Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish


Ayrim metodlarning ahamiyati



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə67/121
tarix14.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#98142
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   121
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Ayrim metodlarning ahamiyati


Psixologiyaning asosiy metodlarini qisqacha ta’riflab berdik. Endi, chinakamiga ilmiy psixologiya qaysi metoddan foydalanishi kerak, yuqorida ko’rsatilgan metodlardan qaysi biri yaxshi, degan savol tug’ilishi tabiiy.
Bu savolga quyidagicha javob qaytarish kerak: psixolo­giya biron bir metoddan foydalanish bilan kifoyalana olmaydi. Faqat bir metodning ma’lumotlariga asoslanib, chi­nakamiga ilmiy psixologiya sistemasini tuzib bo’lmaydi.
Psixik hayot hodisalari boy tabiatiga ko’ra formalarining xilma-xilligi va sifat ko’rinishlarining turli-tumanligiga bilan farq qiladi. Psixikaning bu hususiyati borligidan uni o’rganishda turli-tuman metodlarni tatbiq etish talab qilinadi. Bu yerda biron juz’iy metodni tanlab olish har gal qaysi psixik hodisalarning tekshirilishiga, ongning qaysi funksiyalari tadqiq qilinishiga qarab har gal alohida hal etiladi. Masalan, sezgilarni tekshirishda eksperiment metodidan foydalanish ma’qul. Ijodiy xayol jarayonlarini tekshirishda tadqiqotchi so’rash va suhbat meto­didan ko’proq foydalanadi, shuningdek, ijodkor shaxslarning asarlarini analiz qilish metodidan va biografiya metodidan ham foydalanadi.
Ayni vaqtda har bir psixik hodisani tekshirganda biron bir metod bilan kifoyalanish yaramaydi. Psixik hayot hodisalari har tomonlama tekshirilishi lozim. Psixik hayot hodisalarini har tomonlama tekshirish uchun esa turli metod­larni tatbiq etish talab qilinadi. Metodlardan biri faqat asosiy metod bo’lishi mumkin. Bir metod bilan olingan ma’lumotlar boshqa metodlar yordamida olingan ma’lumotlar bilan to’ldirilishi, nazorat qilinishi va oydinlashtirilishi lozim. Masalan, tafakkur jarayonlarini o’rganishda tadqiqotchi o’z-o’zini kuzatish metodidan ham, tashqi kuzatish metodidan ham, eksperimentning turli-tuman xillaridan ham foydalanadi. O’qitish jarayonida o’quvchilarning indivi­dual hususiyatlarini o’rganishda pedagog-psixolog ham turli metodlardan oddiy tashqi kuzatish metodidan, so’rash va suhbat metodidan, eksperimentning oddiy turlaridan va shu kabilardan foydalanadi. Psixik hayot hodisalari yuqorida aytilgan hamma metod­lar yordamida aniqlanadi. Bu hodisalar tasvir etiladi, klassifikasiyaga solinadi, analiz qilinadi, ulardan yakunlar chiqariladi. Shu metodlar yordamida ayrim psixik hodisalar o’rtasidagi bog’lanish topiladi, shu hodisalarning ro’y berish va boshlanish negizidagi qonuniyatlar ochiladi. Ammo psixikani ilmiy asosda o’rganish shu bilan kifoyalanmasligi kerak.
Psixik hayot hodisalari dialektik materializm tamoyillari asosida, jumladan psixikaning mohiyati va psixik hodisalar bilan fiziologik hodisalarning o’zaro munosabati haqidagi ta’limot nuqtai nazaridan tushuntirib berilgandagina, bu hodisalar va ularning qonuniyatlari haqidagi bilimlarimiz bekam-ko’st ilmiy bo’limlar bo’ladi.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin