bu yerda: va - mos ravishda Rqat 1- va 2- quduqlardagi o‘lchangan
qatlam bosimi; Pa;;
va quduq tubidan suv-neft tutashuvigacha bo‘lgan masofa,m;
va – mos ravishda neft va suvning zichligi, kg/m3.
Neft konlarini ishlatish davrida texnologik jarayonlarga ta’sir qiladigan bir nechta bosim turlari mavjud. Bularga quduq tubidagi statik va dinamik bosimlar, o‘rtacha muallaq qatlam bosimi, o‘rta muallaq hajm bo‘yicha qatlam bosimi, boshlang‘ich qatlam bosimi va qatlam joriy bosimi kabilar kiradi.
Quduq tubidagi statik bosim quduq uzoq vaqt to‘xtatilgandan keyin o‘rnatiladi. Statik bosim quduqdagi suyuqlik ustuni gidrostatik bosimi bo‘lib, quduqdagi suyuqlik sathidan quduqning tubigacha bo‘lgan musofada o‘lchash o‘tkazilgandagi bosim. Odatda bunday suyuqlik sifatida perforatsiya oraliqlarining o‘rtasigacha bo‘lgan masofa ham qabul qilinadi. Statik bosim ko‘p holatlarda qatlam bosimi sifatida yuritiladi.