Ma’ruza mashg‘uloti mavzulari Sahifalar



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə44/61
tarix25.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#194950
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61
Maruza mashg\'ulot 2-kurs 4-semestr

I mashg’ulot
1. Ziyrakligingizni tekshirib ko’ring.
Stolda 6 ta stakan qator qilib qo’yilgan.Ulardan 3 tasi bo’sh bo’lib, 3 tasiga
suv quyilgan. Stakanlarni shunday joylashtiringki, suvli va bo’sh stakanlar bir-biri
bilan almashib kelsin.
2. Uzunligi 78 metr bo’lgan simni, 12 sm li va 15 sm li bo’laklarga shunday
bo’lingki, natijada sim ortib qolmasin. Buni qanday bajarish mumkin?
3. Jamoa xo’jaligida quyon va tovuqlar boqiladi. Ularning hammasida 28
bosh va 88 oyoq bor. Nechta quyon, nechta tovuq boqilgan? Masalani bir
o’zgaruvchili tenglama yordamida yeching.
4. Bir son o’ylang, unga birni qo’shing, 3 ga ko’paytiring, yana birni qo’shing.
Natijaga o’ylagan soningizni qo’shing, qanday son hosil bo’lganini ayting, siz o’ylagan sonni topaman.
5. Raqamlar yashiringan olam (hikoya).
6. Qiziqarli savollar.
II mashg’ulot
1. Qay biri uzun, chizmaga diqqat bilan razm soling va tez javob topishga
intiling.
2. Katta yarim doira uzunligi kattami yoki 3 ta kichik yarim doira
yig’indisimi?
3. Tomoni 40 m kvadrat shaklidagi yer maydoni 16 ta kvadrat jo’yaklardan
iborat. 100 metrlik quvurni kvadrat tomoni o’rtasidan boshlab o’tkazing, shunda
maydon teng 2 ga bo’linsin.
4. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 sonlarning yig’indisini qisqa va tez topish usulini ayting.
5. Men bir son o’yladim, uni 3 ga bo’lib, hosil bo’lgan songa 3 ni qo’shsam va yangi hosil bo’lgan sonni 3 ga ko’paytirsam, 999 chiqadi. Men o’ylagan sonni
toping.
6. Pifagor hayratlangan muammo. Dunyoning yetti mo’jizasi. (hikoya).
7. Qiziqarli savollar.
III mashg’ulot. 1. Rasmdagi bo’sh kvadratlarga juft sonlarni tartib bilan joylashtiring. Diagonallarda turgan sonlar yig’indisi bir xil qiymatga ega bo’lsin.
2. Vali maktabga velosipedda ketyapti. Dars soat 9 da boshlanadi. Soat
8.40 da u yarim yo’lga yetdi. Agar shu tezlik bilan yursa, u maktabga darsdan 10
minut oldin yetib keladi. Vali maktabga necha minutda yetib boradi?
3. To’g’ri to’rtburchak shaklidagi polizning bo’yi 80 metr, eni 20 metr qisqa.
Har 100 kv m yerdan 3 qop kartoshka kavlab olindi. Polizdan necha qop kartoshka
chiqqan.
4. Oila a’zolarini aniqlash o’yini. O’rtog’ingizning nechta aka-uka va opasinglisi borligini aniqlash mumkin. Buning uchun aka-ukalar soniga 3 ni qo’shing, yig’indisini 2 ga ko’paytiring. Hosil bo’lgan songa opa-singillar sonini qo’shing. Yig’indisiga 5 ni qo’shib natijani aytsangiz, men sizga nechta aka-ukangiz va nechta opa-singlingiz borligini ayta olaman. Bu qanday topiladi.
5. Raqamlar haqida suhbat.
6. Qiziqarli savollar.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin