3-savolning bayoni:
Arab xalifaligi madaniyati antik madaniyat bilan o’rta asr G’arb
madaniyatini bog’lovchi xalqa vazifasini bajardi. Ushbu
madaniyatning o’ziga xosligi shundaki, uning taraqqiyotiga asos
bo’lgan islom nafaqat jahon dini, balki huquq va davlat, falsafa va
san’at, din va fanni o’z ichiga olgan yaxlit, betakror madaniyatdir.
Arab xalifaligida arab tili davlat va hukmron sinf vakillari tili edi.
Arablar bosib olgan mamlakatlarda arab tili majburan joriy etildi.
Qadimgi yunon va sharq xalqlarining asarlari arab tiliga tarjima qilina
105
boshladi. Arab tilida faqat arab olimlari emas, xalifalikka qaram
bo’lgan mamlakatlar olimlari, yozuvchilari va shoirlari ham o’z
asarlarini yozdilar.
Arab xalifaligi qo’l ostidagi mamlakatlarda ilm-fan sohasida juda
katta o’zgarishlar yuz berdi. Fanning turli sohalarida arab tilida jahon
ahamiyatiga ega bo’lgan buyuk asarlar yaratildi, qadimgi yunon
fanining durdonalari arab tiliga tarjima qilindi.
Arab fani taraqqiyotidagi birinchi bosqich VII-VIII asrga to’g’ri
keladi, markazi Iroqdagi Basra va Kufa shaharlari bo’lgan. Islom
tarqalgan turli mamlakatlardan juda ko’p istedodli olimlar shu
shaharlarga kelib, fanning turli sohalaridan ta’lim olganlar. Arab tili
davlat va hukmron din tili, muqaddas (ya’ni Qur’on tushgan) til sifatida
ham nazariy ham amaliy jihatdan o’rganilgan. Mashhur arab-fors
tilshunosi Sibavayh (796 yil atrofida o’lgan) birinchi bo’lib arab tili
grammatikasini tuzdi.
Arab fani taraqqiyotida ikkinchi davr VIII asrdan, xalifalik
markazi Bag’dodga ko’chirilgandan so’ng boshlanadi. Bu davrda
qadimgi yunon va Sharq xalqlari yaratgan asarlarni yig’ish va ularni
arab tiliga tarjima qilishga kirishildi. IX-X asrlarda Bag’dod va boshqa
fan markazlarida arab xalifaligi tarixi va umumiy tarixga oid ko’plab
asarlar yaratildi. Bu asarlarning ko’pchiligi forsiy tilida yozilgan
manbalar asosida arab bo’lmagan tarixnavislar tomonidan yozildi. Abu
Ja’far Muhammad Tabariyning (923 yil vafot etgan) «Tarixi umam va
muluk» nomli tarixiy asari va Qur’on tafsiriga bag’ishlangan «Jome’ al-
bayon fi ta’vil al-Qur’on» kitobi, Ali ibn Husayn Mas’udiyning (vafoti
956) «Muruj az-zahab va maodin al-javhar» asarida arab xalifaligi
sulolasi tarixi bilan bir qatorda boshqa Sharq xalqlari hayoti haqida
ham qimmatli ma’lumotlar berilgan. Bu davrda geografiya sohasida
ham ko’plab asarlar yaratildi. Ularning eng mashhur xalifalikda aloqa
ishlari boshlig’i Ibn Xo’rdadbah va Ibn Havqalning «al-Masolik va al-
mamolik» asari, Mas’udiy va Maqdisiylarning jug’rofiy asarlaridir.
Tibbiyot fanlari sohasida bu davr yangi ixtirolar davri
xisoblanadi.
Matematik
va
astronom
al-Battoniy
(858-929)
trigonometrik funksiyalar (sinus, tangens va kotangens) ni ishlata
boshlaydi. Kimyo sohasida bir qancha ixtirolar arab alximigi Jobir ibn
Hayyonga (VIII asr) taalluqlidir. Bu davrda qurilgan rasadxonalarda
arablar bilan bir qatorda Markaziy Osiyolik iste’dodli olim va
astronomlar ham fan bilan shug’ullandilar.
106
Arab ilm-fani taraqqiyotining uchinchi davri XI-XV asrlarni
qamrab oladi. Bag’dod bilan bir qatorda arab madaniyatining yangi
markazlari Qurdoba (Kordova), so’ng Sevilya va Damashq kabi ilm-fan
markazlari paydo bo’ldi. Tarixshunoslik, tabiiy fanlar, tabobat,
astronomiya va boshqa qator fanlar taraqqiy etdi.
Arab yozma adabiyotining birinchi yirik obidasi Qur’ondir.
Quron musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi, yirik diniy-falsafiy va
huquqiy asar, arab-musulmon va jahon madaniyatining o’ziga xos nodir
va muhim yodgorligidir. Jahon xalqlari ma’naviy va ijtimoiy
taraqqiyotiga ko’rsatgan ta’sirining ko’lami nuqtai nazaridan Qur’on
butun insoniyatning madaniy merosi bo’lib hisoblanadi.
Muhammad (s.a.v.) va uning tarafdorlari Islomning boshlang’ich
davrlarida she’riyatga qarshi chiqdilar. Ular she’riyat o’sha zamonga
xos ko’pxudolik goyalarini ifoda etuvchi vosita deb qaradilar.
Keyinchalik arab adabiyoti yana rivojlana boshladi. Arab adabiyotining
bu bosqichi Ummaviylar sulolasi saltanati bilan bog’liq. Adabiyot
yangi xalifalik markazlari Suriya va Irokda rivojlana boshladi. Arab
mumtoz adabiyotining gullagan davri VIII-XII asrlar, ya’ni abbosiylar
sulolasi davri hisoblanadi. Bu davr she’riyatida arablar bosib olgan
mamlakatlardan chiqqan shoirlar adabiyot yo’nalishini belgiladilar.
Arab adabiyoti taraqqiyotida Eron, Ozarbayjon, Markaziy Osiyo
xalqlari orasida yetishib chiqqan va o’z asarlarini arab tilida yozgan
shoirlar ijodi samarali ta’sir ko’rsatdi.
VIII-IX asrlar arab nasriy adabiyoti katta yutuqlarga erishdi.
Qadimgi rivoyatlar yozma ravishda to’plandi. Arab nasriy adabiyoti
uchun pahlaviy tilidan qilingan tarjimalar ham alohida ahamiyatga ega.
XII asr boshlarida arab adabiyotida yangi nasriy janr-qahramonlik
rivoyatlari paydo bo’ddi. Buning eng yirik yodgorliklaridan ko’p jildli
«Siyrat Antara» (Antara sarguzashtlari) va «Ming bir kecha» ertaklarini
ko’rsatish mumkin. Bu asarlar arab adabiyotiga xos bo’lsa ham,
ularning mundarijasini turli xalqlar og’zaki ijodi tashkil etadi.
Arab xalifaligi davlatlarining san’ati ham o’ziga xos yo’ldan
rivojlanib bordi. O’rta asr arab san’ati ravnaqiga islom dinining ta’siri
juda kuchli bo’ldi. Bu ayniqsa, me’morchilik, amaliy-dekorativ
san’atda yaqqol ko’rinadi. Xalifalik davrida fuqarolik va din bilan
bog’liq bo’lgan binolar qurilishi avj oldi. Shu davrdagi shaharlar qator
yangi tipdagi binolar bilan boyidi. Masjid va madrasalar, karvonsaroy
va minoralar, tim va saroylar musulmon shaharining o’ziga xos
tomonini belgilovchi muhim va ajralmas elementiga aylandi.
107
VII asrda arab masjidi tipi yuzaga keldi. Quddusda Umaviylar
davrida 688 yilda barpo etilgan Umar masjidi, Damashqdagi
Umaviylar masjidi (705-715) arab me’morchiligining dastlabki
namunasi hisoblanadi. Ilk arab me’morchiligining o’ziga xos tomoni,
ayniqsa, Qohiradagi Ibn Tulun (87-879) masjidida namoyon bo’ladi.
Qurilgan inshootlar g’ishtlarni naqshsimon terish, ganch o’ymakorligi,
naqshlar lentasi va yozuvlar bilan bezatilgan. Arab xalifaligi
me’morchiligi turli xalqlar me’morchiligi ta’siri ostida rivojlandi: Eron,
Vizantiya, Old Osiyo va boshqalar.
Arab realistik san’ati, rassomlik va haykalchiligi din ta’sirida
bo’ldi. Din ularning keng rivojlanishiga yo’l qo’ymadi. Realistik
san’atning monumental shakllari deyarli yaratilmadi. Qo’lyozmalar
uchun ishlangan miniatyuralarda, dekorativ relyeflarda hamda amaliy
san’atda real voqelik, uning “jonli obrazlari” keng uchraydi. Bunga
sabab, albatta hukmdor sinf orasida diniy qarashlar bir xil emasligidir.
Voqelik shartli, ba’zan ramziy shakllarda ifodalanadi.
Arab san’atida kalligrafiya va naqsh (ornament, arabeska)
alohida o’rin egallaydi. Real borliq shu sirli, chigal bo’lib ko’ringan
naqsh tasviri bilan aralashib ketgandek tuyuladi. Uning mazmunini
oshiradi. Bu san’atda xalqning hayot mazmuni va mohiyati haqidagi
dunyoqarashi va tushunchalari o’z ifodasini topdi.
Ispaniyasi me’morchiligining nodir yodgorliklari qatorida
Qurdoba (Kordova) dagi juma masjidi (785 –X asr), Al Granadadagi
Al-Gambra saroyini ko’rsatish mumkin.
Arab xalifaligining so’nggi davrlari uchun qurilishlarning keng
ko’lamliligi, butun bir me’moriy majmualarning yaratilishi xosdir.
Shaharlarning markazida registon – shaharning asosiy maydoni
joylashar edi. Madrasa va masjidlarning peshtoqi registonga qaratib
qurilgan.
Xalifalik davrida yurtimizda barpo etilgan memoriy obidalar
sirasiga Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi (X asr), Samarqand
yaqinidagi Tim qishlog’idagi qurilgan Arab ota maqbarasi (977-978
yy), Uzun (Surxondaryo) tumanidagi Xo’ja Naxshron maqbarasi (IX-X
asr), Namozgoh, Marvdagi Sulton Sanjar (XI asr), Buxorodagi Minorai
Kalon (1127), Vobkent minorasi (1192), Jarqo’rg’on minoralari va
boshka ko’rkam me’morchilik inshootlarini nisbat berish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |