Ma’ruza 7: innovatsion menejment asoslari reja: “Innovatsion menejment”ning asosiy tushunchalari, maqsadlari va vazifalari



Yüklə 442,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix19.12.2023
ölçüsü442,28 Kb.
#184568
  1   2   3   4   5   6   7   8
Lecture 7



Ma’ruza 7: INNOVATSION MENEJMENT ASOSLARI 
 
REJA: 
1. “Innovatsion menejment”ning asosiy tushunchalari, maqsadlari va 
vazifalari. 
2. Innovatsion menejmentning vazifalari. 
3. Innovatsion faoliyatni tashkil qilish. 
4. Innovatsion menejmentdagi kommunikatsiyalar jarayoni
5. Innovatsion menejmentdagi nazorat 
6. Innovatsion menejmentda qarorlar qabul qilinishi 
 
2.1. “Innovatsion menejment”ning asosiy tushunchalari, maqsadlari va 
vazifalari 
Innovatsion menejmentning maqsadlari, xarakteri va mazmuni innovatsion 
menejmentning xususiyatlari va uning an’anaviy turlardan katta farq qilinishini 
belgilab beradi. Ierarxiyaning har xil darajasidagi (davlat darajasidan boshlab to 
kichik innovatsion korxonagacha) har qanday innovatsion tizimlarni innovatsion 
rivojlanishining maqsadli uzoq muddatli iqtisodiy o’sish va yuqori tartibdagi 
raqobat afzalliklarini ta’minlash uchun innovatsion bazani yaratishdan iboratdir. 
Raqobat nazariyasidan kelib chiqqan holda, xuddi fanni rivojlanishi va yangi 
texnologiyalarni tadbiq etilishining innovatsion salohiyati yuqori tartibdagi raqobat 
afzalligini yaratadi. 
Innovatsion rivojlanish maqsadlarni belgilash va kompaniya rivojlanishi 
yo’nalish strategik ko’rishga o’zining xususiyatlarini kiritadi, boshqaruv apparati 
oldida turgan vazifalarni modifikatsiyalaydi. Innovatsion tadbirkorlikning yuqori 
xatari, mahsulotlarni mavjud bo’lish davrlarini qisqarishi, yirik seriyali ishlab 
chiqarishdan voz kechish innovatsion menejer zimmasiga alohida majburiyatlar 
yuklaydi. Innovatsion faoliyat sharoitida menejerning roli keskin o’sadi, uning 
shaxsi, qobiliyati, malakasi va kasbiy ko’nikmalari esa haqiqatda ham kompaniya 
taqdirini belgilab beradi. 
Innovatsion menejmentning asosiy vazifalarini amalga oshirishda alohidagi 
o’zaro aloqa va mantiqiy izchillik vujudga keladi. Masalan, manajmentning 
kommunikatsiya, undovchi sabablar, vakolatlarni boshqaga topshirish jarayoni 
kabi protsessual va sotsial – psixologik vazifalarning ahamiyati keskin oshadi. 
Innovatsion jarayonlarni tashkil qilish usullari orasida shaxslararo munosabatlar, 
guruhli dinamika qonunlariga suyanuvchi norasmiy turlar ustunlik qiloadilar. 
Nazoratning har xil turlari o’rtasidagi nisbat o’zgaradi. Ularning barchasi 
ko’proq o’zini o’zi nazorat qilish, innovatsiyalarning strategik nazorati, hamda 
nazoratning moliyaviy-iqtisodiy turlariga mo’ljallangan. Innovatsion jarayonlarni 


borishi ustidan nazorat qilish bilan bog’liq kommunikatsiyalar alohida ahamiyat 
kasb etadi. Ularda protsessual xarakter va axborotlarni almashtirishning uzluksiz 
jarayoni ustun bo’ladi.
Xodimlarni innovatsion boshqarishda menejmentning vazifalari va usullari 
alohidagi o’zgarishlarga duch keladilar. Yangiliklarni ishlab chiqish va tadbiq 
etilishi, jarayonlarini murakkablashishi, yangi texnologiyalarni paydo bo’lishi 
xodimdan tegishli malaka va alohidagi kasbiy bilimlar va ko’nikmalarni talab 
qiladi. Innovatsion tuzilmalarda xodim ma’lumotining umumiy darajasini ancha 
oshishi sodir bo’ladi. Xodimlarning shakllanayotgan turi o’ziga ma’suliyatni olish 
va qarorlar qabul qilishga qodir xodimlarni talab qiladi. Vakolatlari boshqachaga 
topshirish va u bilan bog’liq tashkilot ierxiyasi yuqori darajalarining vakolatlarini 
qisqarishi xodimlarining tashbbusi, shaxsiy erkinligi va omilkorligini o’sishi bilan 
yaqindan bog’liq. 
Innovatsion menejmentda xodim, innovatsion jamoa va umuman 
innovatsion korxonaning hulqini turi o’zgaradi. Nafaqat maqsadga qaratilgan 
ratsional harakat, balki qiymatga qaratilgan ratsional harakat hulqning asosiy 
tarkibiy qismi bo’ladi. 



Yüklə 442,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin