Tetiklashtiruvchi gimnastika, havo va suv muolajalari
15.00-15.10
15.00-15.10
15.00-15.10
15.00-15.10
12.
Ikkinchi tushlikka (poldnik) tayyorgarlik, ikkinchi tushlik
15.15-15.30
15.15-15.30
15.20-15.30
15.20-15.30
13.
Qo‘shimcha ta’lim, badiiy adabiyot o‘qish, mustaqil o‘yin faoliyati
15.30-16.30
15.30-16.30
15.30-16.30
15.30-16.30
14.
Sayr, mustaqil o‘yin faoliyati
16.30-17.45
16.30-17.45
16.30-17.45
16.30-17.45
15.
Bolalarning uyga ketishi
17.45-18.00
17.45-18.00
17.45-18.00
17.45-18.00
Izoh. Har bir MTT bolalarning tashkilotda bo‘lish soatlari miqdoridan kelib chiqqan holda va sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq ravishda o‘z kun tartibini ishlab chiqishi mumkin. Bunda, o‘yin-ta’lim faoliyati kunduzgi uyquni hisobga olgan holda kamida 15% ni, kunduzgi uyquni hisobga olmaganda kamida 38% ni, bolalarning ochiq havoda bo‘lishi kamida 38% ni, mustaqil o‘yin faoliyati kamida 24% ni, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish (sanitariya-gigiyena ko‘nikmalari) kamida 20% ni, ota-onalarni bolalar rivoji taraqqiyoti to‘g‘risida xabardor qilish kamida 3% ni tashkil etishi zarur. Qisqa muddatli guruhlarning namunaviy kun tartibi
8:30-12:00 (3,5 soat) 1-smena
Qabul qilish, nazorat o‘tkazish, ertalabki gimnastika
Izoh. O‘yinli ta’lim faoliyati kamida 43%, kommunikativ va mustaqil faoliyat, ochiq havoda bo‘lish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish (sanitariya-gigiyena ko‘nikmalari) — 49%, ota-onalarni bolalar rivoji taraqqiyoti to‘g‘risida xabardor qilish— 8% ni tashkil etadi. 3. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va uni amaliyotga tadbiq etilganligi. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida bolaga yo‘naltirilgan yondashuv –bu shunday o‘qitishki, u bolaning yosh xususiyatlarini, uning qobiliyatlarini, qiziqishlarini, ehtiyojlarini, tajribasini, maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelgunigacha oiladagi madaniyatni hisobga oladi, bu bolani o‘qitishdagi maqsadlarga erishishida yordam beradi.
1. O‘qitish bolalar eng optimal ravishda qanday rivojlanayotganliklari va o‘qiyotganliklarini bilishga asoslanishi kerak;
2. O‘qtishdagi muvaffaqiyat pedagogning bolalarni qanday qilib o‘qitish va rivojlantirish metodlari hamda usullarini bilishiga bog‘liq bo‘ladi;
3. Pedagogning asosiy vazifasi bu bolaning potentsialni aniqlashi va uning rivojlantirilishiga yordam ko‘rsatish;
4. Maktabgacha ta’limning o‘ziga xosligi bolalikning qadr-qimmatini tushunish va uni muddatidan oldin katta bo‘lib qolishga turtki bermaslik. Pedagog quyidagilarni bilishi va yodda tutishi lozim:
1. Bolalarni ular qanday bo‘lsalar, shunday qabul qilish.
2. Bolalarga o‘qitish maqsadlariga erishishda ko‘maklashish.
3. Bolalar nimalarga qodir ekanliklarini va ular o‘z yosh guruhlarida qanday o‘qiyotganliklarini bilish tarbiyachiga o‘qitishni rejalashtirish va tashkil etish uchun boshlang‘ich ma’lumotni berish.
4. Agar pedagog barcha bolalarga bir xilda yondashadigan bo‘lsa, bola muvaffaqiyat qozona olmaydi.
5. Pedagog bolaning turli xil predmetlar bilan faoliyatini, uning turli xil mashg‘ulotlarga kirishib ketganligini doimiy kuzatishi kerak, bolalarning qobiliyat, qiziqish va ehtiyojlarini bilib olishga intilishi lozim.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 1. Maktabgacha ta’limning namunaviy o‘quv rejasini o‘rganish.
2. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari ilovalarini o‘rganish.
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat dasturining ilovalarini o‘rganish.