Маъруза ва семинар машгулотларни укитиш технологияси



Yüklə 423,5 Kb.
səhifə61/75
tarix12.02.2022
ölçüsü423,5 Kb.
#52465
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75
Davlat budjeti

9-mavzu. Budjet jarayoni

Reja

  1. Budjet jarayoni va uning bosqichlari.

  2. Budjetni tuzish, ko’rib chiqish va tasdiqlash tartibi.

  3. Budjet ijrosini tashkil etish.


1. Budjet jarayoni va uning bosqichlari

Budjet jarayoni - davlat budjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayon.

Budjet jarayonining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:


  • muvozanatlangan bozorga kirib borish yo’lida muhim taraqqiyotga erishish maqsadlarida iloji boricha ko’proq moddiy va moliyaviy zaxiralarni izlab topish;

  • budjet daromadlarini alohida soliqlar va boshqa to’lovlar, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognozlari va maqsadli dasturlariga muvofiq holda umumiy hajmi bo’yicha belgilash;

  • budjet xarajatlarini mo’ljallangan vazifalar bo’yicha, shuningdek budjetning umumiy hajmini nazarda tutilgan umumdavlat ahamiyatiga molik jami tadbirlarni uzluksiz moliyalashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan xolda belgilash;

  • budjetni iqtisodiyotdagi inflyatsiya tendensiyalarini bartaraf etish va milliy pul tizimning barqarorligini mustahkamlashga yo’naltirilgan umumiy moliyaviy barqarorlashtirish dasturi bilan muvofiqlashtirish;

  • iqtisodiy maqbul manbalar hisobidan budjet taqchilligini qisqartirish va tugatish;

  • turli darajadagi budjetlarni balanslanishini ta’minlash maqsadlarida davlat daromadlari manbalarini shu budjetlar o’rtasida, shuningdek xo’jalik sohalari va iqtisodiy mintaqalar o’rtasida qayta taqsimlash yo’li bilan budjet boshqaruvini amalga oshirish;

  • barcha yillik miqyosli ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning mutanosibligi va balanslanganligini ta’minlash maqsadlarida istiqbolga mo’ljallangan budjetni rejalashtirish prognozlash rolini oshirish;

  • yuridik shaxslar va ayrim fuqarolarning o’z soliq majburiyatlarini bajarishlarida ularning moliyaviy faoliyatini va daromadlari ustidan nazoratni kuchaytirish;

  • elektron hisoblash texnikasidan keng foydalangan holda moliyaviy hisob-kitoblarni avtomatlashtirish tizimi orqali budjetlarni tuzish va uning ijrosi jarayonlarini avtomatlashtirish.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga:

tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamg’armalari loyihalarini tayyorlash uchun-Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Тoshkent shahar hokimlariga, davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlarga;

budjetdan ajratiladigan mablag’larni olishga buyurtmalar tuzish uchun-respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag’lari oluvchilarga budjet so’rovi yuboradi.


Yüklə 423,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin