ma’ruza Elektronika va sxemalar fani, mazmuni va usullari. Imslarning yaratilish tarixi. Nanoelektronika



Yüklə 29,87 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü29,87 Kb.
#207913
  1   2   3   4   5
1-maruza




1– ma’ruza


Elektronika va sxemalar 2 fani, mazmuni va usullari. IMSlarning yaratilish tarixi. Nanoelektronika

Reja: IMS larning yaratilish tarixi


Nanoelektronika haqida tushuncha

Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari murakkab tizim sinfiga mansub bo’lib, ular turli murakkablikdagi elektr sxemalardan tashkil topgan. Shuning uchun ushbu tizimlarni shakllantiruvchi elektron asboblarni o’rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu fan telekommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter texnikasi va boshqa ko’plab sohalatda ishlatiladigan elektron qurilmalar turlarini, xarakteristikalarini, ularning tuzilishi, ishlash mexanizimlari va ular yordamida yaratiladigan murakkab qurilmalarning texnologik va sxemotexnik xususiyatlarini o’rganish masalalarini o’z ichiga oladi.


Elektronika va sxemalar 2 fani Elektronika va sxemalar 1 fanining bevosita davomi bo’lib, unda integral mikrosxemalar, ularning yasalishi, turlari, ishlash tamoyillari va ular asosida yasalgan murakkab elektron qurilmalar o’rganiladi. Ushbu kursda IMS lar asosidagi differentsial va operatsion kuchaytirgichlar, mantiqiy elementlar va optoelektron asboblar haqida nazariy va amaliy bilimlar beriladi.
Elektrotexnika va ayniqsa elektronika rivojlanib borar ekan, integral mikrosxemalarning ixtiro qilinishi zamonning inkor etib bo‘lmas jiddiy talabiga aylanib bordi. Deyarli bir vaqtning o‘zida bir-biridan bexabar ikki muhandis ixtirochi - Jek Sent-Kler Kilbi va Robert Norton Noys integral mikrosxemani ixtiro qilishgan.
Mutaxassislar integral mikrosxemalarni qisqartirib IMS deb yuritishadi. IMS bu - juda kichik o‘lchamga keltirilgan elektr zanjiri bo‘lib, u turli xil yarimo‘tkazgichlarni qo‘llash asosida tayyorlanadi. Ba'zan IMSni oddiygina qilib mikrochip ham deyiladi. Shunday IMS-mikrochiplar hozirgi kunda deyarli barcha turdagi elektron uskunalarda - oddiy choy qaynatuvchi elektr choynakdan tortib, murakkab kosmik apparatlarda ham keng qo‘llanilmoqda.

Yüklə 29,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin