Ma’ruza №7 mavzu: mahsulot sifati ko’rsatkichlarini aniqlash va sifat darajasini baholash usullari


Kosmik fazoning termo vakuum faktorlari



Yüklə 142,15 Kb.
səhifə2/2
tarix20.11.2023
ölçüsü142,15 Kb.
#165132
1   2
7

Kosmik fazoning termo vakuum faktorlari. Yuqorida aytib o’tganimizdek kosmik fazoning ionizatsiyalovchi kosmik nurlanishi bilan birga chuqur vakuum, nurli issiqlik oqimlari va vaznsizlik xam kiradi. Ushbu fvktorlar mahsulotda issiqlik almashinuvini buzilishi va vakuumni spetsifik ta’siri bilan bog’liq.
CHuqur vakuum zarrachalarni past kontsentratsiyasi, zichli va bosim bilan xarakterlanadi. 10 ming kilometrdan yuqori bo’lgan balandlikda kosmik fazodagi atmosfera bosimi 10-11 Pa ni tashkil qiladi. Lekin ochiq kosmosning faktorlar qiymatlari mahsulotlarning ishlash sharoitlarini xarakterlamaydi. Kosmik apparatning yuzasida va uning otseklarida, shuningdek mahsulotning germetizatsiya qilinmagan bloklarida konstruktsiya materiallarining bug’lanishi xisobiga bosim yuqoriroq (10-7...10-2 Pa atrofida) bo’ladi. SHunday qilib, kosmik apparatning germetizatsiyalanmagan otseklarida joylashtirilgan mahsulot (uning elementlari) 10-7 Pa dan kam bo’lmagan bosimda ishlaydi.
Kosmos fazosidagi nurli issiqlik oqimi manbasi sifatida quyosh xizmat qiladi. Quyosh tomoniga qarab turgan kosmik apparatning xar bir metr kvadratiga bir sekuntda 1400 joul energiya kelib tushadi. Nurlanish spektoroda energiya quyidagicha taqsimlangan: 9% - ultrabinafsha nurlanishi; 46.1% - ko’rinadigan nurlanish; 44.4% - infraqizil; qolgani esa – rengen va korpuskulyar nurlanish. Infraqizil va kurinuvchan diapozondvgi aloxida kvantlarning energiyasi juda kichik, ushbu nurlanishlar moddaga fizik – kiyoviy ta’sir ko’rsatish uchun juda kichik. Infraqizil nurlar issiqlik energiyasini o’tkazadi va mahsulotlarning ochiq materiallarida va elementlarida qizishni vujudga keltiradi. To’lqin uzunligi λ ni kamaytirganda nurlanish kvantining energiyasi ortadi va molekulyar bog’lanishni uzish yoki moddada radiatsion nuqsonlar vujudga keltirishga yetarli bo’lishi mumkin.

7.2 – rasm. Kosmik nurlanishni madda bilan ta’sirlashuvi. Ushbu ta’sirlarni termovakuumli deb nomlashadi.
Er qolgan planetalar kabi kosmik ob’ekt yuzasiga uzun to’lqinli nurlanishlarni yuboradi, ushbu oqim bulutlar, atmosfera va yer yuzasidan qaytgan quyosh nurlanishining yig’indisi – issiqlik oqimi ta’sir qiladi. Kichik orbitalarda issiqlik oqimining zichligi to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlanishiga nisbatan 40% ga yetishi mumkin, lekin balandlik oshishi bilan ta’sir kamayadi.
Kosmik ob’ektgayulduzlardan kelayotgan issiqlik oqimi juda kichik. Nurlanish manbasi mavjud bo’lganda yulduzlar aro fazodagi nurlanish energiyasi 2.7...4 K ni tashkil qiladi. Xudi shu temperaturaga kosmik apparatning yuzasi va unda joylashgan mahsulot sovishi mumkin edi agar uning ichida issiqlik manbasi bo’lmaganda. mahsulot va kosmik apparatning issiqlik balansiga issiqlik nurlanishlar oqimi katta xissa qo’shadi.
Vazinsizlik kosmik apparatni erkin orbital uchishida kosmik fazo faktori sifatida katta o’rin tutadi va gravitatsiya kuchlari bilan inertsiya kuchlarining muvozanatlashuvi natijasida vujudga keladi. Mahsulotga ta’siri bo’yicha vaznsizlikni issiqlik manbasining gidrodinamikasini o’zgarishi, qaynash jarayonlari va xladagentlarni kondensatsiyasi orqali mahsulotning issiqlik rejimlariga ta’sir o’tkazuvchi faktorlar sifatida ko’rib o’tish mumkin. SHuning uchun vaznsizlik kosmik apparatlarning germetizatsiya qilingan otseklarida joylashgan mahsulotlar uchun xisobga olinadi.
Nazorat savollari:

  1. Iqlimiy ta’sirlar mahsulotga qanday ta’sir ko’rsatadi?

  2. Topologik sharoit deganda nimani tushinasiz?

  3. Kengayish xarorati nimani tushinasiz?

  4. Mexanik kuchlanganlik nima?

  5. Ekspluatatsion tajriba nimani ko’rsatdi?

  6. Biologik ta’sirlarni tushintirib bering.

  7. Biolat yeyish deganda nimani tushinasiz?

  8. Mexanik buzilishlarni sanab bering.

  9. Vaznsizlik mahsulotga qanday ta’sir ko’rsatadi?

  10. Kosmik nurlanish ta’sirini tushintirib bering.

Yüklə 142,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin