Budjet tizimi tushunchasi. Budjet tizimi barcha darajadagi budjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg’armalari, budjet tizimi budjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular o’rtasida budjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlar yig’indisini o’zida ifodalaydi. Moliya yili uchun budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi - so’mda amalga oshiriladi.