Asosiy didaktik maqsadlariga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi (M.A.Danilov va B.P.Esipov):
Yangi bilimlarni egallash metodlari;
Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish metodlari;
Bilimlarni amaliyotda qo‘llash metodlari.
Ta’limning binar metodlari (M.I.Maxmutov).
O‘rgаtish mеtоdlаri
|
O‘rgаnish mеtоdlаri
|
Ахbоriy-mа’lumоtli
|
Ijrо etish (bаjаrish)
|
Tushuntirishli
|
Rеprоduktiv
|
Ko‘rgаzmаli-аmаliy
|
Ijоdiy-аmаliy
|
Tushuntirishli-undоvchi
|
Qismаn izlаnishli
|
Undоvchi
|
Izlаnishli
|
Yaxlit yondashuv bo‘yicha ta’lim metodlari tasnifi (Yu.K.Babanskiy):
Bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va nazorat qilish metodlari.
O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari.
O‘quv-bilish faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirish metodlari.
O‘quv-bilish faoliyatini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari.
Interfaol metodlar va grafik organayzerlar.
O‘rgаnilаyotgаnlаrini o‘zlаshtirishgа dа’vаt qilish mеtоdlаri
|
Yangi mаtеriаlni аnglаsh mеtоdlаri
|
O‘rgаnilgаnlаrini fikrlаshgа imkоn bеruvchi mеtоdlаr
|
Erkin yozish.
Klаstеr.
Аqliy hujum.
B-B-B chizmаsi.
Chаlkаshtirilgаn mаntiqiy zаnjirlаr kеtmа-kеtligi.
Sеmаntik хususiyatlаr tаhlili.
|
Sеmаntik хususiyatlаr tаhlili.
B-B-B chizmаsi.
O‘qitish bo‘yichа qo‘llаnmа.
Bir-birigа o‘rgаtish.
Bir-biridаn so‘rаsh.
Ikki qismli kundаliklаr.
|
Eng аsоsiy tushunchаlаr, tаkrоrlаsh.
T-chizmа.
Kоntsеptuаl jаdvаl.
Vеnn diаgrаmmаsi.
Nilufаr guli.
Bеsh minutlik essе.
O‘n minutlik essе.
|
Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni
Hikoya – o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur.
Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo‘lib, u fanga qadimdan ma’lum, xatto undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funksiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o‘quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Suhbat ko‘proq o‘quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko‘rinishlarda, ya’ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbat tarzida tashkil etiladi.
Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan odatda, nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi.
Ma‘ruza – yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi sanalib, uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab ma‘ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois ma‘ruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo‘llaniladi
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |