Ma’ruza mantlari


Quymakorlik jihozlari va ularga qo’yiladigan talablar



Yüklə 3,55 Mb.
səhifə7/16
tarix12.10.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#154148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
3 Ma\'ruza materiallari

Quymakorlik jihozlari va ularga qo’yiladigan talablar

  • Ishchilar uchun mehnat muhofazasi

  • Metalni eritish, quyish va quymalarni qolipdan ajratishda texnika xavfsizligi

    Quymаkоrlik mаshinаsоzlikning аsоsiy tаyyorlоv bаzаsi bo’lib hisоblаnаdi. Quymаkоrlik – zаrur mеxаnik vа ekspluаtаsiоn xususiyatlаrgа egа bo’lgаn muаyyan shаklli zаgоtоvkаlаr оlishning eng univеrsаl usulidir. Dеyarli bаrchа mаshinа vа аsbоblаrdа quymа dеtаllаrini uchrаtish mumkin.
    Quymakorlik sexlari ishlab chiqarish quvvatiga qarab turar joy binolari, davolash-profilaktika maskanlaridan ma’lum darajada uzoqlikda quriladi. Bundaesadiganshamolyo’nalishinihamhisobgaolishjudamuhimdir.



    Ishlab chiqarish quvvati
    tonna (yiliga)

    Uzoqlik darajasi, m

    10 000

    100

    10 000- 20 000

    300

    20 000 va undan yuqori

    500

    Zavod ichida ham boshqa tur sexlar (mexanik yig’uv, asbobsozlik sexlari) bilan oraliq masofa quymakorlik sexini ishlab chiqarish quvvatiga qarab belgilanadi.





    Ishlab chiqarish quvvati
    ming tonna (yiliga)

    Uzoqlik darajasi, m

    10

    20

    11-20

    25

    21-50

    30

    50 va undan yuqori

    50

    Sexdan ajralib chiqayotgan zararli tashlamalar (uglerod gazi, oltingugurt) zavodni hududiga tarqalmasligi uchun ventilyatsiya kanallari orqali 30-35 m balandlikkacha quvur orqali chiqarilib, keyin atmosferaga chiqarish maqsadga muvofiq bo’ladi.


    Xavfi yuqori bo'lgan ishlarni bajarish uchun naryad - ruxsatnomani va naryad - ruxsatnoma bo'yicha bu ishlarni bajarish uchun mo'ljallangin individual himoya vositalarini olish.
    Quymakorlik sexlarida ishlovchilar:
    18 yoshdan kichik bo'lmaganlar;
    Tibbiy ko'rikdan o'tganlar;
    Kasbiy ko'nikmaga ega bo'lganlar, "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risida"gi nizomga muvofiq ushbu ishlarning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha o'qiganlar, bilimlari sinalgan va belgilangan shakldagi guvohnomani olganlar;
    "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risida" gi nizomga muvofiq kirish instruktajini va bevosita ish joyida xavfsizlik texnikasi bo'yicha instruktajni o'tganlar.
    Yuk kutarish mexanizmlari yordamida detallarni kutarish va urnatish bilan boglik sharoitda ishlovchi tokarlar maxsus ukitilishi, imtixon topshirishi va ushbu ishlarni bajarish xukukini beruvchi guvohnoma olishi shart.
    Tokar quyidagilarga majbur:
    Ichki mehnat tartibi qoidalarini (imtq) bajarish;
    Belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona hududida spirtli ichimliklarni iste'mol qilmaslik;
    Ushbu yo'riqnomaning talablarini bajarish;
    Ish vaqtida o'zi bilan birga ishni bajarishning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha bilimini sinash va ishga ruxsat berish haqidagi guvohnomani olib yurish;
    Berilgan maxsus kiyimdan, maxsus poyafzaldan, ximoya kuzoynaklaridan hamda saqlovchi moslamalar va himoya vositalaridan foydalanish;
    Yong'in xavfsizligi talablarini bajarish;
    Baxtsiz hodisalar ro'y berganda jabrlanganlarga vrachgacha bo'lgan yordamni ko'rsata olish, voqea sodir bo'lgan joyda imkoni boricha vaziyatni saqlab turish va bu haqida smena ustasiga xabar berish;
    Ishni bajarish paytida shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;
    Stanokda qayd qilingan nosozliklari va boshqa xavfsizlik talablarining buzilishlari haqida smena ustasiga xabar qilish va tegishli choralar ko'rilmaguncha ishga kirishmaslik.
    Ishchilar quyidagilarga majbur:
    O’zi ishlayotgan jihozni ekspluatasiya qilish bo'yicha zavod yo’riqnomasini bilish va bajarish;
    Kuchlanish ostiga tushib kolgan kishilarni elektr toki ta'siridan ozod qilish va birinchi yordamni ko'rsatish usullarini bilish;
    Yonginni o'chirish vositalaridan foydalanishni bilish;
    Elektr va yongin xavfsizligi talablarini bajarish;
    Ishchi ish jarayonida quyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ishchiga ta'sir etishi mumkin:
    Jixozda ishlash jarayonida elektr toki urishi;
    Suyuq metalni quyishdagi ehtiyotsizlik bilan ishlash;
    Suyuq metalni kovshga quyish va kovshdan qopilga quyganda himoya ko’zoynagini taqmasdan qarash;
    Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik, ishlab chiqarish intizomini buzish deb hisoblanadi va aybdorlar IMTQ ga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

    Avariya hollarida:


    Tezda avariya holatida pechni tarmoqdan ajratish;
    Avariya holatida jabrlanganlar bo’lsa, birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatish;
    Agar yong’in sodir bo’lgan bo’lsa uni mahalliy yong’in o’chirish vositalari bilan tezda bartaraf qilishga kirishish.
    Bu hol haqida smena ustasiga xabar berish;



    Yoy elektr pechlari kislotali qoplamaga ham, asosli qoplamaga ham ega bo`lishlari mumkin. Tegishlicha suyuqlantirish prosessi ham kislotali ham yoki asosli bo`ladi. U yoki bu toshqollarda fazalarning o`zaro tasiri haqida keltirilgan barcha holatlar cho`yanni yoy pechlarida suyuqlantirish uchun ham tegishlidir, yani kislotali jarayonalar Si kam qo`yadi , Mn esa asosli jarayonga qaraganda ko`p qo`yadi.


    Shixta yuklangandan keyin elektrodlar tushiriladi va suyuqlantirish jarayoni boshlanadi. Jarayon yoyni barcha tomondan o`rab olgan shixtani issiqlikni yuqori darajada o`zlashtirib olishi bilan xarakterlanadi. Yoy razryadlari rayonida juda yuqori harorat yuzaga kelishi mumkin elemntlar kuyubgina qolmasadan, balki bug`lanib ketishi ham mumkin. Bu yoy elektr pechlarida suyuqlantirishning asosiy xususiyatidir. Barcha metal suyuqlangandan keyin yoy sokin yona boshlaydi va issiqlik uzatilishi suyuqlangan metal yuzasidagina sodir bo`ladi, bunda yoy razryad rayonida issiqlik qanchajadal va qolgan yuzada esa sustroq uzatiladi. Shu sababdan o`ta qizdirishda FIK past bo`ladi. Vagrankaning texnologik ish sikli quyidagi operyatsiyalarni o`z ichiga oladi: suyuqlantirish uchun vagrankani tayyorlash, qizdirish, yuklash va ishga tushurish, ishlash vaqtida vagrankaga xizmat ko`rsatish, vagrankani to`xtatish.
    Vagrankani suyuqlantirishga tayyorlash asosan o`tga chidamli qoplamani tamirlashdan iborat kapital, o`rtacha va joriy tamirlash bo`lishi mumkin. Kapital tamirlashda vagrankaning butun o`tga chidamli qoplamasi almashtiriladi, o`rtacha tamirlashda eng zo`riqqan joylardagi qoplama ( suyuqlantirish zonasi, furma mintaqasi, o`tish lyotkasi va deyarli boshqa ishdan chiqqan zonalar tiklanadi), joriy tamirlash esa har bir suyuqlantirishdan keyin bajariladi. Oddiy tamirlash hajmi suyuqlantirishni qancha davom etishi va undan keyin o`tga chidamli qoplamaning holati bilan aniqlanadi. Suv bilan sovitilmaydigan vagrankalarda ish sikli 8 dan 20 soatgacha davom etadi. Suv bilan sovutish sitemasidan foydalanliganda vagrankaning ish sikli 1 oygacha davom etadi.
    Ishlаb chiqаrish xоnаlаrini yoritilgаnligi ishchilаrni sоg`ligigа vа ulаrni ish unumdоrligigа tа’sir ko’rsаtаdi. Yoritilgаnlikning mе’yorlаri buzilgаndа ishchi tеz chаrchаydi, uning diqqаti susаyadi, bu esа bаxtsiz xоdisаlаrni kеlib chiqishigа sаbаb bo’lishi mumkin . Ish jоyidа yoritilgаnlikni pаstligi. Ko’rish оrgаnlаrni bеzоvtаlаnishigа ya’ni fаоliyatini buzilishigа оlib kеlаdi.
    Ishlаb chiqаrish xоnаlаrini yoritilgаnligigа quyidаgi аsоsiy tаlаblаr quyilаdi.
    а) Ish jоyidа yoritilgаnlik shundаy bo’lishi kеrаkki ishchi ish jоyidаgi ish оb’еktini tеz vа yеngil fаrqlаy оlsin;
    b) Xоnаni yoritilgаnligi tеzdа pаydо bo’lib , yo`qоluvchi sоyasiz vа аlmаshinuvchi dоg`lаrsiz bo’lishi kеrаk;
    v) Yoritilgаnlik qurilmаlаrini o`rnаtishdа ishlаb chiqаrish hаrаktеri hisоbgа оlinishi shаrt.
    Ishlаb chiqаrish xоnаsidаgi tаbiiy yoritilgаnlik аgаr to’g’ri tаshkil etilgаn bo’lsа, Ishchilаr sоg`lig`i uchun judа qulаy shаrоit hisоblаnidi . Xоnаning yoritilgаnlik mе’yori, tаbiiy yoritilgаnlik kоeffitsеnti оrqаli аniqlаnаdi (T.YO.K.) . Bu kоeffitsеnt xоnаdа bеlgilаngаn nuqtаdаgi yoritilgаnlikni , Binоning tаshqаrisidаgi yoritilgаnlikkа nisbаti bilаn fоizlаr hisоbidа аniqlаnаdi.

    Yüklə 3,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin