Ma’ruza materiallari 1-mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja



Yüklə 130,04 Kb.
səhifə7/17
tarix02.01.2022
ölçüsü130,04 Kb.
#35811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Ma’ruza materiallari 1-mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni (1)

Markaziy Osiyoda buddaviylik ham o`z o`rniga ega. U diniy-falsafiy ta’limot sifatida qadimgi Hindistonda eramizdan avvalgi VI asrning oxiri va V asr boshlarida vujudga kelgan. U jahonda keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu ta’limotga asos solgan donishmand Sidxarta urug‘idan chiqqan Gautama hisoblanadi. Keyinchalik u «Budda», ya’ni nurlangan degan laqabga ega bo`lgan. Buddaviylik islomga qadar O`rta Osiyoda tarqalgan qadimgi dinlar orasida mavqe jihatidan juda katta o`rin tutadi. Bu ta’limot O`rta Osiyoga eramizdan avvalgi II-I asrlarda kirib kelgan. Tarixiy manbalarga ko`ra, uni Toxaristonga balxlik savdogarlar olib kelishgan. Kushonlar davrida buddaviylik dini hukmron dinga aylangan edi. «Xalqchil bo`lganligi uchun O`rta Osiyoga keng yoyilgan. Buddaviylikning O`rta Osiyoga yoyilishi quyidagi to`rt bosqichdan iborat.

Birinchi bosqich. Kushonlardan oldingi davr. Bu eramizdan avvalgi I asrga to`g‘ri keladi. Bu davrga oid yozma manbalar bizgacha yetib kelmagan.

Ikkinchi bosqich. Kushonlar davri (eramizning II-IV asrlari) Bu davrda buddaviylik O`rta Osiyoga keng tarqalgan edi. Ayniqsa, uning axloqqa oid masalalar, halq ommasini sabr-qanoat va bardoshga da’vat etuvchi g‘oyalarni ilgari surganligi muhim ahamiyat kasb etgan.

Uchinchi bosqich. Bu davrda O`rta Osiyoda buddaviylik ta’limotining manbalari yoyilgan.

To`rtinchi bosqich. (IX-XIV asrlar) islom O`rta Osiyoda hukmron dinga aylanishi bilan bu din siqib chiqarilgan va juda zaiflashib ketgan.

Buddaviylikning O`zbekiston va Hindiston xalqi o`rtasida o`z davrida ma’naviy ko`prik bo`lib xizmat qilganligi aniq. Xalqlarimiz orasidagi do`stlik va birodarlikning ildizlari ham o`sha davrga borib taqaladi va bugungi kunda aksariyat kishilar, ayniqsa, yoshlarimizning hind xalqi, uning madaniyati va san’atiga qiziqishi tasodifiy emas.




Yüklə 130,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin