aktivlar va ko’chmas mulklar himoyasining nazorati talab etilmoqda. Mazkur
aktivlarning fizik xavfsizligini ta’minlash tashkilot uchun muhim vazifalardan biri
bo’lib, fizik xavfsizlikni loyihalashda
binoning arxitekturasiga, jixozlanishiga,
ishchi kuchlariga, tabiiy hodisalarga, quvvat manbaiga, haroratni nazoratlashga va
boshqalarga e’tibor beriladi. Fizik xavfsizlikning vazifasi dasturiy ta’minot va
qurilmalarni o’z ichiga olgan tashkilot binosini va aktivlarini o’g’irlikdan,
bosqinchilikdan, tabiy ofatlardan, iqlim o’zgarishlaridan, muhit o’zgarishlaridan va
inson tahdidlaridan himoyalashdir. Tashkilotni mos ko’p sathli himoyalash choralari
turli fizik tahdidlardan himoyalaydi. Xavfsizlikning birinchi sathi tashkilot
binolariga tashqaridan kirishni va tashqi transport
vositalarining harakatini
nazoratlaydi. Mazkur himoya sathi tashqaridan keluvchini yoki buzg’unchini
tashkilot binosiga ruxsatsiz kirishini oldini oladi va tashkilotga dastlabki sathda
bo’lishi mumkin bo’lgan xavflarni kamaytiradi. Himoyaning keyingi sathi
transportlarni, insonlarni va boshqa tashkilot aktivlarini ichki va tashqi xavflardan
himoyalaydi. Ushbu sathda uzluksiz elektr quvvati bilan ta’minlash, tashkilot asosiy
binolarini mashinalar to’xtash joylaridan ajratish, to’g’ri ventilyasiya tizimiga ega
yaxshi jixozlangan suv quvur tizimini mos joyga o’rnatish, ogohlantirish tizimlari
va h. ushbu bosqichda amalga oshiriladi. Keyingi sath fizik himoyaning eng muhim
qismi bo’lib, tashqaridan va ichkaridan (xodimlar) kiruvchilar nazoratlanadi. Agar
buzg’unchi fizik aktivga hujumni amalga oshirsa, u tashkilotning maxfiy axborotini
qo’lga kiritishi mumkin.
Fizik
himoya tarmoq, ilova yoki ma’lumotlar bazasi xavfsizligi sohalariga
o’xshash funksiyalarni bajarmay fizik xavfsizlik OSI modelining fizik sathida
himoyani ta’minlaydi. Fizik sath quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- barcha kabel va
tarmoq tizimlari; - tizim va kabellarni fizik nazoratlash; - tizim va kabellarning elektr
ta’minoti; - tizimni madadlash muhiti. Fizik xavfsizlikka ta’sir qiluvchi omillar.
Fizik xavfsizlikning buzilishiga ta’sir qiluvchi omillarni ikki guruhga ajratish
mumkin: tabiiy/ muhit tahdidlari va inson tomonidan (sun’iy) amalga oshiriluvchi
tahdidlar. Tabiiy tahdidlar. Toshqinlar odatda kuchli yomg’ir va muzlarning erishi
natijasida yuzaga keladi. Toshqinlar natijasida tashkilotning elektr ta’minotiga va
server xonalariga zarar yetishi mumkin. Odatda tashkilotlarda server xonalari
binolar yerto’lasida joylashganligi sababli, toshqin yanada ko’proq zarar yetkazishi
mumkin. Yong’inlar odatda qisqa tutashuvlar va eski
bino materiallari sababli
yuzaga keladi. Yong’in natijasida tashkilotning kompyuter xonalari va ishchi
binolari hamda qurilmalar, kabellar va boshqa muhim tashkil etuvchilarga to’liq
yoki qisman zarar yetkazilishi mumkin.
Zilzila yer qobig’ida seysmik terbanishni yaratuvchi kuchli energiya
natijasida
to’satdan yuzaga keladi. U tashkiloning fizik infratuzilmasiga ta’sir etib, tashkilot
ichidagi xavfsiz muhitda saqlangan kompyuter va boshqa qurilmalarga va
hujjatlarga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin. Chaqmoq va momaqaldiroq muhitning
o’zgarishi natijasida yuzaga kelib, barcha tashqi faoliyatning to’xtatilishaga olib
keladi. Chaqmoq va momaqaldiroq natijasida elektr quvvati o’zgarib, ish faoliyatiga
ta’sir qiladi va tashkilotdagi qurilmalarning xotira qismlariga tasir qiladi. Bundan
tashqari, chaqmoq va momaqaldiroq natijasida kabellarda
va boshqa ulanish
tizimlarda qisqa tutashuvlar yuzaga kelishi mumkin.
Fizik komponentlarga va tarmoqqa bo’ladigan salbiy ta’sirlarning aksariyat
qismi insonlar tomonidan bilmay yoki atayin qilingan xato natijasida yuzaga keladi.
Fizik xavfsizlik tizimiga insonlar tomonidan bo’ladigan quyidagi tahdidlar mavjud: