Ta’mirlashni tasniflash. EM va transformatorlarni ekspluatatsiya qilish shartlariga rejali – oldini oluvchi ta’mirlash va davriy buzilishini oldini olish sinovlarini o`z vaqtida o`tkazish kiradi. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda ma’lum vaqt ichida ta’mirlashlar orasidagi sinovlar va o`lchovlar o`tkaziladi. Rejali ta’mirlashda qurilmaning texnik parametrlarini yaxshilanadi. Ta’mirlash hajm bo`yicha quyidagilarga bo`linadi: joriy, o`rtacha va kapital.
Joriy ta’mirlash– jihozni ekspluatatsiya qilinayotganda ishga layoqatligini kafolatlash uchun o`tkaziladi. Bunda ayrim qismlarni almashtirish yoki ta’mirlash va ularni rostlash bajariladi joriy ta’mirlash qurilma o`rnatilgan joyda to`xtatib, o`chirib o`tkaziladi.
O`rtacha ta’mirlash – qurilmani qisman yoki to`liq qismlarga ajratib o`tkaziladi. Ishdan chiqqan bo`lak (uzel) va detallarni ta’mirlash va almashtirishni, izolyatsiya sifatini tiklashdan iborat. Bu paytda qurilmaning asosiy texnik ko`rsatkichlari tiklanadi.
Kapital ta’mirlash– qurilmani to`liq qismlarga ajratish, chulg`am va qismlarni almashtirish yoki tiklashni ko`zda tutadi. Bu vaqtda mashinaning to`liq yoki shunga yaqin imkoniyatlari tiklanadi. Maqsadga qarab ta’mirlash: tiklanadigan, tiklovchi (rekonstruktsiya) va takomillashtiruvchiga bo`linadi.
Tiklanadigan ta’mirlashda qurilmaning alohida qismlari va qurilmaning tuzilishi o`zgartirilmaydi. Texnik xarakteristika va parametrlari o`zgarmaydi.
Tiklovchi ta’mirlashda– alohida qismlarning tuzilishi, materiallari o`zgartirilishi mumkin. Lekin texnik xarakteristikalari deyarli o`zgarmaydi.
Takomillashtiruvchi ta’mirlash – qism va materiallarni mukammalashtirishni va almashtirishni ko`zda tutadi. Bunda texnik xarakteristikalar yaxshilanadi va ularni yangi zamonaviy qurilma xarakteristikalariga yaqilashtiriladi.
O`tkazish metodi bo`yicha ta’mirlash– majburiy va ko`rikdan so`ngggi bo`ladi.
Majburiy ta’mirlash asosan javobgar qurilmada qo`laniladi. Xulosa qilib aytganda EM va transformatorlar ma’lum vaqt oralig`ida albatta kapital ta’mirlanadi. SHuningdek ma’lum vaqt oralig`ida joriy va o`rtacha ta’mirlash o`tkaziladi. Bu vaqtdagi ta’mirlashlar orasida qurilmaning imkoniyatlaridan to`liq foydalanilmaydi. Ta’mirlashga shuningdek buzilmagan qurilma ham tushishi mumkin. SHuning uchun majburiy ta’mirlash juda qimmat hisoblanadi.
Ko`rikdan so`nggi ta’mirlash– reviziya yoki joriy ta’mirlash vaqtida o`tkaziladigan ko`rik va profilaktik sinovdan so`ng kapital ta’mirlash hajmida o`tkaziladi. Majburiy ta’mirlashdan ko`rikdan so`ngi ta’mirlashga asosiy bo`lmagan ommaviy qurilmalar o`tkaziladi.
Tashkil qilish bo`yicha ta’mirlash – markazlashtirilgan, markazlashtirilmagan va aralash bo`ladi.
Markazlashtirilgan ta’mirlash – maxsus ta’mirlash, sozlash korxonalarida o`tkaziladi. Markazlashtirilgan ta’mirlashda ishlash sifati yaxshilanadi. Bu formani mukammallashtirishda markazlashtirilgan qurilmani almashtirish, nomenklaturasini kengaytirish ta’mirlash korxonalarining xizmat chegaralarini tarqatish joriy va profilaktik xizmatlarni o`tkazish kiradi.
Markazlashtirilmagan ta’mirlash – qurilma o`rnatilgan korxonada ta’mirlash xizmatlari o`tkazadi.
Aralash ta’mirlash– ishning bir qismi markazlashtirilgan va bir qismi markazlashtirilmagan (o`z ta’mirlash xizmatlarida) xolda bajariladi.
Markazlashtirish darajasi korxona xarakteriga qurilma quvvatiga va turiga bog`liq.
Dostları ilə paylaş: |