Ko‘p yillik begona o‘tlar Ko‘p yillik begona o‘tlarning ildizi va ildiz bachkisk tuproq harorati Ko‘tarilishi bilan kelgusi yili takroriy o‘sishini davom ettiradi. Ko‘p yillik begona o‘tlar urug‘idan va ildiz poyasidan ko‘payadi. Ularning ildizi baquvvat va xar xil tuzilishda bo‘ladi. Ko‘p yillik begona o‘tlar urug‘idan va ildizpoyasidan ko‘payadi. Ularning ildiz tizimi baquvvat va chuqur ketadi. Ko‘p yillik begona o‘tlar yer osti organlariniig tuzilishiga ko‘ra quyidagi biologik guruhlarga bo‘linadi. Masalan, o‘q ildizlilar: oqquray, otquloq sachratki, qo‘ypechak, kakra, qizilmiya, yantoq; ildiz bo‘g‘imlilar: g‘umay, salomalayquml, ajriq qamish; ildiz bachkililar: achchiqmiya, oqmiya, kakra, qo‘ypechak va boshqalar; piyozli begona o‘tlar: yovvoyi piyoz va sudralib o‘suvchilar: ayiqtovon.
O‘q ildizlilar. Bu tur begona o‘tlarning asosiy ildizi o‘q ildiz bo‘lib, tuproqda 2 m dan 5 m gacha chuqurlikka kirib boradi. Asosiy ildizlaridan qo‘shimcha ko‘p yon ildizlar chiqadi. O‘q ildizlilar guruhiga otquloq sachratqi, oqquray, kampirchopon, qoqio‘t, izen, ermon kabilar kiradi.
Oqquray (Salsola kali auct pop L) - dukkaklilar oilasiga mansub. Dukkakli ekinlar orasida ko‘p o‘sadi, bo‘yi 180 smga yetadi. Doni zaharli, urug‘ining unib chiqish vaqti juda yaxshi. Ildizidan ham ko‘payadi. Oqquray asosan bug‘doy va arpapoyalarda o‘sadi. Oqquray gullab turgan paytda bug‘oz qo‘ylar iste’mol qilsa, ular bola tashlaydi. Oqquray ko‘p yillik bo‘lgani uchun har yili ildizlaridan qayta o‘sib chiqadi. Oqqurayning qurigan poyalari hayvonlar uchun oqsilli ozuqa hisoblanadi, sug‘oriladigan maydonlarda uchramaydi.
Sachratqi (Cichorium intydus L). Ildizining uzunligi 2-3 m gacha bo‘lib, poyasining balandligi 1 m gacha yetadi. Guli havo rang bo‘lib, ertalab ochiladi va soat 11 -12 larda yomilib qoladi. Agar ildizi kesilsa, yangi o‘simta hosil Qilib ko‘karadi. Bu begona o‘t sug‘oriladigan va qurg‘oqchil sharoitda o‘sadigan o‘simlik o‘suv davri erga bahordan sentyabr oylarigacha davom etadi, ildizi yo‘g‘on bo‘lganligi uchun tuproqdan ko‘plab ozuqa moddalarni o‘zlashtirib oladi, urug‘lari 1,5 m chuqurlikka ko‘milib qolsa ham barii-bir unib chiqadi.
Otquloq - soronguldoshlar oilasiga mansub o‘simlik Bo‘yining balandligi 80-100 sm gacha boradi. Birinchi yili faqat barglar hosil qiladi, keyingi yili poya berib ypyg‘ hosil qiladi. Otquloq asosan bahorda o‘sadi, u sug‘oriladigan maydonlarda uchraydi. Bu o‘simlik butun o‘zbekistan dalalarida uchraydi.
Kampirchopon - govzabonguddoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘simlik lalmi bug‘doylar orasida uchraydi. Poyasi yarim yetib o‘suvchi bo‘lib, balandligi sutlama, 2 - kush 40-60 sm ga yetadi. YEn kuymas - kakra shoxlar hosil qiladi, poyasi va barglari oqish tuklar bilan qoplangan. Poyasi, bargi va uruqlari zaharli, tarkibida trixodesmin degan alkaloid bor. Urug‘lari bug‘doy bilan bir vaqtda pishadi.