Ma’ruza 1-Mavzu. Mikroto‘lqin va antenna qurilmalarifaniga kirish Reja



Yüklə 31,46 Kb.
səhifə2/3
tarix13.04.2023
ölçüsü31,46 Kb.
#97441
1   2   3
Ma’ruza 1-Mavzu. Mikroto‘lqin va antenna qurilmalarifaniga kiris

Uzatuvchi antenna foydali signal bilan modulyasiyalangan yuqori chastotali tebranishning erkin tarqaluvchi elektromagnit to‘lqinga aylantiradi.
Qabul qiluvchi antenna elektromagnit to‘lqinlarni qabul qiladi va yuqori chastotali tebranishlarga aylantiradi.
Antennalarni shartli ravishda to‘rtta katta guruhga bo‘lish mumkin:
1. Uncha katta bo‘lmagan o‘lchamdagi nurlatgichlar:
l ≤ λ; f = 10 kGs…1 GGs.
Masalan: tirqishdan yasalgan yakka tebratgichli nurlatgichlar, mikrochiziqli va ramkali antennalar.
2. YUgurma to‘lqin antennalari:
l< λ ≤ 10 λ; f = 3 MGs…10 GGs.
Masalan: spiral, dielektrik, to‘lqin kanalli (direktorli) antennalar.
3. Antenna panjaralari:
λ < l ≤ 100 λ; f = 3 MGs…30 GGs.
Masalan: sinfaz gorizontal diapazonli antenna, telemarkazdan uzatuvchi antennalar.
4. Apperturali antennalar (apertura - bu nurlatuvchi sirt):
λ < l ≤ 1000 λ; f = 100 MGs…100 GGs.
Masalan: ruporli, parabolik antennalar.
SHuningdek, ishchi chastota polosasi ham antennaning asosiy tavsifi hisoblanadi. Ishchi chastota polosasining kengligiga ko‘ra antennalar quyidagilarga bo‘linadi:
a) tor polosali Δf/f0 < 10 %;
b) keng polosali Δf/f0 < 10 …50 %;
v) diapazonli Kq = 2…5 (fimax/fimin=2…5);
g) chastotaga bog‘lik bo‘lmagan Kq > 5;
bunda, Δf - ishchi chastota polosasi; f0- eltuvchi yoki o‘rtacha chastota; Kq - chastota bo‘yicha qamrash koeffitsienti.
Antenna yordamida nurlatilgan elektromagnit maydonni hisoblashda antennani cheksiz elementar nurlatgichlar yoki manbalar ko‘rinishda qarash mumkin:
- o‘tkazgichli antenna bo‘lgan holatda elementar elektr tebratgich elementar manba hisoblanadi;
- tirqishli antennalarda elementar magnit nurlatgich elementar manba hisoblanadi;
-apertur antennalarda - Gyuygens elementi elementar manba hisoblanadi (to‘lqin frontining cheksiz kichik elementlari).
Radioto‘lqinlarning muhim xarakteristikalaridan biri uning qutblanishi hisoblanadi. Qutblanish turlari yuqori chastotaning bir davrida E vektorning oxiri hosil qilgan shaklga qarab aniqlanadi. Agar E vektor fazoning berilgan nuqtasida tebranishning bir davri oralig‘ida to‘g‘ri chiziq hosil qilsa, chiziqli qutblanish; agar ellips hosil qilsa, ellipsli qutblanish; agar aylana hosil qilsa, doiraviy qutblanish deb ataladi.

Yüklə 31,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin