Ma’ruza 18. Adsorberlar konstruksiyasi. Nasadka turlari. Reja


-rasm. Halqasimon adsorbent qatlamli adsorber



Yüklə 16,15 Kb.
səhifə2/4
tarix25.12.2023
ölçüsü16,15 Kb.
#196813
1   2   3   4
Ma’ruza 18. Adsorberlar konstruksiyasi. Nasadka turlari. Reja -hozir.org (2)

18.2-rasm. Halqasimon adsorbent qatlamli adsorber. 
1-qobiq; 2,3-ichki va tashqi silindrsimon
panjara; 4-adsorbent

Mavhum qaynash qatlamli adsorber

mayda, donador adsorbent bilan
to‘ldirilgan bo‘ladi (18.3-rasm).




18.3-rasm. Mavhum qaynash

qatlamli adsorber. 
1-qobiq; 2-taqsimlovchi teshikli panjara; 3-separator
.

Boshlang‘ich aralashma adsorbent zarrachasining mavhum qaynash tezligidan


kattaroq tezlikda gaz taqsimlovchi teshikli panjara 2 ostiga uzatiladi. Natijada,
adsorbent qatlami kengayadi va so‘ng mavhum qaynash holatiga o‘tadi.
Adsorbsiya jarayonini mavhum qaynash qatlamida o‘tkazish massa almashinish
jarayonini intensivlashga va jarayon davomiyligini qisqarishiga olib keladi.
Reaktor tipidagi adsorber 
- mexanik yoki pnevmatik aralashtirish moslamali
bo‘ladi. Adsorber silindr qobiq va elliptik tublardan iboratdir. Qobiq ichida
parrakli aralashtirgich aylanadi. Adsorberga eritma qurilma tepa qismidagi lyukdan
quyiladi, adsorbent esa o‘sha qismida joylashtirilgan lyukdan yuklanadi.
Suspenziya esa, qurilmaning pastki patrubkasidan to‘kiladi va filtrga uzatiladi. U
erda suspenziya komponentlarga ajratiladi. Ishlatib bo‘lingan adsorbent qayta
tiklash uchun desorberga yo‘naltiriladi. Adsorbsion qurilmalar davriy ishlaydigan
bir nechta adsorberdan iborat bo‘ladi. Bir nechta adsorber adsorbsiya bosqichida
ishlasa, qolganlari esa - adsorbentni qayta tiklash bosqichida ishlatiladi.
Uzluksiz ishlaydigan adsorberlar
siqiq (zich) harakatlanuvchi va mavhum
qaynash qatlamli bo‘ladi.
Harakatchan donador adsorbent qatlamli adsorberlar 
- bu ichi bo‘sh
kolonna tipidagi qurilma bo‘lib, unda to‘siqlar, quyilish patrubkalari va uzatuvchi
moslamalar o‘rnatilgan.
18.4-rasmda bug‘-gaz aralashmasini tozalash va taqsimlovchi tarelkalardan
tarkib topgan. Bu turdagi adsorberda adsorbent uzluksiz sirkulyasiya qilib turadi va
gazdagi yutiluvchi komponent adsorbentga o‘tadi.
Adsorbentning birinchi seksiyasi bo‘lmish sovutkichda qayta tiklangan
adsorbent sovutiladi. Ushbu seksiya qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmasi
ko‘rinishida yasalgan. Sovuqlik eltkich sovutkichning trubalararo bo‘shlig‘iga
uzatilsa, adsorbent esa - trubalar ichida harakatlanadi.
Ikkinchi seksiya adsorber vazifasini bajaradi. Bu erda adsorbent bug‘-gaz
aralashmasi bilan to‘qnashuvda bo‘ladi. Birinchi seksiyadan ikkinchisiga adsorbent
patrubka va taqsimlovchi tarelkalar orqali o‘tadi. Qayd etilgan moslamalar



adsorbent qurilma ko‘ndalang kesimi bo‘yicha bir xilda taqsimlash va ikkala


seksiya orasida tamba va ajratib turuvchi vosita sifatida xizmat qiladi. Undan
keyin, ishlatib bo‘lingan adsorbent desorbsiya seksiyasiga o‘tadi va u erda
desorbsiyalovchi eltkich (o‘tkir bug‘) bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lib qizdiriladi. Qayta
tiklangan adsorbent shlyuzli tamba orqali chiqarib yuboriladi.
Mavhum qaynash qatlamli adsorberlar bir va ko‘p pog‘onali bo‘ladi.

Yüklə 16,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin