Shoxobchalangan magnit zanjirlarini hisoblash
Shoxobchalangan magnit zanjirida bir nechta magnit oqimlari zanjirning ayrim qismlarida o‘zaro qo‘shilishi yoki ayrilishi mumkin. Bunday zanjirlarni hisoblashda xuddi elektr zanjirlariga o‘xshab ular kontur, tugun va shoxobchalarga ajratiladi va ularga nisbatan Om va Kirxgof qonunlari qo‘llaniladi.
Shoxobchalangan magnit zanjirlarini hisoblash tartibini 3- rasmda keltirilgan zanjir misolida ko‘rib chiqamiz.
Masala. Berilgan magnit zanjiri shoxobchalaridagi magnit oqimlarining qiymatlari aniqlansin. Quyidagilar berilgan:
2 A, 500 o‘ram, 30 sm, 4 mm2,
5 A, 150 o‘ram, 20 sm, 6 mm2,
30 sm, 4 mm2, 1 mm.
Ferromagnit o‘zakning magnit xossasi quyidagi jadval ko‘rinishda berilgan magnitlanish egri chizig‘i bilan ifodalanadi:
В, Тl
|
0
|
0,22
|
0,75
|
0,93
|
1,02
|
1,14
|
1,28
|
1,47
|
1,53
|
1,57
|
Н, А/м
|
0
|
20
|
40
|
60
|
80
|
120
|
200
|
400
|
600
|
800
|
1. Berilgan zanjirni quyidagi ekvivalent sxema ko‘rinishda tasvirlaymiz (4- rasm).
2. kuchlanishni o‘zak qismlaridagi MYuK va magnit qarshiligi orqali aniqlaymiz:
- o‘zakning chap qismi uchun,
- o‘zakning o‘rtadagi qismi uchun,
- o‘zakning o‘ng qismi uchun.
3. Har bir o‘zak qismi uchun magnit induksiyasiga ixtiyoriy qiymatlar berib formula yordamida o‘zak qismlaridagi magnit oqimlarini hisoblaymiz.
4. Magnitlanish egri chizig‘idan zanjirning ferromagnit qismidagi kuchlanganliklarni aniqlaymiz. Havo oralig‘idagi kuchlanganlikni formula yordamida hisoblaymiz.
5. O‘zakning har bir qismi uchun magnit kuchlanishlarni 2-bandda keltirilgan formulalardan foydalanib topamiz.
Hisoblash natijalarini jadval ko‘rinishida yozamiz.
6. Bitta koordinatalar sistemasiga egri chiziqlar grafiklarini quramiz va va grafiklar ordinatalarini o‘zaro qo‘shish natijasida ni hosil qilamiz (5 - rasm).
5-rasm
7. Magnit zanjir uchun Kirxgofning 1-qonuni bajariladigan a nuqtani topamiz va undan abssissa o‘qiga ab perpendikular tushiramiz. Bu perpendikularning abssissa o‘qi bilan kesishgan nuqtasi berilgan zanjir uchun kuchlanishning haqiqiy qiymatiga teng bo‘ladi. To‘g‘ri chiziqning magnit oqimlari grafiklari bilan kesishgan nuqtalari esa magnit oqimlarining haqiqiy qiymatlarini beradi:
1,3 mkVb, 6 mkVb, 7,3 mkVb.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |