Ma’ruza№4 Mavzu: Ruda va yondosh jinslarning fizik-mexanik tavsifi



Yüklə 372,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix17.05.2023
ölçüsü372,93 Kb.
#115355
1   2   3   4
Ma\'ruza-4

Ruda bo’lagi o’rtacha kattalikda – ruda o‘lchami 100 dan 300 mm 
gacha. Katta bo’lakli ruda – 300 mm dan 600 mm gacha. 
Juda katta ruda bo‘laklari – 600 mm dan katta. 
Ruda bo‘laklarining o‘lchami qo‘poriladigan ruda massivini fizik-
mexanik xususiyatlariga: uning tuzilishiga, qo‘porib olish usuliga, portlatiladigan 
shpurlar va skvajinalarning diametriga, ularning joylashtirilishiga, portlovchi 
moddaning turiga, portlash usuliga va boshqa omillarga bog‘liq. 
Rudani konditsion bo’lagi deb, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan 
o‘lchamdagi bo‘lak bo‘lib, yuk tashiydigan sig‘imlarga qazilgan joyidan olib 
bevosita yuklash imkoni bo‘ladigan o‘lchamdir. Ruda konlarini yer osti usulida 
qazib olishda uning o‘rtacha o‘lchami 300 mm dan 700 mm gacha bo‘ladi, ba‘zan 
1000 mm ga ham yetishi mumkin. 
Ruda maydalanishi. Rudani massivdan ajratgandan so‘ng bo‘laklarga 
bo‘lib, parchalash natijasida qo‘porilgan rudani umumiy hajmi ko‘payadi. 
Ko‘paygan ruda hajmini uning massivda turgandagi hajmiga nisbati 
maydalanish koeffitsienti deyiladi. Maydalanish koeffitsienti bir turdagi ruda 
va jinslarda 1,2 dan 1,6 gacha o‘zgarish mumkin ko‘pirtirilgan ruda massasi 
vaqt 
o‘tishi bilan zichlanib, uning maydalanish koeffitsienti kamayadi 
(zichlanish hisobiga). 
Zichlanish. Katta miqdordagi qo‘porilgan ruda massasini 
uzoq
vaqt harakatsizlik holati, uning zichlanib yotib qolishi 
natijasida yoppasiga qiyin ajraladigan massaga aylanadi. Zichlanib yotib qolishga 
moillik ruda tarkibida tuproqqa o‘xshagan yopishqoq mayda zarralarning 
mavjudligidir. Rudaning zichlanib qolish xususiyati uni qazib olishda ko‘pgina 
qiyinchiliklar tug‘diradi. 
Oksidlanish. Oksidlangan rudaning ko‘porilgan holatda uzoq vaqt 
saqlanishi, uni boyitish jarayonida ruda minerallarini ajratib olish koeffitsientini 
pasayishiga olib keladi. 

Yüklə 372,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin