Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari:
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini, tumanlar va shaharlar budjetlarini tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq ko’rib chiqadi va qabul qiladi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq har chorakda ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi;
mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilaydi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari qonun hujjatlariga muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (BK.27-modda).
Dostları ilə paylaş: |