Nazorat uchun savollar:
1. Qadimgi Afrikaning qadimgi madaniyat o’choqldrini sanab bering.
2. Afrika sivilizatsiyalarining jahon sivilizatsiyasida tutgan o’rnini
tahlil qiling.
3. Janubiy Arabiston sivilizatsiyalari taraqqiyotida uning tabiiy-
geografik o’rni qanday rol o’ynagan?
4. Janubiy Arabistonda diniy tafakkurning rivojlanishiga ta’sir
ko’rsatgan omillarni izohlang.
7-mavzu: Qadimgi Kavkazorti o’lkalarning sivilizatsiyalari
Asosiy savollar:
1. Urartu davlati va uning Kavkazorti sivilizatsiyalari taraqqiyotida
tutgan o’rni.
2. Kavkazortining keyingi madaniyat markazlari: Kolxida, Iberiya va
Albaniya.
1-savolning bayoni:
Kavkazorti sivilizatsiyasi tarixi jahon madaniyatining eng qadimgi
sahifalaridan biridir. Bu hududda dastlab Urartu, so’ngra Kolxida,
Iberiya, Armaniston, Kavkaz Albaniyasi kabi o’ziga xos sivilizatsiyalar
vujudga keldi.
M.a. VI-V ming yilliklarda Kavkazortining Kuro va Araks
daryolari vodiylarida o’troq dehqonlar va chorvadorlar madaniyati
yuzaga keldi. Ular paxsa uylardan iboart uncha katta bo’lmagan
manzilgohlarda istiqomat qilishgan, tosh va suyak qurollardan
foydalanishgan. Keyinchalik mis qurollar paydo bo’lgan. M.a. III ming
yillikda Armaniston tog’ligi va Kavkazortida kuro-araks madaniyati
deb nom olgan ilk bronza davri madaniyatining yuzaga kelishi bilan
madaniy-xo’jalik taraqqiyoti yanada yuksaldi.
Ibtidoiy munosabatlarning yemirilishi Van ko’li atrofida istiqomat
qilgan va urartlar deb nom olgan qabilalarda jadal kechdi. Xurritlarga
qarindosh bo’lgan Urartu qabilalari m.a. 1300-yillar atrofida qabilalar
ittifoqiga birlashganlar. M.a. XIII asrda Ossuriya manbalarida Uruatri
degan umumiy nom bilan atalgan sakkizta davlat tilga olingan bo’lsa,
Ashshurnasirpal II hukmronligi davriga oid hujjatlarda ko’plab mayda
mulklar o’rnida Urartu (Biayneli) nomi bilan atalgan yagona davlat
qayd etilgan. Urmiya ko’li atrofida Mutsatsir deb atalgan yana bir
61
urartu qabilalari davlat birlashmasi yuzaga kelgan. Bu erda umumurartu
diniy markazi joylashgan.
Birlashgan Urartuning ilk podshosi Aram (864-845 yy) davrida
mamlakatga Salmanasar III ning qo’shini bostirib kirgan. Ammo Urartu
kuchayib boraverdi. Sardur I (835-825 yy) rasman Ossuriya podsholari
kabi dabdabali unvonni qabul qilgan. Ururtu davlatining poytaxti Van
ko’li atrofida joylashgan Tushpa shahri edi.
Urartu podshosi Ishpuini ( m.a. 825- 810 yy) faol siyosat yuritgan.
Sardur davri yozuvlari ossuriya tilida yozilgan bo’lsa, uning davrida
rasmiy matnlar bir oz o’zgartirilgan ossuriya mixxatidan foydalanilib,
ururtu tilida bitilgan. Tushpa hukmdorlarining mulklari Urmiya
ko’ligacha kengayib, Musatsirni ham o’ziga tobe qiladi.
Yangi davlatni mafkuraviy jihatdan jipslashtirish uchun diniy
islohot o’tkaziladi – uchta bosh iloha: osmon xudosi Xaldi,
momaqaldiroq va yomg’ir xudosi Teysheb va quyosh xudosi Shivini
asosiy o’ringa chiqadi. Urartu panteoninig oliy xudosi Xaldining bosh
ibodatxonasi joylashgan urartu qabilalarining qadimgi diniy markazi
Musasirning ta’siri mustahkamlandi.
Ururtu davlati podsho Menua davrida o’z qudratining cho’qqisiga
chiqadi. Uning davrida Urartuda joriy qilingan annallarda hukmdorning
faoliyati yilma-yil yoritib borilgan.
Menua davrida Urartu keng miqyosda istilochilik siyosatini olib
boradi va uning hududi janubda Dajlaning chap qirg’og’i, shimolda
Kavkazoritga qarab kengayadi. Menua Urartuda ma’muriy isloht
o’tkazadi va mamlakat markaziy hukumat vakillari tomonidan
boshqariladigan viloyatlarga jaratiladi. Uning davrida keng miqyosda
qurilish ishlari ham olib boriladi. Tushpa hududida uzunligi 70 km.li
kanal barpo etiladi, ba’zi joylarda suv balandligi 10-15 metrli
akveduklar yordamida o’tkazilgan.
Menuaning vorisi Argishti (m.а.786-764 yy) davrida Urartu
qo’shinlari Shimoliy Suriyagacha, janubi-sharqda esa deyarli Bobil
chegaralarigacha
yetib
boradi. Kavkazortida Urartu g’arbiy
Gruziyadagi Kolxidaga yetib borib, Araksning chap qirg’og’idagi
Sevan ko’ligacha bo’lgan hududlarni egallaydi. Uning davrida keng
bunyodkorlik ishlari olib borilib, Argishtixinili (m.a. 776 y.), Erebuni
(m.a. 782 y.) kabi yirik shaharlar barpo etiladi. Argishtinixili hududidan
to’rtta kanal o’tkaziladi, uzumzorlar va bog’lar barpo etiladi. Shahar-
qal’alarda ulkan don omborlari qurilib, davlat g’alla zahirasi to’planadi.
62
Argishtining ishlarini uning vorisi Sardur II (m.a. 764-735 yy) davom
ettiradi.
Ammo Tiglatpalasar III davrida erishilgan ichki barqarorlik
Ossuriyaga 734 yilda Shimoliy Suriyadagi Arpad yaqinida bo’lgan
jangda Ururtu boshliq ittifoqchilarni yengish imkonini beradi. 735 yilda
Tiglatpalasar III Van ko’li atrofida Ururtuga qaqshatgich zarba beradi.
Podsho Rusa I (m.a. 735-713 yy) Urartu qudratini qayta tiklashga
harakat qiladi. Tashqi siyosatda u Ossuriya bilan ochiq kurashga
kirishdan tiyiladi, biroq hamma joyda Ossuriyaga qarshi kayfiyatni
qo’llab-quvvatlaydi. Shimoldan Urartu yerlariga kimmeriyliklar
bostirib
kirishi
vaziyatni
yanada
murakkablashtirardi.
Biroq
Kavkazoridagi Urartu yerlari kengayib bordi. Rusaxinili kabi yangi
shaharlar barpo etildi.
M.a. 714 yilda Sargon II boshliq Ossuriya qo’shinlari yana
Urartuga bostirib kiradi. Bu urushdagi mag’lubiyatdan so’ng Urartu
Old Osiyodagi hukmronlik maqeidan mahrum bo’ldi va keyinchalik bu
ikki davlat to’ridan-to’g’ri to’qnashmaslikka harakat qildi.
Argishti II (m.a. 713-685 yy) o’z istilochilik siyosatini sharqqa
qaratdi va Kaspiy dengizi sohillarigacha chiqdi. Bu yerda ham Uarartu
podsholarining an’anaviy siyosati davom ettirildi – yengilgan viloyatlar
vayron qilinmadi, balki boj to’lash sharti bilan qaram qilindi. Argishti
II va Rusa II (m.a. 685-645 yy) davrida barqaror iqtisodiy holat davom
etdi.
Kimmeriyliklar bilan kelishuv tuzishga muvaffaq bo’lgan Rusa II
Kichik Osiyoga ham yurishlar tashkil etadi. Ammo Ururtuga yangi
dushman – kimmeriyliklarni ham mag’lub etgan skiflar xavf sola
boshladi. Zaiflashib qolgan Urartu m.a. VI asrning bohlarida Midiyaga
qaram bo’lib qoladi va 590 yilda o’z mustaqilligini yo’qotadi.
Urartu davlati iqtisodiy taraqqiyotga, ayniqsa sug’orish inshootlari
va suv omborlari barpo etishga katta e’tibor bergan. Iqtisodiyotda
podsho xo’jaligi katta rol o’ynagan. Teyshebaini qal’asini barpo etish
bilan bir vaqtning o’zida podsho Rusa II kanal o’tkazib, keng qishloq
xo’jalik yerlarini barpo etgan. Taxminiy hisob-kitoblarga ko’ra,
Rusaxinilidagi podsho xo’jaligida 5500 kishi mehnat qilgan.
Ibodatxona xo’jaligi kmroq ahmiyatga ega bo’lgan.
Urartuning madaniyati va iqtisodi to’g’risida arxeologik
qazishmalar boy ma’lumot beradi. Bu yerda shaharsozlik yuksak
taraqqiy etgan. Teyshebaini (Karmir Bilur) va Erebuni (qadimgi
Yerevan) shaharlari kuchli fortifikatsiya inshootlari bilan o’rab olingan.
63
Shaharlar hududi 200-300 gektardan 400-500 gektargacha yetgan.
Muntazam rejalashtirishga ega bo’lgan shahaharlar odatda baland
tepaliklar yonbag’rida barpo etilgan, eng yuqorida ark joylashgan. Ular
bir, ko’pincha ikki, ba’zan uch qator mudofaa tizimiga ega bo’lgan.
Saroy va ibodatxona me’morchiligi xilma-xil ko’rinishga ega bo’lgan.
Ururtuning mahobatli san’atini bizgacha yetib kelgan tosh
relyeflar, haykaltaroshlik, devoriy suratlar orqali o’rganish mumkin.
Тош ҳайкаллар яққол икки хусусиятга эга. Ularning birinchisi Old
Osiyo san’ati an’analari bilan bog’liq Urartu haykaltaroshligi
namunalari. Masalan, Vandan topilgan kulrang bazalt haykalda
Urartuning ilk podsholaridan biri tasvirlangan. “An’anaviy-shartli”
uslub esa bronza davri an’analarini davom ettirgan.
Urartuliklar amaliy san’at sohasida ham ulkan yutuqlarni qo’lga
kiritgan. Урарту торевтикасининг намуналари Кичик Осиё
(Гордион), Эгей денгизининг бир қатор ороллари (родос, Самос),
қитъа Юнонистони (Делфа, Олимпия), ҳатто Этруриядан топилган.
Ibodatxonalarga qurbonlik sifatida xizmat qilgan va relyefli bezaklar
bilan bezatilgan qalqonlar, sovutlar, dubulg’alar Urartu san’atining
yorqin namunasidir. Qazishmalar chog’ida ko’p miqdorda yuksak
badiiy darajada ishlangan oltin va kumush taqinchoqlar ham topilgan.
Urartu madaniyatining yutuqlari Midiya, so’ngra Ahamoniylar
Eroni tomonidan qabul qilindi va Old va O’rta Sharq bo’ylab keng
tarqaldi.
Dostları ilə paylaş: |