165
3. INSERT JADVALI
INSERT
=
Interactive Nothing Sуstem for Effective Reading and
Thinking.
≈
Инновационная система разметки для эффективного
мышления и чтения текста.
≈
Matnni samarali o‘qish va fikrlash belgilariga oid innovatsion
sistema.
3.1. INSERT jadvalining amaliy ahamiyati:
a) ma’ruza tinglash va mustaqil o‘qish jarayonida olingan ma’lumotlarni bir
tizimga keltirishga imkoniyat yaratadi.
b) oldindan olingan ma’lumotni yangisi bilan o‘zaro bog‘lash qobiliyatini
shakllantirishga imkon beradi.
3.2. Qo‘llanilish doirasi va qoidasi:
Asosan o‘quv materiali, ya’ni matnni mustaqil o‘qib, o‘zlashtirish
jarayonida qo‘llaniladi. Uning mazmuni, o‘qish jarayonida matnning har bir satr
boshi (yoki qismi)ni avval o‘zlashtirilgan bilim va tajribalar bilan taqqoslash va
uning natijasini varaqning chap qirg‘og‘iga quyidagi maxsus belgilarni qo‘yish
bilan aks ettirishdan iborat:
“√” o‘qiyotganingiz, sizning u haqda bilganingiz yoki
bilishingiz to‘g‘risidagi fikringizga mos.
“–” o‘qiyotganingiz, sizning u haqda bilganingiz yoki
bilishingiz to‘g‘risidagi fikringizga zid.
“+” o‘qiyotganingiz, siz uchun yangi axborot.
“?” o‘qiyotganingiz sizga tushunarli emas yoki siz bu haqda
batafsilroq ma’lumot olishni xohlaysiz.
Dostları ilə paylaş: