Qo‘shilgan qiymat solig’i haqida tushuncha. Soliqning
iqtisodiy mohiyati va uning joriy qilinishi
XX asrning 70-yillarida qo‘shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy
Yevropaning qator mamlakatlarining soliq amaliyotida
joriy qilindi. Buning asosiy sababi va huquqiy asosi bo‘lib,
Yevropa iqtisodiy hamjamiyati tomonidan hamjamiyatga
a‘zo mamlakatlarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishni
tartibga solishning huquqiy me’yorlarini umumlashtirish
to‘g‘risidagi maxsus Direktivaning qabul qilinishi
hisoblanadi. Mazkur Direktiva 1977 yilda qabul qilindi va
unda egri soliqlarning asosiy turi sifatida qo‘shilgan
qiymat solig‘i e’tirof etildi.