Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning diskontlashga asoslangan usullari.
Investitsiya loyihasini baholash loyihani amalga oshirishdan oldin bajarilishi sababli, pul oqimlari haqidagi ma’lumotlar ham oldindan rejalashtiriladi. Loyiha samaradorligini baholashda pul oqimlarini rejalashtirish va ularni hisobga olish jarayoni asosiy o’rinni egallaydi va investitsiya loyihalarining haqiqiy samaradorligini aniqlashga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Diskontlash usuli (noan’anaviy usul)ning mazmuni shundan iboratki, pul mablag’larining qiymati muayyan vaqtda bir xil emasligi, ya’ni bugungi bir so’m bir yildan keyingi bir so’mga (iste’mol qiymati bo’yicha) teng emasligi kontseptsiyasiga asoslanadi. Diskontlashga asoslangan usullarning barchasi (sof joriy qiymatni aniqlash usuli (Net Present Value, NPV), foydaning ichki me’yorini hisoblash usuli (Internal Rate of Return, IRR), investitsiyalarning rentabelligini hisoblash usuli (Profitability Index, PI), diskontlashning qoplash muddatini hisoblash usuli (Discount Payback Period, DPP)da investitsiya loyihalarining muayyan davrdagi barcha kirim va chiqimlarning o’rtasidagi farq – sof pul oqimi (Cash Flow – CF) aniqlanib, diskotlashtirish yo’li bilan hisoblanadi. Binobarin, diskontlashga asoslangan usullarning mohiyatini tushunish uchun avvalo, korxona pul oqimlarining mazmunini va sof pul oqimini aniqlash formulasini bilib olishimiz kerak bo’ladi.
Korxona pul oqimlari asosan quyidagilardan tashkil topadi:
operatsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi (4-shakl, 050-qator);
investitsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi (4-shakl, 100-qator);
moliyaviy faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi (4-shakl, 180-qator).
Pul tushumlari va chiqimlarini tahlil etish investitsiya loyihalarini baholashda juda muhim sanaladi. Investorlarni boylikni o’stiruvchi tushumning qanchaligi, pul mablag’lari kirimi va chiqimigina qiziqtirmasdan, balki korxonaning byudjet oldidagi majburiyatlardan holi bo’lgandagi, ya’ni soliqlarni to’lagandan keyingi qoladigan natija (foyda) qiziqtiradi.
Buni quyidagi ko’rinishdagi formula orqali aniqlash mumkin:
bu yerda, Pt - pul tushumlari; St - sotishdan olingan tushum;
X-harajatlar yig’indisi (joriy harajatlar); A - amortizatsiya ajratmasi;
Tf,Tc - to’langan foizlar va soliqlar.
Iqtisodiy adabiyotlarda investitsiya loyihalarining sof pul oqimini topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
– Sotishdan tushgan tushum
–O’zgaruvchan xarajatlar
– Amortizatsiya
– Kredit uchun foiz
Boshqa doimiy xarajatlar
= Soliqqa tortiladigan baza
– Foyda (daromad) solig’i
= Korxona ixtiyorida qoladigan foyda (sof foyda)
+ Amortizatsiya
Dostları ilə paylaş: |