Ma`ruza №1 cad/cam/cae tizimlariga kirish Reja: cad/cam/cae tizimlari haqida



Yüklə 335,11 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix29.11.2023
ölçüsü335,11 Kb.
#169672
Ma`ruz



Ma`ruza №1 cad/cam/cae tizimlariga kirish Reja: cad/cam/cae tizimlari haqida
tushuncha
Ma`ruza №1
CAD/CAM/CAE tizimlariga kirish
Reja:
1. CAD/CAM/CAE tizimlari haqida tushuncha
2. CAD/CAM/CAE tizimlariga ta`rif.
Tayanch so`z va iboralar:
CAD/CAM/CAE tizimlari; mahsulotning hayot sikli(product cycle); mahsulot haqida
ma`lumotlar bazasi; ishlab chiqish va ishlab chiqarish bosqichlari; sintetik (umumlashgan)
va analitik (tahliliy) operatsiyalar; prototip; jadal prototiplash texnologiyasi; computer-
integrated manufactuung — CIM.
1. CAD/CAM/CAE tizimlari haqida tushuncha
Hammaga ayonki, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari yuqori sifatli (quality, Q), kichik
narxli (cost, C) va kam vaqt sarf qilib (delivery, D) yangi mahsulotlar ishlab chiqarmasalar,
kuchayib ketayotgan raqobatga bardosh berolmaydilar. Shuning uchun bu korxonalar
kompyuterlarning xotiralarini, tezkorligini va qulay grafik interfeysini mahsulotlarni
loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va bir-biri bilan bog’lash
uchun ishlatishga harakat qilishadi. Chunki bu jarayonlar oldin juda ham ko`p vaqt talab
qilardi va ular bir-biri bilan bog’lanmagan edi. Shunday qilib, mahsulotni ishlab chiqish va
ishlab chiqarish vaqti va narxi qisqaradi.
Bu maqsadda loyihani kompyuterli qo`llab-quvvatlash (avtomatlashtirish) (computer
aided
design

CAD),
ishlab
chiqarishni
kompyuterli
qo`llab-quvvatlash
(avtomatlashtirish) (computer aided manufacturing — CAM) va mahsulotni ishlab
chiqish va konstruktsiyalashni kompyuterli qo`llab-quvvatlash (avtomatlashtirish)
(computer aided engineering — CAE) texnologiyalaridan foydalanishadi. CAD/CAM/CAE-
texnologiyalari tizimi rus tilida-“Системы автоматизированного проектирования”,
o`zbek tilida “Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi”deyiladi.
Birinchi avtomatlashgan loyihalash tizimlari (CAD) 1960-yillarda yaratilgan edi va asosan,
elektronika va mexanikada eng ko`p ishlatilgan edi. Bunga sabab, bu sohalardagi
loyihalash ob`ektlarini oson formallashtirish mumkin va loyihalash natijalari sonli
dasturlar bilan boshqariladigan stanoklar dasturlar shaklida bo`lardi. Bu albatta, mahsulot
ishlab chiqish va uni seriyali ishlab chiqarish orasidagi vaqtni kamaytiraydi. Hozir
avtomalashtirilgan loyihalash tizimlari mashinasozlikda, arxitektura va qurilishda,
kartografiya va kadastrda, elektrotexnika va elektronikada qo`llaniladi:
Mashinasozlikda MCAD - Mechanical Computer Aided Design.
Arxitektura va qurulish uchun CAD/AEC - Architectural, Engineering, and Construction.


Elektron platalar uchun ECAD - Electronic CAD/EDA - Electronic Design Automation.
Biz yangi mahsulotlarni yaratish va ishlab chiqarish jarayonlarida bajarilishi kerak bo`lgan
ishlar va hal etilishi lozim bo`lgan muammolarni, har xil operatsiyalarni puxta
o`rganishimiz kerak bo`ladi. Barcha bu vazifalar birgalikda olinganda mahsulotning hayot
tsikli(product cycle) deyiladi. Qisman takomillashgan holda Zeyd tomonidan tuzilgan
mahsulotning hayot tsiklini misol tariqasida qarab chiqamiz:
1.1-rasm. Mahsulotni hayot sikli (Zeyd tomonidan tuzilgan)
Ushbu sxemada mahsulotni hayot siklini ikki muhim: ishlab chiqish va ishlab chiqarish
bosqichlariko`rsatilgan. Ishlab chiqish bosqichimarketing ya`ni bozor tomonidan ishlab
chiqilgan iste`molchilarning talabidan boshlanib chizmada ifodalanuvchi mahsulotning
to`liq tavsifini bayon etish bilan yakunlanadi. Ishlab chiqarish jarayoniesa texnik talabdan
boshlanib tayyor buyumni sotuvga chiqarish bilan yakunlanadi.
Ishlab chiqish jarayoniga tegishli bo`lgan operatsiyalar sintetik(umumlashgan)va
analitik(tahliliy)larga bo`linadi. Chizmadan ko`rinib turibdiki, ishlab chiqishning
boshlang’ich operatsiyalari: ishlab chiqish zaruratini aniqlash, texnik talablarni bayon
etish, mahsulotni yaratish uchun tahliliy ma`lumotlar yig’ish va amalga oshirish,
shuningdek loyihani asoslash sintetik ya`ni umumlashgan kichik jarayonga qarashli
bo`ladi.
Sintetik kichik jarayonning natijasi ishlab chiqarish mo`ljallanayotgan buyumning loyihasi
bo`ladi. Hayot siklining bu qismida mahsulotni ishlab chiqish g’oyasini amalga oshirish
uchun zarur bo`lgan asosiy moliyaviy mablag’ miqdori belgilanadi, shuningdek uning
amalga oshirilishi aniqlanadi. Sintez kichik tizimi doirasida tug’iluvchi va qayta
ishlanuvchi axborotlarning katta qismi asliy hisoblanadi va ularni kompyuterda qayta
ishlash noqulay bo`ladi.
Tayyor asoslangan loyiha tahlil qilinib optimallashtiriladi, bu analitik kichik tizim bo`ladi.
Avvalo analitik (tahliliy) model ko`riladi, chunki birinchi navbatda loyiha emas, balki aynan
model tahlil qilinadi.
Konstruktsiyalashda qo`llanilayotgan kompyuterlar miqdor va sifat jihatidan keskin oshib
borayotganiga qaramay, yaqin orada abstrakt analitik modellarni qo`llashdan voz kechib
bo`lmaydi. Agar loyihadan muhim bo`lmagan qismlar olib tashlansa, o`lchash
soddalashtirilsa va mavjud simmetriya hisobga olinsa analitik model olinadi.
O`lchamlarni soddalashtirish deganda, masalan yupqa listni qandaydir xususiyati,
qalinligi o`xshash bo`lgan boshqa materialga almashtirish tushuniladi.
Jism va unga qo`yilgan yukning simmetriyasi modelda faqat shu jismning bir qisminigina
ko`rish imkoniyatini beradi.
Olinadigan xulosaviy natijalar sifati bevosita tanlangan analitik model sifatiga bog’liq
bo`lgan tahlil natijasida olinadi.
Loyihalashni tugatib va optimal parametrlarni tanlab bo`lingach loyihani baholash
bosqichi boshlanadi. Buning uchun prototipyasaladi. Prototiplarni konstruktsiyalashda
jadal prototiplashdeb ataluvchi yangi texnologiyadan foydalanish keng ommalashib


bormoqda. Bu texnologiya prototipni pastdan yuqoriga qarab, yangi faqat
konstruktsiyaning ko`ndalang kesimi to`g’risidagi ma`lumotlarni talab qiluvchi asl
loyihadan bevosita konstruktsiyalash imkonini beradi. Agar loyihani prototip asosida
baholashda loyiha qoniqarsiz bo`lsa, yuqorida keltirilgan ishlab chiqish jarayoni
parametrlarni o`zgartirgan holda davom ettiriladi.
Loyihani baholash qoniqarli bo`lgach, loyihani hujjatlashtirish jarayoniga tayyorgarlik
boshlanadi. Mahsulotning loyiha hujjati to`liq rasmiylashtirilgandan so`ng, barcha
hujjatlar mahsulotni ishlab chiqarish uchun korxonaga beriladi. Mahsulotni ishlab
chiqaruvchi korxona loyiha hujjatlarda ko`rsatilgan chizmalar va hisob kitoblar asosida
mahsulotni ishlab chiqarishni rejalashtiradi va bu jarayon tayyor namunaviy mahsulotni
ishlab chiqarish bilan tugaydi.
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash– bu mahsulotni tayyorlash bo`yicha texnologik
jarayonlar ro`yxatini belgilab ularning parametrlarini beruvchi operatsiya. Bir paytning
o`zida jamlangan materialdan kerakli shakldagi detallarni olish uchun texnologik
operatsiyani amalga oshiruvchi jihozlar tanlanadi. Ishlab chiqarishni tayyorlash natijasida
ishlab chiqarish rejasi , uskuna jihozlar uchun dasturlar va materiallar ro`yxati tuziladi.
Shu bosqichda boshqa spetsifik talablar, qisqich va bog’lash materiallarining
konstruktsiyalariga ishlov beriladi. Ishlab chiqarish jarayoniga tayyorgarlik loyihalash
jarayonining sintez nimjarayoni kabi mutaxasislarning katta hayotiy tajribasini va sifatli
qarorlarni qabul qilishni talab etadi. Bu tavsifdan mazkur bosqichni to`liq
komp’yuterlashti rish murakkabligi ko`rinib turibdi. Texnologik tayyorgarlik tugagach
tayyor mahsulotni ishlab chiqarishni boshlash hamda ishlab chiqarilgan mahsulot
talabga to`liq mos kelishi tekshiriladi. Sifat nazoratida a`lo baho olgan detallar bir joyga
yig’iladi, ishlashi sinovdan o`tkazilib, qadoqlanadi. Tamg’alanib buyurtmachilarga
yuboriladi.
Biz mahsulotning hayot siklini qarab chiqdik. Endi bu siklning barcha bosqichlarida
CAD/CAM/CAE- texnologiyalari qanday qo`llanilishini ko`rib chiqamiz. Yuqorida aytib
o`tganimizdek, sintez nimjarayonida komp’yuterlar keng qo`llanilmaydi. Chunki ular
bo`lgusi mahsulot to`g’risidagi axborotlarni sifatli qayta ishlash imkoniyatiga ega emas.
Lekin hatto bu bosqichda loyihachi masalan, tijorat ma`lumotlar bazasidan tahlilni
amalga oshirish uchun muhim axborotlarni muvofaqqiyatli yig’ishi, shuningdek
kataloglardagi ma`lumotlardan foydalanishi uchun loyihalarni asoslash jarayonida
komp’yuterlarni qo`llashini tasavvur etib bo`lmaydi, chunki komp’yuterlar hali intellektual
ijod uchun kuchli vositaga aylangani yo`q.
Bu bosqichda har xil asoslangan loyihalarni chizmalarini yaratish, hisob kitob ishlarini
amalga oshirishda komp’yuterlardan keng foydalanildi.
Chizmalarni ishlab chiqishning avtomatlashgan tizimida makrodasturlar, shuningdek
parametrik va geometrik modellashtirish vositalaridan foydalanish foydali bo`ladi.
Loyihalash jarayonida keng qo`llaniladigan geometrik modellashtirish tizimi bu
chizmalarni ishlab chiqishning avtomatlashgan tizimida uch o`lchovli ekvivalent, ya`ni uch
o`lchamli ishlovchi dasturiy paketdir.
Loyihalashning analitik bosqichida kompyuterning haqiqiy o`rni namoyon bo`ladi.
Kuchlanishni tahlil qilish, to`qnashuvlarni nazorat qilish, kinematik tahlil uchun ko`plab
dasturiy paketlar mavjud. Bu dasturiy paketlar konstruktsiyalarni avtomatlashtirish
vositalariga (CAE) kiradi. Bulardan foydalanishdagi bosh muammo analitik modellarni
shakllantirish zaruratida namoyon bo`ladi.
Agar analitik modellar asoslangan loyihadan avtomatik tarzda qurilganda edi bu
muammo aslo yuzaga kelmas edi. Yuqorida qayd etilganidek, analitik modellar aynan
kontseptual loyiha bilan bir xil bo`lmaydi, chunki undan kam ahamiyatli detallar olib


tashlanib, o`lchamini kichraytirish yo`li bilan yaratiladi.
Zaruriy
abstraktsiya
darajasi
tahlil
turi
hamda
echimning
qanoatlantiruvchi
parametrlarning
aniqligiga
bog’liq
bo`ladi.
Demak,
abstraktsiyalash
jarayonini
avtomatlashtirish ancha murakkab, shuning uchun analitik modellar alohida yaratiladi.
Aslida abstrak model ishchi chizmalarni ishlab chiqish tizimida yoki geometrik
modellashtirish tizimida, ba`zida esa qurilgan analitik paket vositalari yordamida
yaratiladi. Analitik paketlarga kompyuterda ishlov berish qulay bo`lishi uchun
o`rganilayotgan ob`ekt strukturasini alohida alohida qismlarga bo`lib, o`zaro bog’liq turlar
ko`rinishida bo`lishi talab etiladi.
Agar analitik paket mahsulot turini avtomatik ravishda yaratsa, u holda loyihachiga faqat
abstrakt ob`ekt chegaralarini belgilash qoladi. Aks holda mahsulot turi ham loyihachi
tomonidan yoki interaktiv rejimda, yoki avtomatik ravishda ammo boshqa dasturda
yaratiladi. Mahsulot turini yaratish jarayoni yakuniy elementlar usulida modellashtirish
deb ataladi. Bu usulda modellashtirish o`z ichiga chegaraviy shartlar va tashqi yuklamalar
masalalarini ham oladi.
Analiz kichik jarayoni qandaydir parametrlar bo`yicha loyihani optimallashtirish
bosqichida bajarilishi mumkin. Optimal qarorlarni izlashning ko`plab algoritmlari ishlab
chiqilgan bo`lib, ular asosida hammabop tijorat dasturlar qurilgan.
Optimallash protsedurasi loyihani avtomatlashgan tizimining bir komponenti hisoblanadi,
bu protsedurani alohida qarab chiqish maqsadga muvofiq.
Loyihani baholash bosqichi ham kompyuterlashtirishdan ko`p narsa yutadi. Agar loyihani
baholash uchun prototip lozim bo`lsa, biz berilgan loyiha bo`yicha tez prototiplovchi
mashina uchun kodlarni ishlab chiquvchi dasturlar yordamida loyihadagi mahsulotni juda
tez konstruktsiyalashimiz mumkin. Bunday paketlar ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
(CAM) dasturi hisoblanadi. Prototip shakli kirish ma`lumotlari to`plamidan oldin
aniqlanishi
lozim.
Formani,
ya`ni
shaklni
belgilovchi
ma`lumotlar
geometrik
modellashtirish natijasida olinadi.
Jadal prototiplash–prototiplarni konstruktsiyalashning qulay usuli bo`lsada, virtaual
prototipdan foydalanish ancha qulay hamda foydali ma`lumotlar olish imkonini beruvchi
“raqamli nusxalar” deb ataladi.
Ishlab chiqish jarayonining oxirgi bosqichi – loyihaviy hujjatlarni tayyorlash. Bu bosqichda
ishchi chizmalarni tayyorlash tizimini qo`llash o`ta foydalidir.
Kompyuter texnologiyasi zamonaviy ishlab chiqarish bosqichida keng qo`llanilmoqda.
Ishlab chiqarish bosqichi o`z ichiga ishlab chiqarishni rejalashtirish, yangi uskunalarni
loyihalash va sotib olish, materiallarga buyurtma berish, mashinalarni dasturiy
boshqaruvini dasturlash sifatini nazorat qilish hamda qadoqlashni oladi. Bu
operatsiyalarda qo`llaniladigan komp’yuterlar tizimini avtomatlashgan ishlab chiqarish
tizimi deb klassifikatsiyalash mumkin. Qayd etib o`tganimizdek, ishlab chiqarishni
tayyorlashda avtomatlashtirish o`ta murakkab bo`lgani uchun to`liq avtomatlashgan
texnologik tayyorlash tizimi mavjud emas.
1.2.CAD, CAM va CAE tizimlariga ta`rif
Demak, oldingi fikrlarni xulosalab shuni aytish mumkinki, avtomatlashtirilgan loyihalash
(computer aided design - CAD) bu - texnik loyihalarni yaratish, o`zgartirish, tahlil qilish va
optimallashtirishni osonlashtiradigan kompyuter tizimlarini qo`llashga asoslangan
texnologiyadir. Ya`ni, kompyuter grafikasi bilan ishlaydigan har qanday dastur yoki
muhandislik hisob-kitobini bajaradigan har qanday kompyuter dasturi ilovasi


avtomatlashtirilgan loyihalash tizimiga mansub bo`ladi. Boshqacha qilib aytganda,
CADning ko`plab vositalariga shakllar bilan ishlaydigan geometrik dasturlardan boshlab
tahlil va optimallashtirish bilan shug’ullanadigan maxsus kompyuter dasturlari ilovalari
kiradi.
Bu ikki chegara ichiga dopusklarni tahlil qiladigan, mahsulotning massa-inertsiya
xususiyatlarini hisoblaydigan, oxirgi elementlar usulida optimallashtiradigan va tahlil
natijalarini vizual ko`rsatadigan dasturlar kiradi.
CADning asosiy funktsiyasi – konstruktsiyaning geometrik xususiyatlarini aniqlash
(bunga mexanizm detallari, arxitektura elementlari, elektron sxemalar, bino planlari va
boshqalar kiradi). Chunki mahsulotning geometriyasi uning hayotiy tsiklidagi keyingi
bosqichlarni ko`rsatib beradi. Bu maqsadda ishchi chizmalarni ishlab chiqish va
geometrik modellashtirish tizimlari qo`llaniladi. Bu tizimlarda aniqlangan va yaratilgan
mahslulotlarning geometriyasi kelgusida CAE va CAM tizimlarida operatsiyalarni bajarish
uchun asos bo`lib xizmat qiladi.
Eng oddiy CAD dasturlari - AutoCAD, CAD-KEY, Personal Designer, ADEM, KOMPAS.
O`rtacha murakkab dasturlar - AMD, Solid Edge, Solid Works va boshqalar.
Eng murakkab dasturlar - CATIA, Unigraphics, Pro/ENGENEER, CADDS5, EUCLID,
Cimatron, Ansys, LS-Dyna, ADAMS, Nastran, ABAQUS.
CAD tizimining asosiy afzalliklaridan biri – hisoblash vaqtida konstruktsiya
geometriyasini har marta noldan boshlab tayyorlash talab etilganda vaqtni tejash va
xatolar sonini kamaytirishdir. Shuning uchun aytish mumkinki, ishchi chizmalar va
geometrik modellashtirish tizimi ALTning asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni kompyuterli qo`llab-quvvatlash (avtomatlashtirish) (computer aided
manufacturing — CAM) – ishlab korxonalari resurslari bilan bevosita yoki bilvosita
interfeys orqali bog’lanib ishlab chiqarishni rejalash, boshqarish va nazorat qilish uchun
kompyuter
sistemasini
qo`llaydigan
texnologiyadir.
Eng
ko`p
tarqalgan
avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimi raqamli dasturiy boshqarish RDB (числовое
программное управление - ЧПУ, numerical control — NC) hisoblanadi. RDBning
mohiyati shlifovkalash, frezerlash, shtampovkalash, egish va zagotovkani tayyor detalga
aylantirishning boshqa usullarini amalga oshiradigan stanoklarni dasturlangan
komandalar orqali boshqarishdir. Hozirgi kundagi kompyuterlar RDB stanoklari uchun
mo`ljallangan va CAD tizimi axborotlar bazasi turgan mahsulotlar geometrik o`lchamlari
yoki operatorning boshqa qo`shimcha ma`lumotlari asosian tayyorlangan katta
dasturlarni generatsiya qilish imkoniyatiga ega. Bu sohadagi tadqiqotlar asosan
operatorning jarayonga aralashinini kamaytirishga qaratilgan.
ALTning yana bir muhim funktsiyasi – robotlarni dasturlashtirish. Bu robotlar
moslashuvchan avtomatlashtirilgan uchastkalarda RDB stanoklarning instrument va
detallarini tanlab o`rnatish va boshqa ishlar bilan shug’ullanishadi, masalan, payvandlash,
jihozlarni yig’ish va ularni hamda detallarni tsex bo`yicha ko`chirish.
Kompyuter yordamida birlamchi materiallar va sotib olinadigan detallarga ehtiyojni
aniqlash va ularning kerakli miqdorini ishlab chiqarish grafigidan aniqlash mumkin. Bu
funktsiya materillarga bo`lgan texnika talablarni rejalash deb ataladi (material
requirements planning — MRP). Bundan tashqari kompyuter yordamida stanoklar holati
nazorat qilinadi va ularga texnik topshiriq uzatiladi.
Avtomatlashtirilgan ishlab chiqish va konstruktsiyalash (computer-aided engineering —
CAE)– kompyuterlar yordamida mahsulotlar konstruktsiyalarii takomillashtirish va
optimallashtirish maqsadida CAD geometriyasini tahlil qilish va mahsulotning holati va


harakatini o`rganish va modellashtirish texnologiyasidir. CAE vositalari har xil variantdagi
ko`plab tahlillarni amalga oshiradi. Kinematik hisoblash dasturlari, masalan, zvenolarning
mexanizmdagi harakat traektoriyasini va tezligini aniqlab berishi mumkin. Dinamik tahlil
dasturlari murakkab tarkibiy qurilmalarda, masalan avtomobillarda, yuklama va siljishlarni
aniqlash uchun ishlatiladi. Verifikatsiya va mantiq va sinxronlashtirish tahlili dasturlari
murakkab elektron zanjirlar faoliyatini imitatsiyalash uchun qo`llaniladi.
Kompyuter tahlili usullaridan asosan konstruktsiyalashda yakuniy elementlar usuli
(метод конечных элементов - finite-element method — FEM) ko`proq ishlatiladi. Bu
usul yordamida kuchlanishlar, deformatsiyalar, issiqlik almashinuv, magnit maydoni
taqsimoti, suyuqliqlar oqimi va boshqa uzluksiz muhitlar hisoblanadi. Bu usulda analitik
model strukturasi bir-biri bilan bog’liq elementlar shaklida ko`rsatiladi va shuning uchun u
kompyuterda ishlov berish mumkin bo`lgan tashkiliy qismlarga ajratiladi.
Konstruktsiyalarni tahlil qilish va optimizatsiyalash usullarining afzalligi – bu real
prototiplarni yasash va tekshirishdan oldin konstruktorga yakuniy mahsulotning
faoliyatini o`rganishga va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga imkon berishidir. Bu
ma`lum xarajatlarning oldini oladi, chunki mahsulotni konstruktsiyalashning oxirgi
boshqichlari va uni tayyorlash xarajatlari ekspontsial oshib ketadi. Bu o`rinda CAE
vositalari yordamida bajarilgan takomillashtirish va optimizatsiyalash mahsulotni ishlab
chiqish muddatlari va narxini keskin kamaytiradi.
Shunday qilib, CAD, CAM va CAE texnologiyalari mahsulot hayotiy siklining konkrekt
bosqichlarini samaradorligini oshirish uchun mo`ljallangan.
Bu tizimlar bir-biri bilan mustaqil ravishda rivojlanib, loyihalash va ishlab chiqarishni
integratsiyalash masalasida oxirigacha o`zlarining potentsiallarini ishlatganlari yo`q. Bu
muammoni hal etish uchun ishlab chiqarishni kompyuterlashtirilgan integratsiyalash
(computer-integrated manufactuung — CIM) texnologiyasi taklif qilingan. CIM
“avtomatlashtirilgan orolchalarni” birlashtirib, ularni uzluksiz va samarali ishlayotgan
sistemaga aylantirishga harakat qiladi. CIM kompyuterli ma`lumotlar bazasini ishlab
chiqarish korxonaning barcha bo`limlarini, buxgalteriya, rejalash va ta`minot va boshqa
bo`limlarni samarali birgalikni boshqarish uchun foydalanishni ko`zda tutadi. Bu tizim
faqat loyihalash va ishlab chiqarishni emas, balki butun ishlab chiqarishni
avtomatlashtirishni maqsad qilib qo`ygan. Ko`pincha bu tizimni “kompyuter sistemasi”
emas, “biznes falsafasi” deb ataydilar.
1.2-rasm. Ma`lumotlar bazasi yordamida CAD, CAE va CAM tizimlarni birlashtirish
1.2-rasmda hosil qilingan stsenariy, ya`ni ma`lumotlar bazasi yordamida CAD, CAE va
CAM tizimlarni birlashtirish sxemasi ko`rsatilgan. Bu esa CIM sistemasining yakuniy
maqsadi hisoblanadi.
Mustaqil ishlash va nazorat uchun savollar
Analitik va loyihaviy modellar orasidagi farq nima?
Ishlab chiqish jarayonida qanaqa analitik operatsiyalar bajariladi?


Ishlab chiqish jarayonida CAD vositalari qanday ishlatiladi?
CAM vositalaridan ishlab chiqarish jarayonida qanday foydaniladi?
CAM vositalarining qaysi variant ishlatilishi eng yaxshi hisoblanadi? Nima uchun?
CAM vositalaridan ishlab chiqish jarayonida foydalanishning asosiy afzalligi nima?
http://fayllar.org

Yüklə 335,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin