Cheklovchi omil. Organizmning ma’lum sharoitda yashashi quyi darajadagi omil bilan belgilanadi. Masalan, cho‘lda organizmning keng tarqalishiga suv va yuqori harorat cheklovchi omil bo‘lib hisoblanadi.
Yerda barcha organizmlar mavjud bo‘lishining zaruriy sharti suvning borligidir. U hujayralar hayotiy faoliyatining barcha jarayonlarida ni’oyatda muxim rol’ o‘ynaydi. Zero, suvsiz hayot bo‘lmaydi. Namlik tushunchasi yomg‘ir, suv, tuman, qor, qirov, muz bilan bog‘liq xolda tushuntiriladi.
Suv balansini ta’minlash organizmning asosiy fiziologik funksiyasi hisoblanadi. Ekologik nuqtai nazardan qaraganda, suv boshqa omillarga nisbatan ko‘proq cheklovchi (limitlovchi) omil hisoblanadi. Bu quruqlikda yashovchi organizmlar uchun xam, suv jonzotlari uchun bir xil amal qiladi. Masalan, suvning sho‘rlanish darajasi yuqori bo‘lsa, undagi organizmlar xalok bo‘ladi. Yer yuzida namlik bir xilda taqsimlanmagan. Quruqlikdagi ko‘plab o‘simlik va xayvonlar namsevar hisoblanadi. Suvning yetishmasligi ko‘pincha organizmlar tarqalishini cheklovchi sabab hisoblanadi.
Miqdor jihatdan turning chidamlilik chegarasidan chiqadigan ekologik omilga cheklovchi omil deyiladi. Bunday omil boshqa barcha omillar ta’siri yashash uchun eng qulay bo’lgan vaqtda ham turning tarqalishini cheklab turadi. Cheklovchi ekologik omillar tur tarqalishining geografik arealini belgilaydi va organizmlar rivojlanishining avvalam bor moddalarning yetishmasligi yoki haddan tashqari ko’pligi uchun cheklab qo’yishi mumkin. Ekologik omillarning ta’sir qilish xususiyati ma’lum sharoitda o’zgarishi mumkin, ya’ni ular cheklovchi bo’lishi ham bo’lmasligi ham mumkin.
Nemis agroximik olimi Yu. Libix minimum qonunini yaratdi: ya’ni hosil (mahsulot) minimum omilga bog’liq bo’ladi. Lekin Yu. Libixning minimum qonuni cheklangan ta’sirga ega va kimyoviy moddalarning ma’lum miqdorida namoyon bo’ladi, chunki hosil faqat bitta omil ta’siriga emas, balki o’simlik hayotiga ta’sir ko’rsatuvchi harorat, namlik, yorug’lik va boshqa barcha omillar yig’indisiga bog’liq bo’ladi. Omillar bir-biriga nisbatan o’zaro ta’sirga ega bo’lishiga qaramasdan ular bir-birining o’rnini bosa olmaydi, bu V.R. Vilyamsning omillarni mustaqil ta’sir ko’rsatishi qonunida o’z ifodasini topadi: hayot sharoiti turli-tuman, chunki hayotda biron bir omil boshqasi bilan almashtirilishi mumkin emas. Masalan, suvning yoki havoning namligi ta’sirini is gazi yoki quyosh nurining yorug’lik ta’siri bilan almashtirish mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |