Ma’ruza: Sinxron motorining ishga tushish, tormozlasah va revers qilish



Yüklə 369,93 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix13.05.2022
ölçüsü369,93 Kb.
#57796
Ma’ruza Sinxron motorining ishga tushish, tormozlasah va revers



Ma’ruza: Sinxron motorining ishga tushish, tormozlasah va 

revers qilish. 

Sinxron motorning elektromagnit momenti stator va rotor  magnit maydonlari  ta 

’sirlashishi  natijasida  hosil  bo’lib,  rotorning  va  stator magnit  maydonining 

aylanish chastotalari sinxron bo’lsa, elektromagnit moment  o’zining  ishorasini  

o’zgartirmaydi. 

Agarda sinxron motorning stator chulg‘ami bevosita  tarmoqqa ulansa,motor  

ishga tushib keta olmaydi, chunki rotori qo’zg‘almas bo’lganda stator magnit 

maydonining qutblari yarim davrda rotorning bir xil qutblari bilan, davrning 

qolgan yarmida rotorning boshqa qutblari bilan ta’sirlashadi. Buning oqibatda 

momentning ishorasi o'zgaradi, hamda rotorning mexanik inersiyasi hisobiga 

moment rotorni yarim davrda aylantirib yubora olmaydi. Sinxron motorni ishga 

tushirishning quyidagi usullari mavjud: yordamchi motor vositasida, tok 

chastotasini o’zgartirish yo’li bilan va asinxron usulda ishga tushirish. Bu 

usullardan eng ko’p qo’llaniladigani asinxron usulda ishga tushirishdir. 

Yordamchi motor vositasida ishga tushirish. Dastlab sinxron motorning 

rotori 


     

 

ga yaqin aylanish chastota bilan yordamchi motor vositasida 



aylantiriladi. Bunda qo’zg‘atish chulg’ami o’zgarmas tok manbayiga ulangan, 

stator chulg‘ami esa ochiq bo’lib, sinxron motor salt ishlayotgan generato r 

rejimida ishlaydi. So’ngra generator parallel ulash shartlari bajarilgan holda 

tarmoqqa parallel ulanadi. Shundan so‘ng yordamchi motor ajratiladi va sinxron 

generator motor rejimiga o’tadi. Yordamchi motor sifatida odatda qutblar soni 

sinxron motornikidan ikkita kam bo’lgan faza rotor li asinxron motor qo’llaniladi  

(bu holda sinxron motorning aylanish chastotasini sinxron chastotagacha yetkazish  

mumkin) va uning quvvati sinxron motor quvvatinin g 10‚ 20 % ini  tashkil  etadi. 

Tok chastotasini o'zgartirish yo’li bilan ishga tushirish. Bu usul chastota  

o’zgartgich qurilmasi bo’lgan sharoitda amalga oshirilishi mumkin. Bunday 

chastota o’zgartgich yordamida kuchlanish chastotasi noldan nominal qiymatgacha  

oshirib boriladi, natijada stator magnit maydonining aylanish chastotasi  ham oshib 

boradi. Rotor esa aylanma magnit maydoni yo’nalishi bo’yicha nominal chastota 

bilan aylanadi. 

Asinxron usulda ishga tushirish. Bu usul bilan sinxron motorni ishga 

tushirish uchun rotor qutblari uchliklarida ishga tushirish chulg'ami o'rnatilgan 

bo’lishi lozim. Bu chulg'am asinxron motorning qisqa tutashtirilgan chulg‘amiga  

o’xshagan  bo'ladi. 




Sinxron motorni asinxron  usulda  ishga  tushirish  sxemasi  keltirilgan.  

Stator chulg'ami uch fazali tok manbayiga ulanganda undan uch fazali tok o'tib, 

statorda aylanma magnit maydon hosil bo'ladi. Bu maydon rotordagi ishga 

tushirish chulg'amini kesib o'tib,unda EYK va tok hosil qiladi. Ishga tushirish 

chulg'amidagi tok aylanma magnit maydon bilan ta’sirlashib elektromagnit kuch 

va aylantiruvchi momentni hosil qiladi. 

 

Sinxron motorni: a) - asinxron usulda ishga tushirish sxemasi va b  — ishga tushirishdagi 



asinxron momentlar,bunda: M

a

 - asosiy moment; M



qo’z

  -  qo‘zg‘atish chulg'ami konturida bir  

o'qli effekt tufayli vujudga keladigan qo‘shimcha moment; M

як

  — sinxronizmga kiritish 



momenti;  M

i.t


 - ishga tushirish momenti; F

em

 - ishga tushirish chulg'ami sterjenlaridagi 



elektromagnit kuchlar; QCH - qo'zg'atish chulg'ami; QU – qayta ulagich; r

i.t


 - asinxron usulda 

ishga tushirishda qo'zg'atish chulg'amiga ulanadigan aktiv qarshilik; d - demifer cho'lg'am. 

Agar M

em

 > M



t

 bo'lsa rotor aylana boshlaydi, rotorning aylanish chastotasi 

stator aylanma magnit maydonining sinxron aylanish chastotasigay aqinlashganda 

(n =0,95 n

1

) qo'zg'atish chulg'amiga o'zgarmas tok beriladi. Bu tok sinxronlovchi 



moment M

s

 ni hosil qiladi. Shu moment ta’sirida motor sinxron aylanish chastota 



bilan ishlay boshlaydi. 

Ishga tushirish vaqtida qo‘zg‘atish chulg‘amini ochiq qoldirib bo'lmaydi,  

chunki statorning aylanma magnit maydoni o‘ramlar soni ko'p  bo'lgan  qo'zg'atish  

chulg‘amida uning izolatsiyasi va sinxron motorni ishga tushiruvchilar uchun juda  

xavfli bo'lgan katta qiymatli EYK hosil qiladi. Shuning uchun sinxron motorni 

ishga tushirishda uning qo‘zg‘atish chulg'ami o‘z qarshiligidan taxminan 10 marta 

katta bo'lgan aktiv qarshilik (r

it 


 10r


qo’z

) ka ulangan bo'lishi lozim. 

Qo'zg'atish chulg'amini qisqa tutashtirish ham mumkin emas, chunki bu 

holda u nosimmetrik bo'lgan bir fazali konturni hosil qiladi. Bu kontur  qo'shimcha  




momentni hosil qilib, sinxron motorning mexanik xarakteristikasida aylanish  

chastotasining  n = n

s

/2 ga  yaqin qiymatida aylantiruvchi  momentning 



kamayishiga olib keladi.  Buning oqibatida rotor aylanish chastotasi sinxron 

qiymatigacha yeta olmasligi ham mumkin. 

Agar sinxron  motor ulanadigan tarmoqning  quwati  nisbatan kam bo'lsa,  

motorni  asinxron  usul  bilan  ishga  tushirishda  ishga  tushirish tokining 

ta’siridan  tarmoqda  juda  katta  kuchlanish  pasayishi  hosil bo'ladi.  Bunday 

holda ishga tushirish tokini kamaytirish uchun sinxron motor  tarmoqqa  

avtotransformator;  reaktor  yoki  tokni  cheklaydigan boshqa  qurilmalar 

yordamida  ulanadi. 



Yüklə 369,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin