Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va imkoniyatlari. Reja



Yüklə 273,01 Kb.
səhifə41/153
tarix13.05.2022
ölçüsü273,01 Kb.
#57813
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   153
Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

Bulutli o'yin. 2000-yillarda bulutli oqim xizmatlari paydo bo'la boshladi, buning

natijasida foydalanuvchilar kompyuterlarini yuklab yoki yuklamasdan Internet orqali "og'ir"

o'yinlarni o'ynashlari mumkin. Amerika va Xitoyda bu soha allaqachon rivojlangan. Yaqinda

Microsoft kompaniyasi DeLorean tizimini ishlab chiqishi haqida rasmiy e'lon qildi, buning natijasida

odam bulut xizmati orqali o'ynaydi va tizim tugmachalarni bosmasdan oldin uning harakatlarini

oldindan aytib beradi.

O‗zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim tizimini 2030-yilgacha rivojlanish konsepsiyasi tuzildi.

Konsepsiya doirasidagi mazmuni O‗zbekistonning milliy tiklanishdan milliy yuksalish bosqichida

oliy ta‘lim vazifalari, ta‘lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning normativ-huquqiy hujjatlari, ilg‗or

ta‘lim texnologiyalari va pedagogik mahorat, ta‘lim jarayonlarida axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini qo‗llash, o‗quv jaroyonini tashkil etishning zamonaviy uslublari bo‗yicha so‗nggi

yutuqlar, pedagogning kreativ komponentligini rivojlantirish, global Internet tarmog‗i, multimediya

tizimlaridan foydalanish va masofaviy o‗qitishning zamonaviy shakllarini qo‗llash bo‗yicha tegishli

bilim, ko‗nikma, malaka va kompitentsiyalarni rivojlantirishga yo‗naltirilgan.

Bulutli hisoblash(ing.cloud compyuting) odatda, foydalanuvchiga kompyuter resurslari va

quvvatini internet-xizmat ko‗rinishida taqdim etadi. Shunday yo‗l bilan foydalanuvchiga ―sof‖

ko‗rinishidagi hisoblash resurslari taqdim etiladi va foydalanuvchi o‗zining qanday kompyuter ishlov

berayotganligini va qanday turdagi operatsion tizim(OT) boshqaruvida amalga oshirilayotganligi

kabi savollarga javob ololmasligi mumkin va aslida, bu savollarga javob izlashning zarurati

bo‗lmaydi.

Ish yuritilishida o‗xshashlik va umumiylik topib, bulutli texnologiyani ―maynfreym‖lar bilan

taqqoslash mumkin. Biroq ―bulut‖ning ―maynfreym‖dan tamoyil jihatdan ajralib turuvchi farqlari

mavjud, xususan ―bulut‖ hisoblash quvvatlarining nazariy jihatdan cheklanmaganligidir.

Biz bilamizki, ma‘lumotlar axborotga aylanishi uchun quyidagi uch sifatga ega bo‗lishi kerak:

ma‘lumotlar to‗liq bo‗lishi kerak;

ma‘lumotlar ishonchli bo‗lishi kerak;

ma‘lumotlar ma‘lum ma‘noda qimmatli bo‗lishi kerak;

Dastlab paydo bo‗lgan ma‘lumotlarga ishlov berish texnologiyalari orasida grid-hisoblash

(1990 yillarda) bir muncha keng tarqalish ko‗rinishiga ega bo‗ldi. Bu yo‗nalish texnik vosita

prossesorining bo‗sh turgan resurslaridan unumli foydalahish va hisoblash quvvatlarini ijaraga berish

tizimini rivojlantirish imkoniyati bilan qaraldi. Grid texnologiya bilan ―bulut‖ texnologiya ko‗pgina

o‗xshashliklarga ega, lekin uzoqdagi hisoblash resurslaridan foydalanish uchun yetarlicha egiluvchan

platformaga ega bo‗lganligi bois bulutli hisoblash modeli istiqbolli texnollogiya dep tan olindi.

Bulutli texnologiyadan foydalanish uzluksiz muvaffaqiyatga erishib borayotganligining

sababi oddiy: ularni qo‗llash turli imkoniyatlarga ega hamda, infra tuzilish, xizmat ko‗rsatish va

xodimlarga sarflanadigan xarajatlarni tejaydi. Masofadagi ma‘lumotlar markazida ma‘lumotlarga

ishlov berish va axborotlarni saqlashga imkon beruvchi texnik ta‘minot yetarli darajada

soddalashtirilishi mumkin.

Ommaviy bulut(public cloud) – bunday infratuzilmadagi bulutli hisoblash xizmatlaridan ta‘lim

jarayonlarida masofali o‗qitish tizimida foydalanish mumkin, yetkazib beruvchilar tomonidan

ma‘lumotlar taqdim etiladi va korporativ tarmoqdan tashqarida joylashtiriladi. Bunday bulut

foydalanuvchilari bulutdagi ma‘lumotlarni boshqarish yoki unga xizmat ko‗rsatish imkoniyatiga ega

bo‗lmaydi, barcha ma‘suliyat bulut egasiga yuklatiladi. Bunday usullarni foydalanuvchilarga

Amazon YEC2 i Amazon Simple Storage Service (S3), Google Apps/Docs, Salesforce.com,

Microsoft Office Web onlayn-xizmatlarini misol sifatida keltirib otish mumkin[4]. Bulutli tarmoq

platformasini tashkillashtirish uchun ko‗plab serverlar bugungi kunda dunyo bo‗ylab tashkil etilgan.

Masalan, ommalashgan bulutli tizimlarga яндекс.disc va disc google misol keltirishimiz mumkin.

Ushbu bulutli serverlar orqali dunyoning istalgan joyidan serverga ma‘lumot joylash, saqlash va

boshqarish mumkin. Dropbox bulutli server xizmati asosida ta‘lim tizimida masofali oqitishni

tashkillashtirishni ketma-ket ko‗rib chiqamiz.

Dropbox bulutli xizmat tizimi https://www.dropbox.com/ sayti asosida tashkilashtiriladi. Ushbu

saytda tizimni tashkillashtirish va unga ma‘lumotlarni joylashtirish quyidagi ketma-ketlik asosida

amalga oshiriladi.

1. Yangi papkalar yaratish

2. Yangi fayllarni yukalsh

3. Yangi kataloglar yaratish va qo‗shish

4. Umumiy ulanishni tashkillashtirish

5. Fayllarni tahrirlash va o‗chirish

Shunday qilib, ushbu texnologiyalar ta‘limda masofali oqitish tizimini samarali tashkillahtirish

imkoniyatini beradi. Ta‘lim tizimida elektron resurslarni boshqarish va foydalanish imkoniyatlarini

ochib beuvchi zamonaviy texnologiya sifatida qarash mumkin.__

NECHTADIRNI NECHINCHISIDIR




Yüklə 273,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin