Dinistor tuzilmasi va ishlash prinsipi
Uchta p-n o‘tishga ega diodga o‘xshash ikki elektrodli asbob dinistor deb ataladi. Uning tuzilmasi 6.2,a-rasmda, shartli belgilanishi esa2,b-rasmda keltirilgan. Dinistorning uchta p-n o‘ti-shi J1, J2 va J3 deb belgilangan.
б)
а)
2-rasm. Dinistor tuzilmasi (a) va uning sxemalarda
shartli grafik belgilanishi (b).
Dinistor sxemalarda o‘zaro ulangan ikkita triodli tuzilma bilan almashtirilgan holda ko‘rsatilishi mumkin. Dinistorni tashkil etuvchi tranzistorlarga ajratilishi va o‘zaro ulangan tranzistorlar bilan almashtirilishi 2-rasmda ko‘rsatilgan. Bu ulanishda T1 tranzistorning kollektor toki T2 tranzistorning baza tokini, T2 tranzistorning kollektor toki esa T1 tranzistorning baza tokini tashkil etadi. Tranzistorlarning bunday ulanishi hisobiga asbob ichida musbat TA hosil bo‘ladi.
Agar anodga katodga nisbatan musbat kuchlanish berilgan bo‘lsa, J1 va J3 p-n o‘tishlar to‘g‘ri siljitilgan bo‘ladi, J2 o‘tish esa teskari siljitiladi, shu sababdan manba Ye ning barcha kuchlanishi J2 o‘tishga tushadi. T1 va T2 tranzistorlarning emitter toklarini uzatish koeffitsiyentlari mos ravishda va bo‘lsin.
a) b)
3-rasm. Dinistorni ikkita tuzilmaga ajratilishi (a) va
almashtirish sxemasi (b).
3,b-rasmga muvofiq tiristor orqali oqayotgan tok ikkala tranzistor kollektor toklari va sizilish toki IK0 yig‘indisiga teng bo‘ladi:
. (1)
Tashqi zanjirdagi tok IE1 = IE2 = I, shuning uchun I ni (6.1) ga qo‘yib: deb yozish mumkin. Bundan tashqi tok I qiymati
(2)
ekanini topamiz.
<1 shart bajarilganda dinistor orqali oqadigan tok IK0 ni tashkil etadi. >1 bo‘lganda dinistor ochiladi va tok o‘tkaza boshlaydi. Dinistorning ulanish sharti shundan iborat.
Dinistorda yoki tok uzatish koeffitsiyentlarni oshirishning yagona usuli uning anodida kuchlanishni oshirishdan iborat. Kuchlanish ortishi bilan U = UULAN dan tranzistorlarning biri to‘yinish rejimiga o‘tadi. Ushbu tranzistorning kollektor toki, ikkinchi tranzistorning baza zanjirida oqib uni ochadi, o‘z navbatida, birinchi tranzistorning baza tokini oshiradi. Nati-jada, tranzistorlarning kollektor toklari ular to‘yinish rejimiga o‘tmaguncha ko‘chkili ortadi.
Tranzistorlar ulangandan so‘ng dinistor ochiladi va tok I faqat tashqi zanjir qarshiligi bilan chegaralanadi. Ochiq asbobdagi kuchlanish pasayishi 1V dan kichik bo‘lib, taxminan oddiy dioddagi kuchlanish tushishiga teng. Dinistorning VAXi 4,a-rasmda, impuls ulanish sxemasi esa 4,b-rasmda ko‘rsatilgan.
a) b)
4-rasm. Dinistor VAXi (a) va uning impuls ulanish sxemasi (b).
4-rasmda: UULAN – dinistorning ulanish kuchlanishi, UQOL – ochiq dinistordagi qoldiq kuchlanishning pasayishi, IYu – yuklama toki, IUZIL – dinistorni o‘chirish toki, VD1 – yarimo‘tkazgich diod, VD2 – dinistor, RYu – yuklama qarshiligi, R – chegaralovchi qarshilik, S – ajratuvchi kondensator, UBOShQ – boshqaruvchi impuls.
Dinistorni undan oqayotgan tokni IUZIL qiymatgacha kamaytirib yoki dinistor anodidagi kuchlanish qutbini o‘zgartirib o‘chirishi mumkin. Dinistorni o‘chirishning turli usullari 6.5-rasmda keltirilgan.
a) b) v) g)
5-rasm. Zanjirni uzish (a), dinistorni shuntlash (b),
anod tokini kamaytirish (v), teskari kuchlanish berish (g) bilan
dinistorni o‘chirish usullari.
5-rasmda: RYu – yuklama qarshiligi, RD – qo‘shimcha qarshilik, S – ajratuvchi kondensator, K – kalit.
Birinchi sxemada (a) dinistor zanjiridagi tok kaliti K yor-damida uziladi. Ikkinchi sxemada (b) dinistordagi kuchlanish pasayishi nolgacha kamayadi. Uchinchi sxemada (v) dinistordagi tok qo‘shimcha qarshilik RQ qo‘shish bilan IUZIL gacha kamaytiriladi. To‘rtinchi sxemada (g) kalit K tutashtirilganda ajratuvchi kondensator S yordamida dinistor anodiga teskari qutbli kuchlanish beriladi.
1>
Dostları ilə paylaş: |