Topshiriqlar: 1. LMS Moodleda muloqot?
2. LMS Moodleda ma’lumot almashinuv?
2.11. Smart-elektron o‘quv qo‘llanmalardan o‘qitishga qo‘llash Ishning maqsadi . Talabalarga smart-elektron o‘quv qo‘llanmalardan
o‘qitishga qo‘llash bo‘yicha amaliy bilim berish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar: Smart-o‘quv jarayoni, Onlayn Smart o‘qitish muhiti, Smart texnologiyalari SMART prinstipi boshqaruv ishining eng yangi
vositalaridan biri hisoblanadi. Bu
konstepstiya qo’yilgan maqsadlar bo’yicha ishlarni olib borishga ruxsat beradi.
SMART abbreviviaturasi quyidagicha o’qiladi:
S – Self-Directed (o’zini nazorat qiluvchi, o’zini
boshqaruvchi); M – Motivated (asoslangan);
A – Adaptive (adaptiv, moslashuvchan);
R – Resource-enriched (turli variantli resurslar bilan
boyitilgan); T – Technological (texnologik).
SMART-jamiyat, o’zaro jips bog’langan uchta yo’nalish rivojlanii
asosida shakllanadi. Bu avvalombor SMART-o’qitish. Ikkinchisi – SMART-
boshqaruv. Bu boshqaruv kraudsorsing, bilimlarni boshqarish, Big Data kabi
intellektual va jamoaviy texnologiyalarni ishlatish orqali amalga oshiriladi.
Uchinchisi – bu “aqlli shahar” yoki SMART-olam. Bunga Internet, energiyani
iqtisodiy tejovchi texnologiyalar, hisoblash tarmoqlari va b. Larni o’z ichiga
oladigan turli intellektual vositalar kiradi.
SMART-o’qitish
konstepstiyasi
–
katta
hajmli
manbalarga
moslashuvchanlik, multimediyalar (audio, video, grafika) ni ko’proq ishlatish,
ta’lim oluvchining darajasi va talabiga tez va oson moslashish hisoblanadi.
SMART-o’qitishning zamonaviy vositalariga quyidagilar kiradi:
126
•
Web 2.0 – kompleksli yondashuv.
•
Web 3.0 – semantik Web.
•
Bulutli tizimlar.
SMART-o’qitishning asosiy maqsadi insonni rivojlanish zamonida bilim
asosida hayotga tayyorlab berish hisoblanadi.