Ma’ruzalar matni 1-Mavzu. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti va o‘rganish usuli reja



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə5/77
tarix07.01.2024
ölçüsü1,27 Mb.
#204938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
ИТТдан маърузалар лотин

MARJINALIZM (frans. marginal – chegaraviy, eng so‘nggi) — iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni tadqiq qilish uchun chegaraviy kattaliklar tahlilidan foydalanishga asoslangan metodologik tamoyillardan biri. Dastlab 19-a. ning o‘rtalarida A. Kurno (Fransiya), N. Tyunen va G. Gossen (Germaniya) birinchi bo‘lib, marjinal tahlilni iqtisodiy nazariyaga kiritishga harakat qildilar. 19-a. ning oxirgi choragida ingliz U. Jevans, avstriyalik K. Menger, shveysariyalikL. Valras Marjinalizmning nazariy asoslarini yaratdilar. 19-a. ning 90-y. laridan Marjinalizm sub’ektiv-psixologik yo‘nalishdan iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida tushuntirib berishga o‘tdi. Natijada yangicha iqtisodiy g‘oyalar namoyandalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi.
Marjinalizm me’yoriy unumdorlik, me’yoriy naflilik, me’yoriy xarajatlar kabi ko‘rsatkichlardan foydalanadilar, me’yoriy naflilik, me’yoriy unumdorlik, me’yoriy daromadlarning kamayib borishi konunlariga, talab va taklif qonuniga asoslanadilar, iqtisodiy matematik usullarni keng qo‘llaydilar.
Marjinalizm iqtisodiyotni individual xo‘jaliklarning o‘zaro ta’siri sifatida qaraydi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning i. ch. jarayonidagi va bozordagi iqtisodiy holatini taxlil qilishga asoslanadi. Bu holat Marjinalizmga mikdoriy usullardan keng foydalanishga, xususan, tadqiq etilayotgan omillarning funksional bog‘lanishlarini taxlil etishga imkon beradi.
SSSR davrida Marjinalizm markscha siyosiy iqtisod vakillari tomonidan tanqid ostiga olindi. Faqat ma’muriy-buyruqbozlik (rejali) iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi tufayli Marjinalizmning asosiy g‘oyalari tan olina boshlandi.

90-yillarda tarixiy jarayonlarda yana bir holat qayd etilmokda. Bu «sotsialistik» deb atalgan va iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan («rejali iqtisodiyot» ham deyiladi) mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri amalga oshmoqda («o‘tish iqtisodiyoti» deb ham nomlanadi). Bu tarixda birinchi marta ro‘y bermokda, oxirgi un yilliklar tajriba bor. Ammo bu holat ko‘p munozaralarga sabab bo‘lmokda.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin