3.Budjet xarajatlari tasnifi
Budjet tizimi budjetlari xarajatlarining tasnifi budjet tizimi budjetlari xarajatlarini kodlashdan iborat bo’ladi va ularning yo’nalishini aks ettiradi.
Budjet tizimi budjetlari xarajatlari tasnifining tuzilmasi quyidagilardan iborat:
budjet tizimi budjetlari mablag’larining manbalari va darajalari tasnifi;
vazifa jihatidan tasnif;
tashkiliy tasnif;
iqtisodiy tasnif;
hududiy tasnif.
Budjet tizimi budjetlari mablag’larining manbalari va darajalari tasnifi amalga oshirilayotgan xarajatlarning tegishli mablag’lar manbalari va budjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo’llaniladi.
Xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi davlat funksiyalarini bajarish uchun mablag’lar yo’nalishini aks ettiruvchi xarajatlarni guruhlashdir.
Xarajatlarning tashkiliy tasnifi budjet tizimi budjetlarining mablag’larini taqsimlovchilar bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi.
Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi xarajatlarni iqtisodiy yo’nalishiga ko’ra kodlashdan iborat bo’ladi.
Hududiy tasnif budjet tashkilotlarining va budjet mablag’lari oluvchilarning tegishli ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini aniqlash maqsadida qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |