Ma’ruza-1 : Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning hozirgi zamon mazmuni tarkibiy tuzilishi va vazifalari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/64
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#41067
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64
geografiyaning asosiy muammolari

Geostrategik mintaqa  jahon siyosiy makonining  bir qismi bulib , u o`ziga 

xos  hududga ,  savdo va madaniy – mafkuraviy aloqalarning o`ziga xos  xususiyatlari 

bilan ajralib turadi. Geostrategik mintaqa esa  geostrategik  mintaqaning  bir qismi  

bo’lib , maydoni  uncha katta bo`lmasa ham , siyosiy,   tashqi va savdo  aloqalarining  

yuqori darajadagi  sur’ati bilan  ajralib turadi (Evropa, Amerika, Xitoy,  Janubi 

Sharqiy Osiyo va boshqalar). Geosiyosiy mintaqa o`z navbatida davlatlar chegaralari  

bilan mos tushuvchi  siyosiy rayonlarga  bulinadi. Siyosiy rayonning eng muhim  

xususiyati  siyosiy  birlik va yaxlitlikdir. Har bir rayon  o`ziga xos  shakl va 

o`lchamlariga  ega.  

   


Davlat chegaralarining  barpo qilinishi  va rasmiylashtirilishi milliy davlatning 

shakllanishi va rivojlantirish  davrida amalga oshiriladi. Chegaralar  ular o`rab turgan 

« Millat - davlat» makonining geosiyosiy  rasmiylashtirilishidir. Bundan tashqari

tabiiy va sun’iy chegaralar mavjud.  Tabiiy chegaralarga  tog`lar,  daryolar  dengiz v 

ko`l    akvatoriyalari  kiradi.    Sun’iy  chegaralar    quruklikda  ham  ,  suvda  ham    aniq  

tabiiy ob’ekt  bo`lmagan  joylarda o`tkaziladi. Bunda geografik kenglik  va uzunlik  

elementlari bo`lgan parallellar va meridianlar  hisobga  olinadi. Masalan, AQSH va 

Kanada o`rtasidagi  davlat chegarasi  49 parallellar buyicha  1450 km ga cho`zilgan. 

Sun’iy chegaralar  davlatlarning  o`zaro kelishuvlari asosida  o`tkaziladi va 

tasdiqlanadi. 

         Geosiyosatda tabiiy  chegaralarga   ko`proq e’tibor beriladi. Dengiz chegaralari  

eng qulay chegara xisoblanadi. Mashxur olim F. Fatsel «Qirg`oq bizlarga  qo`shni 

sifatida  tabiatni in’om etdi va bu qo`shni  har qanday  do`stona  davlatdan  afzaldir», 

- degan edi.  

Dengiz chegaralari  boshqa davlatlar bilan   aloqa o`rnatishga  katta imkoniyat 

yaratadi. Shuning uchun uning qiymati uzunligi  ortgan sari  ortib boradi. 




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin