Ma’ruza foydali qazilmalarni qazib olish usullari. Ochiq usulda qazib olish nazariyasi. Reja



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix25.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#135020
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-Ma\'ruza

kon massasi tushunchasi bilan birlashtiriladi. Tog’ jinslarini foydali qazilmalarga 
va qoplovchi jinslarga ajratish bu nisbiy tushunchadir. Qazib oluvchi va qayta 
ishlovchi texnikalarning rivojlanishi bilan ko’pgina qoplovchi tog’ jinslaridan 
foydali qazilmalar kabi foydalana boshlandi va bularning soni yildan-yilga oshib 
bormoqda. 


Foydali qazilmalar qurilish va sanoatning asosi hisoblanib, mamlakat 
iqtisodiyotida katta o’rin egallaydi. Uning qazib olish va qayta ishlash miqiyosi esa 
davlatning xom ashyo ishlab chiqarish saviyasini, boyligi va iqtisodiy 
rivojlanishini belgilaydi. Har xil tog’ jinslarini qazib olishda va turli-tuman 
qazilmalar, chuqurliklarni kovlash maqsadida yer ustida turib olib boriladigan 
ishlar yig’indisiga ochiq kon ishlari deb aytiladi. Katta miqyosdagi ochiq kon 
ishlari foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan uzviy aloqadadir. Bunda yer 
ostida yotgan foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan aloqador barcha ishlar 
va jarayonlar, ochiq kon inshootlari orqali amalga oshiriladi. 
Yer osti usulida qazib olishda esa foydali qazilma boyliklarini maxsus 
jixozlangan yer osti inshootlari yordamida qazib olinadi. Konlarni ochiq usul bilan 
qazib olishda konchilik ishlari ikki qismga bo’linadi: 

ochish ishlari (qoplovchi jinslarni qazish, tashish va joylashtirish ishlari); 

qazib olish ishlari (foydali qazilma boyliklarini qazish, tashish, bir joyga 
to’plash yoki tushirish ishlari). 
Ishlab chiqarish asoslari va maqsadlari uchun ochuvchi va tayyorlovchi 
laximlarni birlashtiradigan aloxida kon tayyorlov ishlari o’tkaziladi (asosiy xandak 
va yarim xandak, qirqma xandak va yarim qirqma xandak va boshqa laximlar). 
Kon tayyorlov ishlarini o’tkazishdan maqsad shundan iboratki, bu qazish joylariga 
(zaboylarga) va kon ishlarining boshlanish frontiga transportni kelishini ta'minlash 
uchun yo’l ochib beradi. 
Ochiq usulda qazish quyidagilarni ham o’z ichiga oladi: 
 kon va uning aloxida uchastkalarini tayyorlash ishlari (asosan ustki qismini 
tayyorlash); 
 qazib olinayotgan tog’ jinslari massivi mustahkamligini ta'minlashdagi kon-
zaxira muhofazasi va inshootlarini hisobga olish ishlari (suv muvozanatini 
ta'minlash, kon jinslarining o’z-o’zidan yonib ketishini va yuzaning 
deformatsiyasi oldini olishdagi qayta tiklash ishlari va x.k. ishlar). 
Aytib o’tilgan ishlar ma'lum bir tartibda o’tkazilishi kerak. Har bir ish 
orasida texnik sharoitlarni ta'minlay oladigan kerakli vaqt oralig’idagi ochish va 
qazib olish ishlari frontini, asbob uskunalar va konni butunligicha ishlatishda 
ishlab chiqarish va xavfsizlik ishlarini to’g’ri taqsimlashni tashkil etish lozim. 
Karyer maydoni chegarasida yoki uning uchastkasida tartibli va ketma-ket 
bajariladigan ochiq kon ishlariga qazish tizimi (sistema razrabotki) deb aytiladi. 
Qabul qilingan qazish tizimi quyidagilarni ta'minlashi kerak: 
 ishning borishidagi xavfsizlik; 
 ularning rejalashtirilishi va iqtisodiy samaradorligi; 
 karyerning ko’zda tutilgan ishlab chiqarish quvvati; 
 zaxiralarning to’lik olinishi;


 barcha foydali qazilmalardan kompleks foydalanish; 
 kon-zaxira (nedr) va atrof muxit muxofazasi. 
Uzoq vaqt ishlatiladigan kon laximlariga (xandak va yer osti laximlari), 
qoplovchi jinslarni tashishga, foydali qazilma boyliklarini yerning ustki qismida 
joylashgan qabul qilish punktlariga yetkazishga, yerning ustki qismidan ishlab 
turgan gorizontga materiallarni, asbob-uskunalarni va odamlarni tashib keltirishni 
ta'minlab turuvchi ya'ni yerning ustki qismidan karyer va zaboyning ishlab turgan 
joyigacha transportning kelishini ta'minlanishiga konni ochish tizimi (sxema 
vskritiya) deb aytiladi. 
Umumiy xolda butun ochiq kon ishlari kompleksi bir -biriga bog’lik bo’lgan 
ishlab chiqarishning asosiy texnologik jarayonlarini o’z ichiga oladi. Bular 
quyidagilardan iboratdir: 
 tog’ jinslarini va foydali qazilmalarni qazib olishga tayyorlash ishlari; 
 qazish va yuklash ishlari; 
 kon massasini (qazilmani) tashish ishlari
 qoplovchi tog’ jinslaridan ag’darmalar hosil qilish (otvaloobrazovaniye), 
foydali qazilmalarni esa omborlarda to’plash yoki bo’shatish (skladirovaniye) 
ishlari. 
Agar karyerda foydali qazilmalarni birinchi boyituvchanlik yoki oxirgi 
maxsulotgacha qayta ishlash amalga oshirilsa, bular ham ishlab chiqarishning 
asosiy jarayonlari tarkibiga kiradi. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin