ag‘darma deb aytiladi.
19. Konni yoki uning bir qismini bitta karyer bilan qazib olinsa, u karyer maydoni deb aytiladi. Karyer maydonining plandagi va chuqurlikdagi о‘lchamlarini
tavsiflovchi geometrik shakl uning hajmi hisoblanadi. Uning tarkibiga karyer
tashqarisiga chiqarib tashlangan qoplovchi jinslar, sanoat maydonchasi va
boshqa ishlab chiqarish qurilmalari joylashgan chegara, ya’ni karyerning yer
shaxobchasi kiradi.
20. Bir vaqtda karyer ichida qazish ishlari olib borilayotgan pog‘onalar yig‘indisiga
karyerning ishlash zonasi deyiladi. Ishlash zonasi holatini karyerning ish olib
borilayotgan ustki va ostki pog‘onalari pastki gorizontal maydonchalari (aniq
vaqt mobaynida) belgilari bilan aniqlanadi. Karyer kon ishlari fronti uzunligihamma ish olib borilayotgan pog‘onalar kon ishlari fronti uzunligi
yig‘indisidan iborat. Yangi pog‘onani ishga tushirish uchun unga transportni
kelishini ta’minlash va ish maydonchasiga mos keladigan ish fronti yaratish
lozim.
21. Yangi pog‘onadan yer yuzasiga yoki tepada joylashgan pog‘ona kon massasini
tashishni amalga oshiruvchi transport kommunikatsiyasini joylashtirish uchun
yangi pog‘ona ochish kerak, ya’ni yer yuzasidan yoki tepada joylashgan
pog‘onadan pastki pog‘onaga maxsus (ochuvchi) kon laximlarini о‘tkazish
kerak. Kо‘p hollarda bu laximlar har xil balandlik belgilarida joylashgan
punktlarini birlashtiradi (agar bitta pog‘ona ochilsa, unda balandlik belgilari
farqi pog‘ona balandligiga teng), shuning uchun maqsadli nishablikka (i) ega.
Ochuvchi laximlar qirqimda trapetsiya yoki uchburchak kesimli kо‘rinishga ega
bо‘ladi va muvofiqholda kapital transheya va yarim transheya deb ataladi.
22. Ochilgan pog‘onada boshlovchi ish frontini yaratish uchun (pog‘onani qirqish)
ochuvchi laximdan trapetsiya (uchburchak) kо‘ndalang kesim о‘lchamlari bilan
uzunligi buyicha ancha farqqiladigan gorizontal kon laximlarini—qirqim