudligini e’tirof etuvchi nuqtai nazar.
Kategoriya'>Kauzalnost
causality
Kategoriya (yunon. kategoria – ta’rif, belgi) – predmet va hodisalarning umumiy hamda muhim tomonlari xususiyatlari yoki munosabatlarini aks ettiruvchi eng umumiy tushunchalar. Falsafiy kategoriyalar boshqa fan kategoriyalaridan o‘zining nihoyatda umumiyligi bilan farqlanadi.
Kategoriya
Category
Kreasionizm – butun borliqni Xudo yaratganligini e’tirof etuvchi diniy ta’limot.