Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) — 1960 yilda tashkil etilgan bo’lib, unga a’zo mamlakatlar soni 169 tani tashkil etadi. XTA uzoq muddatga foizsiz, kredit ko’rinishida qarz va deyarli bozor shartlari bo’yicha qarz olish imkoniga ega bo’lmagan dunyoning eng past daromadli 82ta mamlakatlariga grantlar beradi. XTA kredit operatsiyalarini donor mamlakatiga badallari, XTTBning sof foydasini o’tkazish, XMKning grantlari va uyushma tomonidan ajratgan kreditlaridan keladigan tushumlar hisobiga moliyalashtiriladi

XTAning maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarga imtiyozli kreditlar berishdan iborat bo’lib, XTA kreditlari 10 yillik imtiyozli davrni kamrab olgan holda 35 — 40 yilga beriladi. Kreditlar hajmi SDRda aks ettiriladi, lekin moliyalashtirish loyiha xarajatlari amalga oshiriladigan valyutada beriladi. Olingan qarz bo’yicha foiz hisoblanmaydi, ammo kredit bo’yicha xizmat ko’rsatishdan kreditning 0,75% miqdorida komissiya haqi olinadi. Jahon hamjamiyati XTAni kam rivojlangan mamlakatlarga yordam beruvchi eng samarali tashkil etilgan moliya instituti sifatida tan oladi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) 1956 yilda rivojlanayotgan mamlakatlar xususiy sektorini qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. A’zo mamlakatlar soni 182 tani tashkil etadi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) 1956 yilda rivojlanayotgan mamlakatlar xususiy sektorini qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. A’zo mamlakatlar soni 182 tani tashkil etadi.
XMKning asosiy vazifasi bo’lib, rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy investor va moliya institutlariga kapitalni samarali joylashtirishga ko’maklashishda vositachilik qilish hisoblanadi. XMK bozor holatiga yaqin shartlar bo’yicha 3 yildan 15 yilgacha qarz beradi. Qariyb 80% passivlari moliya bozorlaridan jalb etiladi, qolgan 20%i esa XTTBdan qarzga olinadi. Odatda, XMK boshqa investorlar ishtirokidagi loyihalarni moliyalashtiradi, uning ulushi 25-35%ni tashkil qiladi. Birgalikdagi moliyalashtirish XMK faoliyatining o’ziga xos jihati bo’lib, qarz berishdan tashqari, xususiy korxonalar kapitaliga ham pul qo’yishni amalga oshirishda namoyon bo’ladi.