Ma’ruza 1 kirish kirish. E


Energiyadan samarali foydalanish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə41/53
tarix02.01.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#39388
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53
Ma’ruza 1 kirish kirish. E

1.6. Energiyadan samarali foydalanish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar


Sanoatning qayta ishlash tarmoqlarida energiyadan samarali foydalanishni yaxshilashni quyidagi yo‘llari mavjud:

a) Energiya iste’molini boshqarishni quyidagi usullarini qo‘llash evaziga:

– xonalarni yaxshi holatda ushlab turish;

– isrof bo‘lib oqib ketayotgan energiyalarni kamaytirish;

– optimal rejimda ishlash;

– qurilmalarga yaxshi texnik xizmat ko‘rsatish;

– personalni o‘qitish;

–energiya iste’molini hisoblash va h.z.

b) Energiyani saqlashni gorizontal usullaridan foydalanish, ya’ni quyidagi umumiy qo‘llaniladigan usullar hisobiga:

izolyasiya;

– keng va samarali issiqliq almashish(utilizator–qozonlar va h.z.)

–issiqliq nasoslaridan foydalanish yoki bug‘ yordamida qayta kuchaytirish;

–elektr va issiqliq energiyalarni birgalikda ishlab chiqarish, ya’ni bug‘dan elektrni ishlab chiqarishda va isitishda foydalanish, bu usul sanoatning ayniqsa ba’zi bir ximiyaviy va qayta ishlash soxalarida qo‘l keladi;

–aylanuvchi mexanizmlarni harakatga keltirish uchun yuqori bosim ostidagi bug‘dan yoki yoqilg‘i yoqishdan hosil bo‘ladigan yoki ximiyaviy reaksiya natijasida ajrab chiqadigan issiqliqdan foydalanish (kompressorlar, nasoslar va boshq.);

–elektrni ishlab chiqarish uchun qo‘shma sikllarni (gazbug‘li turbinalar) qo‘llash;

–nazoratni yaxshilash uchun asboblar bilan ta’minlash .

v) Eski ishlab chiqarish bosqichlarini va materiallarni almashtirish uchun, eski usullarni almashtirish uchun maxsus usullarni va samaraliroq qurilmalarni ishlab chiqarish evaziga.

Bu o‘zgarish ishlab chiqarishning mexanik, fizik va ximik bosqichlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday afzalliklarga quyidagi soxalarda erishish mumkin:

–ajratishning energiyaharajatli jarayonlari, qaysiki yog‘sizlantirish, quritish, konsentratsiya, distillyasiya, filtratsiya, kristallizatsiya, yutish, chiqarish va boshqalar;

– ximik reaktorlar va pechlar;

–ximik reaktorlarda ishlatiladigan katalizatorlar (yaxshilangan aktivlik, selektivlik, oqishlik);

–elektrik jarayonlar uchun elektr iste’mol qilish (sifatli elektrodlar, nazoratni zamonaviy vositalari va boshqalar);

–xom–ashyoning alternativ turlaridan foydalanish;

–foydalaniladigan mahsulotlarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish;

–yangi yoki takomillashtirilgan ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini yaratish;

–texnologik jarayonning samaradorligini oshirish (xom–ashyo birligiga nisbatan mahsulot soni). Bu xom–ashyo sifatida suyuq yoqilg‘i ishlatiladigan sanoat tarmoqlarida juda muhim (qaysiki nefte–ximikatlar, o‘g‘itlar, neftni qayta ishlash mahsulotlari va boshqa);

–jarayonni intensifikatsiyalash yoki rejimni o‘zgarishi hisobiga yoki qurilmalar konfiguratsiyasini yaxshilash;

–issiqliq uzatish koeffitsientini yaxshilash va qayta ishlatiladigan issiqlikni issiqlik “sifatini” yaxshilash (yuqori haroratlar).

Hozirgi kunda Ovro‘pa mamlakatlarida energiyadan foydalanishning samaradorligini yaxshilash bo‘yicha yangicha yondoshilmoqda. Bunday usul energiya iste’molini joriy nazorat qilish va energiyatejamkorlik vazifasini qo‘yish degan nomni olgan. Bu erda nazorat boshqarishning funksiyasi hisoblanadi.

Energiya boshqaruvi strukturasini takomillashtirishning umumiy yo‘llari:

–texnologik va yordamchi bo‘limlarda energiya iste’moli bo‘yicha mas’ullarni aniqlash;

–mahsulot turlari bo‘yicha energiya sarfi me’yorlarini aniqlash?

–energiya iste’moli bo‘yicha ratsional rejimlarni aniqlash, dasturlar yaratish va yangi me’yorlarga erishish yo‘llarini aniqlash;

–korxonaning barcha ishchilari energiyani tejash zarurligi va bu tejamkorlikka erishish usullari to‘g‘risida tushunchalari mavjudligiga ishonch xosil qilish.

Energiya tejamkorlikni boshqarish tizimini yaratishda, birinchi navbatda, korxonani boshqarish strukturasi ko‘rib chiqiladi.

Boshqarish strukturasi energiya tejamkorlikni barcha dasturlarining raxbari bo‘lgan bosh menedjerni tayinlashdan boshlanadi va, keyin esa korxonaning har xil bo‘limlarida energiya iste’moli bo‘yicha mas’ullar aniqlanadi.

Keyinchalik boshqaruv funksiyasi aniqlanadi, to‘g‘ri va teskari bog‘lanishning tizimi yaratiladi.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin