SDH tizimlarining uzatish tezligi, Evropa va Amerika PDH ierarxiyasining birlashtirilgan standart qatoriga mos keluvchi 1.5; 2; 6; 8; 34; 45; 140 Mbit/sli tarmoqda kirish kanallarini qo’llashga mo’ljallangan terminal multipleksor (TM)lar va kirish-chiqishli multipleksor (KChM)lar orqali tashkil qilinadi.
WDM Wavelength Division Multiplexing - to’lqin uzunligi bo’yicha ajratilgan optik multiplekslash , optik zichlash-tirish bo’yicha yangi texnologiyalar hisoblanadi.
Hozirgi paytda WDM, ma’lumotlarni uzatuvchi analog tizimlar uchun chastota bo’yicha multiplekslash (FDM), kabi optik sinxron tizimlarda ham xuddi shunday vazifani o’taydi.
WDM turlari
Qo'pol WDM (Coarse, CWDM)
3000 GHz (20 nm) oraliqdan foydalanadi.
18 tagacha kanal.
Bir modali tolada 50 km masofa.
Zich WDM (Dense, DWDM)
200, 100, 50 yoki 25 GHz oraliqdan foydalanadi.
128 tagacha yoki undan ortiq kanal.
Kuchaytirish va qayta tiklash bilan bir necha ming kilometr masofa.
DWDM (Dense Wavelenght Division Multiplexing) – transport texnologiyasi bitta optik juftlik orqali uncha katta bo’lmagan tezlikni ta’minlaydi.
Bunday yuqori tezlikga, to’lqin uzunligi bo’yicha multipleksorlash orqali erishiladi ya’ni har bir optik juftlik orqali bir-biriga bog’liq bo’lmagan bir necha oqim uzatiladi va ularning har biri o’zining optik diapozoniga ega.
Bunday qurilma 16128 kanalni qo’llash imkoniga ega va uning har birida shaffof holda tezligi 100 Mbit/sdan 100 Tbit/s gacha bo’lgan axborotli oqim uzatiladi.