Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining barqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xo’jaliklarining chambarchas birlashish jarayonlaridir
5.mavzu - Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar
Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining barqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xo’jaliklarining chambarchas birlashish jarayonlaridir.

Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu milliy xo’jaliklar (davlatlar) o’rtasida o’zaro ko’p tomonlama barqaror aloqalarning rivojlanishi va mehnat taqsimoti negizida yuzaga kelgan mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan birlashuvi bo’lib, ishlab chiqarish tarmoqlarining turli darajada va turli ko’rinishdagi o’zaro aloqadorligini ifoda etadi.
Integratsion
jarayonlar
Mikro –
TMKning tashkil
etilishi orqali
Makro –
iqtisodiy siyosatni
davlatlararo
muvofiqlashtirish siyosati
Mikro miqyosdagi integratsion jarayonlar bir-biriga hududiy jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlarning xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kapitallarini o’zaro ta’sir doirasi orqali amalga oshiriladi. Ya’ni, ushbu davlatlar o’rtasida integratsion jarayonlar iqtisodiy bitimlar tizimining shakllanishi, kichik shahobchalar, sho’ba korxonalar tashkil etilishi orqali yuz beradi. Tashkil topgan korxona va firmalar o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalarning tez rivojlanishi tovar almashuvini, xizmat sohalarini, kapital va ishchi kuchining mamlakatlararo erkin harakatini ta’minlashga, ijtimoiy – iqtisodiy va ilmiy-texnologik, tashqi iqtisodiy va mudofaa, moliyaviy va valyuta sohasida yagona siyosatni o’tkazish zaruriyati tug’iladi. Yagona valyuta va moliyaviy fondlar, infratuzilmalar va umumiy davlatlararo boshqaruv organlariga ega bo’lgan iqtisodiy majmualar yaratiladi.

Makro miqyosdagi integratsion jarayonlar davlatlararo darajada integratsiya davlatlar iqtisodiy birlashmalarining shakllanishi hamda iqtisodiy siyosatlarning kelishuvi asosida amalga oshadi.