bilim va malakalarni yangi holatlarda tanish va nostandart topshiriqlarni, muammoli holatlarni echish uchun qo‘llaydi;
(jihoz va boshqalarni) ishlatish bo‘yicha tayyorlov qo‘llanmasini o‘qiydi va sharhlaydi, tushuntirish olib boradi. CHizma va jadvallarni; (kompyuter va boshqalarni) tizimdagi to‘liqsiz tashkil etuvchilarni to‘ldiradi va almashtiradi;
nosozliklarni mantiqan izlanishini o‘tkazadi, kerak bo‘lsa ta’mirlaydi, tiklaydi, almashtiradi, sozlaydi, ya’ni modifikatsiyalaydi (turlanishi, ko‘rinishi, shakllanishi, o‘zgarishi).
Baholash mezoni: yangi holatda faoliyat yuritish qobiliyatini ko‘rsatadi, yangidan hosil bo‘lgan bilimlari asosida harakatlarni bajaradi, shaxsiy faoliyatini mustaqil tuzadi
Ta’lim beruvchi: ta’lim oluvchilar faoliyatini yo‘naltiradi.
Ta’lim oluvchilar: ijodiy fikrlovchilik turdagi natijaviy ijodiy faoliyatni amalga oshiradi: mustaqil tuzilgan tartib bo‘yicha mustaqil izlanish va bilimlarni izlab topishni olib boradi, o‘zlashtirilgan bilimlarni izlab topishni olib boradi, o‘zlashtirilgan bilimlarni yangidan hosil qiladi va ularni yangi holatda qo‘llaydi
IV. Ijodkorlikka oid (harakatlarni izlash)
Ta’lim maqsadi: muammoni mustaqil ajratish va echish qobiliyati, tadqiqotchilik va izlanuvchanlik faoliyatiga tayyorgarlik, notanish holatlarda harakat qilish qobiliyatini shakllantirish (rivojlantirish)
Natijalar:
muammoni mustaqil ajratadi va uni hal etish yo‘lini topadi;
tadqiqot ob’ekti va predmetini topadi, tadqiqot farazi va vazifalarini ilgari suradi, tajriba o‘tkazish rejasini tuzadi, tajriba o‘tkazadi, tajriba natijalari asosida farazni tekshiradi, tajribadan olinganlarni qo‘llash chegarasini aniqlaydi
Baholash mezoni: tadqiqotchilik turdagi maqsadlar faoliyatini amalga oshiradi, tizimli yondoshish yo‘llariga ega, tahlil qilish malaka va ko‘nikmalarni namoyish etadi
Ta’lim beruvchi: ta’lim oluvchilarga maslahat beradi
Ta’lim oluvchilar: tadqiqotchilik turdagi mahsuldor faoliyatni amalga oshiradi