маъруза соат



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

2-savol bayoni:
Forslarning davlat birlashmasi tarixi yarim afsonaviy xususiyatga 
ega. Suloa asoschisi an’anaga ko’ra Ahamon sanaladi. M.a. 675-650 
yillarda Ahamonning o’g’li Chishpish forslarni boshqargan. Ossuriya 
manbalarida m.a. VII asrda Oshshurbanipalning zamondoshi bo’lgan 
Kurush (Kir) tomonidan boshqarilgan Parsumash viloyati xususida so’z 
boradi. 
M.a. 558 yilda fors qabilalarining podshosi bo’lgan Kir II Fors 
davlatining haqiqiy bunyodkoridir. Fors qabilalari ichida eng 
yiriklaridan biri bo’lgan pasargadlar hududi forslar konsolidatsiyasi 
markazi bo’ldi. Ular ko’p o’tmay Midiyaga qarshi kurash boshladi va 
550 yilda uni mag’lub etdi. 549-548 yillarda forslar Midiyaga qaram 
bo’lgan boshqa hududlarni (Парфия, Гиркания, Арманистон) ham 
bo’ysundirdilar. M.a. 547 yilda Lidiya podsholigi vayron qilindi. 
Shundan so’ng Kichik Osiyodagi yunon davlatlari Kirning 
hukmronligini tan oldilar. M.а. 549-548 йилларда форслар M.a. 545- 
va 539-yillarda Kayxusrav hozirgi Afg’oniston, O’rta Osiyo yerlarini 
bosib oladi. Fors davlat hududi Hindistonning shimoliy-g’arbiy 
chegaralarigacha, Hindiqushning janubiy yonbag’irlari va Sirdaryo
havzalarigacha yetdi. 


72 
M.a. 539 yil kuzida Bobil bosib olingach, barcha g’arbiy 
mamlakatlar (Suriya, Falastin, Finikiya) Misr chegarasigacha forslar 
qo’liga o’tadi. Kayxusrav fors davlatining shimoliy-sharqiy chegaralari 
xavfsizligiga jiddiy xavf solib turadigan O’rta Osiyodagi ko’chmanchi 
qabilalar ustiga yurish boshlaydi. Kayxusrav m.a. 530 yilda 
Amudaryoning shimoliy qismiga o’tadi va massaget qabilalari bilan 
bo’lgan jangda mag’lub bo’lib, o’zi ham halok bo’ladi.
Uning vorisi Kambiz (Kombiz, м.а. 529-522 yy) m.a. 525 Misrga 
yurish qilib, uni bosib oladi va fir’avn deb e’lob qilinadi. M.a. 522 
yilda Kambiz halok bo’ladi va hokimiyat uchun kurashdan so’ng taxtga 
Doro I (m.a. 522-486-yillar) o’tiradi. Doro I taxtga o’tirishi bilan unga 
qarshi Bobilda ko’tarilgan qo’zg’olonni bostirayotgan bir vaqtda
Fors, Midiya, Elam, Marg’iyona, Parfiya, Sattagidiya (hozirgi 
Afg’onistonda) O’rta Osiyoning sak qabilalari va Misr qo’zg’olon 
ko’taradilar. Bir yil davom etgan qonli urushlardan so’ng bu 
qo’zg’alonlar bostiriladi.
Erishgan zafarlarini abadiylashtirish maqsadida Doro I Bobil va 
Ekbatani bog’lab turuvchi qadimgi karvon yo’li ustida joylashgan, 
Kirmonshohdan 30 km. sharqdagi Bexistun qoyalarida 400 qatorli bitik 
va relyeflar o’yib yozdiradi.
Doro olib borgan urushlar tufayli O’rta Osiyoda saklar, Frakiya, 
Makedoniya, Hindistonning shimoliy-g’arbiy qismi bo’ysundiriladi. 
Shu tariqa m.a. VI asr oxiriga kelib sharqda Hind daryosidan g’arbda 
Egey dengizigacha, shimolda Armanistondan janubda birinchi Nil 
ostonasigacha bo’lgan hududda cho’zilgan jahon tarixidagi birinchi 
imperiya vujudga keldi. Ahamoniylar davrida shakllangan ijtimoiy-
iqtisodiy institutlar va madaniy ana’analar jahon tarixida katta rol 
o’ynadi. Ammo ko’p o’tmay Ahamoniylar saltanati kuchli raqib – 
Aleksandr Makedonskiy bilan duch keldi. M.a. 329 yilda Baqtriyaning 
bosib olinishi bilan Ahamoniylar saltanati quladi.
Ahamoniylar turlicha ijtimoiy-iqtisodiy tuzumga va madaniy 
an’analarga ega bo’lgan xalqlarni birlashtirgan. Bunday xilma-xil 
viloyatlarni samarali boshqarish uchun Doro I tomonidan ma’muriy-
moliya islohoti o’tkazilgan. Mamlakat 23 ta (Gerodotda 20 ta) 
satraplikka bo’lingan. Satrapliklar mamlakatning eski davlat va 
etnografik chegaralariga mos kelgan. Satrapliklar ichida avtonom o’z-
o’zini boshqaradigan qabila va shaharlar - Finikiya, Kichik Osiyodagi 
yunon shaharlari mavjud bo’lgan.
Markaziy davlat boshqaruvi Ahamoniylar saltanatining ma’muriy 


73 
poytaxti – Suzada joylashgan. Podsho saroyi kuz va qishni Bobilda, 
yozni - Ekbatanada, bahorni – Suzada, katta bayramlar vaqtini - 
Pasargad va Persepolda o’tkazgan. Ahamoniylar saltanatining rasmiy 
tili oromiy tili bo’lgan.
Satrapliklarni boshqarish uchun doimiy pochta xizmati yo’lga 
qo’yilgan. Ulkan imperiyaning soliq tizimi ham puxta ishlab chiqilgan 
edi. Har bir viloyat yer hajmi va hosildorlik darajasiga ko’ra qat’iy
belgilangan soliq to’lovini amalga oshirishi shart bo’lgan. Gerodot 
bergan ma’lumotga ko’ra fors podsholariga qaram bo’lgan xalqlar 
yiliga 7740 bobil kumush talantini to’lashgan (232 200 kg). Hind 
satrapligi esa o’lponni oltin qum bilan to’lagan. Pul solig’idan tashqari 
o’lpon mahsulot tarzida ham to’langan. 
Doro I butun saltanat uchun yagona pul birligini joriy etadi. Faqat 
podsho tomonidan zarb ettirilgan 8,42 g. oltin tanga “doroyi” tangasi 
deb atalgan. Mahalliy satrapliklarda esa turli qiymatdagi kumush 
tangalar zarb etilgan. Oddiy savdoda zarb etilmagan kumush 
quymalaridan keng foydalanilgan.
Xo’jalik taraqqiyoti, qulay dengiz yo’llari, eski va yangi karvon 
yo’llarining namunali saqlanishi, pul muomalasining rivojlanishi
xalqaro savdoni gurkirab o’sishiga olib keladi. Turlicha tabiiy sharoitga 
ega mamlakatlar o’rtasida rang-barang mahsulotlar bilan savdo 
qilingan.
Mamlaktdagi barqarorlikni ta’minlash ko’p jihatdan qo’shinga 
bog’liq bo’lgan, shu sababdan unga katta ahamiyat berilgan. Fors 
podsholigining qudratini asosi fors va midiyaliklar tashkil qilgan 
jangovar qo’shin belgilagan. Eng muhim urush harakatlari davrida har 
bir qaram halq ma’lum miqdorda askar yetkazib berish majburiyatini
olgan.
Qadimgi Eron mafkurasida m.a. I ming yillikda O’rta Osiyoda yoki 
Sharqiy Eronda shakllangan diniy ta’limot - zardushtiylik muhim o’rin 
egalladi. Zardushtiylik so’nggi Midiya podshosi Astiag davridayoq 
rasmiy dinga aylangan edi. Doro I m.a. 520-yil atrofida zartushtiylikni 
rasmiy davlat dini deb e’lon qildi. Biroq forslar o’zlarining qadimiy 
diniy e’tiqodlaridan butunlay voz kechmaganlar va bo’ysundirilgan 
xalqlarning e’tiqodlariga ham daxl qilmaganlar.
Ahamoniylar davlati uchun turli xalqlarning madaniyati va diniy
qarashlarni sinkretizmi xarakterli edi. Mamlakat turli hududlarining
doimiy iqtisodiy – ijtimoiy va siyosiy aloqasi, madaniyatlarining
o’zaro ta’siriga ijobiy turtki beradi. Turli xalqlarning yagona davlat


74 
hududiga yashashi xalqlarning ilmiy bilimlari, san’at va 
adabiyotlarning bir-birini boyitishiga olib keldi.
Forslarning eng katta madaniy yutuqlaridan biri o’ziga xos
mixxatning yaratilishi bo’lgan. Fors mixxati 600 belgidan iborat 
akkad alifbosidan farq qilgan holda bor-yo’g’i 43 belgidan iborat 
bo’lib, deyarli alifboli yozuv bo’lgan. Fors saltanatida akkad, misr, 
shumer va boshqa xalqlar yozularidan keng foydalanilgan. Doro I ning 
uch tilda bitilgan Bexistun bitigi, Doro I ning Suzadan topilgan 
haykalidagi to’rt tilli yozuv bunga misol bo’la oladi.
M.a. VI asrda Eronda 354 kunlik oy kalendari majud bo’lgan. 
Shuningdek forslar 365 kunlik zardo’sht kalendaridan ham 
foydalanishgan. Sosoniylar davrida u rasmiy davlat kalendari sifatida 
tan olingan.
Qadimgi fors me’morchiligining ulug’vor inshootlari Pasargad, 
Suza va Persepoldagi saroy majmualari edi. Pasargadda Kir II ning 
dahmasi joylashgan. Doro I davrida Suzada katta qurilishlar olib 
borilgan. Qurilish ashyolari 12 mamlakatdan olib kelingan. Persepol
saroyiga 110 zinapoyali keng hashamatli pillapoyadan chiqilgan. 
Doro I ning saroyi (apadana) balandligi 20 m bo’lgan 72 ustunli ulkan 
zali (maydoni 3600 kv.m.) bilan mashhurdir. Apadana olib boruvchi 
zinapoyaning bir tomonida relyeflar bilan 33 qaram xalqlarning xiroj 
olib kelayotgani tasvirlangan. Bu haqiqiy etnografik muzey bo’lib, 
unda turli xalq va qabilalarning o’ziga xos kiyimlari, qurollari, yuz 
ifodalarining tasvirlari toshga o’yib tushirilgan. Persepoldan 3 km. 
uzoqlikda Naqshi Rustam deb nomlangan qoyalarda Doro I va boshqa 
fors podsholarining qabrlaridagi relyeflar ham Eron tarixi haqida 
qiziqarli ma’lumotlar beradi.
Qadimgi fors san’ati, Eron madaniyati an’analari Bobil, Misr, 
Osuriya va boshqa xalqlarning badiiy an’analari va texnika
usullarining sintezi edi. Qadimgi fors san’ati namunalari ichida nozik 
did bilan podsholar, afsonaviy qahramonlar va afsonaviy mavjudotlar 
tasviri tushirilgan tosh vazalar, metall qadah, fil suyagidan yasalgan 
riton, zeb-ziynat buyumlari, muhrlar, lazurit haykallar mavjud. Fors
san’atida ayniqsa o’simlik va hayvonlarning hayotiy tasvirlari bo’lgan 
badiiy buyumlar bizni hozirgacha hayratga soladi.
Taxminan m.a. 250 yilda Amudaryo va Kaspiy dengizi o’rtasida 
ko’chib yurgan parnlar qabilasi Atrek vodiysiga bostirib kiradi va m.a. 
247 yilda Arshakni podsho deb e’lon qilishadi. O’z davlatini barpo 
etgach, parnlar Salavkiylar davlatiga hujum boshlaydi. M.a. 239 yilda 


75 
Parfiyani bosib olgan parnlar bu yerda istiqomat qiladigan qardosh 
parfiya qabilalari bilan qo’shilib ketadi. 
M.a. 171 yilda Parfiya podshosi bo’lgan Mitridat I davrida ushbu 
davlat qudratli saltanatga va Ahamoniylar siyosiy qudrati va qaysidir 
darajada ularning madaniyati merosxo’riga aylandi.
Parfiya saltanati yaxlit tuzilishga ega emas edi. Xususan, Eronning 
janubida, Forsda milodiy III asrda bir necha yarim mustaqil knyazliklar 
mavjud bo’lgan. Ularning birida Soson hukmronlik qilgan. Sosoniylar 
sulolasining vakili Artashir o’ziga tegishli hududlarni kengaytira borib, 
butun Forsni birlashtirgan, Kermon va Xuzistonni ham qo’shib olgan. 
Artashirning muvaffaqiyatlaridan xavotirga tushgan Parfiya podshosi 
Artabon V unga qarshilik ko’rsatishga qaror qiladi, ammo 224 yilda 
mag’lubiyatga uchraydi. M.a. 226 yilda Artashir parfiyaliklarga 
qarashli Mesopotamiyada joylashgan Ktesifon shahrini bosib oladi va 
o’zini Eron shohi deb e’lon qiladi. Shu tariqa Parfiya podsholigi vayron 
bo’ldi va ahamoniy podsholarning qadimgi vatanida yangi Eron 
imperiyasi- Sosoniylar saltanati vujudga keldi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin