Bunday sharoitlarda ruda tanasining yon tomonidan qazib olish tavsiya
etilmaydi va imkoni boricha qoplovchi jinslarni qazib olingan maydonga
joylashtirish kerak.
b) qiyalik burchagi 10-15 dan 25-30 gacha bo’lgan qiyaliklar (4.1-rasm j);
Bunday sharoitlarda qoplama jinslarni qazib olingan maydonga
joylashtirishga yo’l qo’ymaydi, biroq jinslarni ruda yon tomonidan yetkazib berish
talab etilmaydi;
v) qiyalik burchagi 25-30 dan yuqori bo’lgan tik (e,z,i,m).
4.
Uyumlarning sifat taqsimoti va tuzilish strukturasi Bo’yicha
kuyidagilarga bulinadi:
a) bir komponentli – bir tuzilishli va sifat ko’rsatkichlari bir xilda
taqsimlangan oddiy uyumlar;
b) uyumlarning planda va chuqurlikda joylashishi bo’yicha tur va navlari bir
xilda taksimlanmagan ko’p komponentli va ko’p navli murakkab strukturali
uyumlarga.
5.
Konning ustunlik qiluvchi turlari bo’yicha tog jinslari quyidagilar
bilan ifodalanadi:
a) skal tog jinslari va qattik rudalar bilan;
b) qattiq ruda va skal jinslar bilan;
v) yumshoq va zich qoplovchi tog jinslari bilan;
g) yarim skal qoplovchi tog’ jinslari va foydali qazilmalar bilan;
d) yumshoq qoplovchi tog jinslari va yumshoq yoki zich foydali qazilmalar
bilan.
Tog jinslarining turi asosan texnologik sxema va qazuvchi hamda transport
vositalarining asosiy modelini tanlashni belgilaydi.
Yumshoq tog’ jinslarini qazib olishda quvvatli rotor ekskavatorlar va
konveyer transportini qo’llash mumkin. Qoyali tog’ jinslarini qazib olishda
burg’ulash portlatish ishlari qo’llaniladi, asosan bir cho’michli ekskavator va temir
yul hamda avtomobil transportlarini qo’llash mumkin.
Foydali qazilma boyliklariga xo’jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar
uchun qazib olinadigan va xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan so’ng
ishlatiladigan barcha turdagi tog’ jinslari kiradi. Foydali qazilmalarni ochiq usul
bilan qazib olishda qoplovchi va o’z ichiga oluvchi tog’ jinslari ham qazib olinadi.
Foydali qazilmalar va qoplovchi hamda o’z ichiga oluvchi tog’ jinslari birgalikda
Dostları ilə paylaş: